“umr” solig‘i ham undirilgan, u h1/10 qismiga teng bo‘lgan.
Bulardan tashqari, bog‘ va daraxtlardan-«mol sardaraxt», yaylovlardan - «mol o‘tloq» va suvloq» kabi soliklar undirilgan. Chorvadorlar esa zakot solig‘i to‘lagan. Bu soliq miqdori qirqdan bir, ya’ni 2,5 foizga teng bo‘lgan. Bu sanab o‘tilgan soliqlar bilan bir qatorda fuqaro soliqlari undirish va uning hisob kitobi bilan band bo‘lgan turli lavozimlardagi ma’muriy shaxslar xizmatlari uchun ham har xil miqdorda to‘lovlar to‘lashga majbur edi.
Majburiyatning yana bir turi «begor» deb atalgan. «Begor»-tekinga ishlab berish ya’ni hashar ma’nosini anglatadi. Aholi odatda shaharlarda devorlar, ko‘rg‘on, saroy, machit, madrasa, ko‘priklar qurish va ularni mustahkamlash, ariq - zovurlar, kanallar yo‘llarini qurish va tozalashda tekinga ishlab berishlari kerak edi.
Albatta Amir Temur davrida ham aholidan olinadigan soliq mehnatkash xalq yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib tushar edi. Ammo bu davrda aholidan olinadigan soliq me’yorlari raiyatga og‘irlik qilmaslik choralari ko‘rilar edi. Buni Temurning quyidagi so‘zlari isbot eta oladi. »Soliq yig‘ishda xalqni og‘ir ahvolga solishdan yoki o‘lkani qashshoklikka tushirib ko‘yishdan ehtiyot bo‘lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi, harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa, o‘z navbatida, hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keladi.».(I.Mo‘minov. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli». - T.,»Fan». 1993. 36 bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |