4- mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda yer-suv munosabatlari. Reja


Download 33.8 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi33.8 Kb.
#1253718
1   2   3   4   5
Bog'liq
4- Mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda yer-suv munosabatlari.

poliz ekinlari katta o‘rin tutgan, ular «butun dunyoda eng yaxshi va eng mo‘l-ko‘l» deb hisoblangan. «Movarounnahrning hech bir yerida Buxorochalik ko‘p va a’lo qovun yetishtirilmagan» deb yozgan edi keyinchalik Bobur. “Miri Temur” deb atalgan va Buxoronikidan shirinroq hisoblangan qovun navining yetishtirilishi, ehtimol, Temur nomi bilan bog‘liqdir. «Farg‘ona Axsisida» «Miri Temur» nomli, Buxoronikidan totli va nafis qovun navi bor»,- deb yozadi Bobur. Xorazm qovunlari, ayniqsa ko‘k tarnay navi juda ajoyib bo‘lgan.
Movarounnahrda qo‘ychilik, asosan qorako‘l va dumbali qo‘y nasllarini yetishtirish juda rivojlangan. Aholining yarim ko‘chmanchi qismi ko‘p sonli ko‘y podalariga egalik qilgan. O‘troq aholi ham qo‘y boqqan. Temuriyzoda Badiuzzamon Mirzoga Zunun Arg‘un bir varakayiga 40 ming qo‘yni in’om etgan. Andijon qal’asini himoya etganlar va ular yaqinlariga Xo‘ja Mavlono Qozi 18 ming qo‘yni ulashib bergan.
Qo‘ylarning nasl tarkibi turlicha bo‘lgan. Bu nasllardan biri boqiladigan maydon hududining kengayishi, ehtimol Temur yurishlari bilan bog‘liq bo‘lib, Hisori naslli qo‘ylarga yaqin bo‘lgan, bu qo‘ylar bir paytlar Volga, Bo‘lg‘or va Oltin O‘rdada yetishtirilganligi aniqlangan. Bular dumbali qo‘ylar guruhiga kiritiladi.
Xo‘jalik hayotida yilqichilikka muhim o‘rin ajratilgan. Turli nasldagi otlar, jumladan «o‘zbek», »turkman», «arab» va boshqa otlar ko‘paytirilgan, yo‘rg‘a otlar juda qadrlangan. «Bu yerlarda otlar chidamliligi bilan mashhurdir»- deb yozadi elchi sayyoh.
Temur va Ulug‘bek, boshka temuriylar qo‘shinida jangda oldga siljish va harakat qilish uchun otlardan keng foydalanilgan. Ko‘p sonli otliq Temur qo‘shinining asosiy turi bo‘lgan. Hujum chog‘ida bu qo‘shin katta manyovr kilish xususiyati va kuchli zarba berish qobiliyatiga ega edi. Jang maydonidan yolg‘ondakam chekinib, temurning otliqlari odatda dushmanga yashirib qo‘yilgan otliqlari bilan to‘satdan kuchli zarba bergan.
Shoshilinch xabar yetkazish uchun tez chopishga moslangan otlardan foydalanilgan. Har bir bekatda maxsus kishilar otlarga qaragan. Otlarni asosan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi yetkazib turgan, biroq o‘troq aholining ko‘pchiligida anchagina otlar bo‘lgan. Temurga tegishli yilqi ayrim amirlarga parvarish uchun berilgan. U o‘z yaqinlariga bu ishni yuklab, ayni choqda otlar omonligi va yaxshi parvarish ettirayotganini qat’iy kuzatib turgan.
Ot go‘shti va sutidan O‘rta Osiyo aholisi keng foydalangan. Biya sutidan ayniqsa issiq xavoda yoqimli bo‘lgan qimiz tayyorlangan. Ot go‘shti sevimli oziq - ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lgan. Uning turli bo‘lak va a’zolaridan xar xil taomlar tayyorlangan.Yuk tashishda asosan tuyalardan foydalanilgan, ular harbiy yurishlarda ham asqotgan. Temur Hindistonga yurishida raqibining qudratli qo‘shinini yengishda jangovor fillarga qarshi ustiga yonayotgan shox - shabba bog‘lagan tuyalarni qo‘yib yuborgan.
Chorvachilik go‘sht, yog‘, sut, jun va teri bergan. U ko‘chmanchi aholi hayotida muhim o‘rin tutgan. Jamiyat hayotida va ayniqsa hukmron tabaqa muhitida ovchilik muayyan o‘rin tutgan. Temur, Ulug‘bek va sulolaning boshqa vakillari ov bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Bu ular uchun ko‘ngil ochar mashg‘ulot, harbiy yurishlar oralig‘ida dam olish, davlat ishlaridan bo‘sh paytda hordik chiqarish bo‘lgan. Ular ov qushlari va itlari bilan bir qancha ayonlari davrasida ovga chiqishgan. Maxsus kiyikchilar podshoh ov qilish uchun mo‘ljallangan joylarda qush va hayvonlarni maxsus ushlab turishgan. Afarikent suv qushi ov qilish uchun eng yaxshisi hisoblangan.
Amir Temur hukmronligi davrida ham davlat xazinasi aholidan olinadigan soliq hisobiga to‘ldirilgan. Sug‘orma dehqonchilik yerlarida alohida olinadigan asosiy soliq turi «Xiroj» bo‘lgan. Bu soliq turi ba’zan «mol» deb ham atalgan. Soliq miqdori yetishtirilgan hosilga va yerning unumdorligiga qarab olingan.
Shu sababdan xiroj solig‘i asosan hosil yetilib, uni yig‘ishtirib olish paytida mahsulot shaklida yoki pul bilan to‘langan xolos, dehqonlar sug‘orma yerlardan hosilning 1/3 qismidan tortib yarmigacha xiroj to‘lar edi. Lalmikor yerlarda esa bu ko‘rsatkich 1/6-1/8 qismini tashkil etgan. Mulk yerlarining bir kismidan
Download 33.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling