104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


QADIMGI MIDIYA BOBIL MUNOSABATLARI


Download 188.27 Kb.
bet85/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

86. QADIMGI MIDIYA BOBIL MUNOSABATLARI. Mil.avv. 553-yilda Midiya va Fors o‘rtasida urush boshlandi. Midiya podshosi Astiag Xarran shahridan o‘z harbiy qismini cha qirib oldi. Bundan foydalangan Nabonid o‘sha yil bu shaharni bosib oldi va mil.avv. 609-yilda osuriyaliklar bilan urush da buzib tashlangan xudo Sinaning ibodatxonasini qayta tiklashga farmon berdi. Nabonid Markaziy Arabistonning shimoliy qismidagi Teyma viloyatini bo‘ysundirdi va Teyma vo diy si orqali sahro bo‘yicha Misrga boradigan savdo yo‘llarida o‘z nazoratini o‘rnatdi. Bu yo‘l Bobil uchun juda katta ahamiyatga ega edi. Chunki mil.avv. VI asr o‘rtalariga kelib Frot daryosi o‘z oqimini o‘zgartirdi. Natijada Fors qo‘ltig‘i gavanlari orqali Ur shahri bilan dengiz savdosini olib borish mumkin bo‘lmay qoldi. Nabonid o‘z qarorgohini Teymaga ko‘chirib, Bobilni boshqarishni o‘z o‘g‘li Belshar Utsuraga topshirdi.Nabonid g‘arbda faol tashqi siyosat bilan mashg‘ul bo‘lgan bir paytda Bobilning sharqiy chegaralarida qudratli raqib – Ahmoniylar davlati paydo bo‘ldi. Fors podshosi Kayxusrav II bu vaqtga kelib, Midiya, Lidiya va boshqa mamlakatlarni Hindistongacha bosib oldi. U istilochilik urushlari olib borishga tayyor, yaxshi qurollangan qo‘shinga ega bo‘lib, boy va zaiflashib qolgan Bobilga qarshi urushga jadal tayyorlana boshladi. Nabonid Bobilga qaytdi va o‘z mamlakati mudofaasini kuchli dushmanga qarshi tashkil qilishga kirishdi. Ammo Bobilda ichki vaziyat yomonlashdi. Nabonidning xudo Marduk ibodatxonasi kohinlarining qudrati va ta’sirini yo‘qotishga urinishi, bu e’tiqod bilan bog‘langan diniy bayramlarga loqaydligi qudratli kohinlarni unga nisbatan dushmanligini kuchaytirdi. Naboniddan norozi bo‘lgan kohinlar unga yordam bermadilar. Arabiston sahrolarida ko‘p yillik urushlarda holdan toygan Bobil qo‘shini o‘zlariga nisbatan ko‘p marta kuchli bo‘lgan fors qo‘shinlari hujumini qaytara olmadi. Bundan tashqari, Kayxusrav Bobildagi kohinlarning noroziligidan ustalik bilan foydalandi va ularni o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Mamlakat forslarning ayg‘oqchilari bilan to‘lib ketgan edi. Bobil 200 ming kishi yashaydigan, uch qator devor bilan o‘ralgan, 100 darvozali – o‘sha davr uchun ulkan shahar edi. Forslar qo‘qqisdan hujum qilganlari uchun shahar markazida yashaydigan bobilliklar dushman shahar atrofini egallaganini bilmadi. Dushman shaharga kirganda ham hech nimadan xabarsiz bobilliklar qandaydir bayramni beg‘amlik bilan nishonlayverdilar. Nabonid poytaxt Bobil mudofaasini uyushtirishga urindi. Lekin mil.avv. 539-yil 12-oktabr kuni forslar qo‘shini Bobilga kirdi. Nabonid taslim bo‘ldi va Kayxusrav unga marhamat qilib, Karmaniya viloyatiga noib etib tayinladi. Uning o‘g‘li Belshar qatl etildi. Kayxusrav Bobildagi yahudiylarga Falastinga qaytishga ruxsat berdi. Forslar Misrning kuchayishidan qo‘rqdi. Bobil mil.avv. 539-yil oktabr oyida forslar tomonidan bosib olindi va o‘z mustaqilligini abadiy yo‘qotdi. Bobil mil. avv. 331-yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga kirdi. Keyin esa makedoniyalik Aleksandr davlatiga, uning yemirilishidan so‘ng Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling