104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet86/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

87. ASHSHURBANIPAL DAVRIDA OSSURIYA. M. av. VII asrning birinehi yarmida Ossuriya davlati qaytadan kuchayadi. Asarxadon va Ashshurbanipal podsholik qilgan davrda Ossuriya qo'shinlari Misrga uch marta bostirib kirgan. Ular aholini qirg'in qilib, Misr boyliklarini talab, aholining bir qismini qul qilib havdab ketgan. Ossuriyaning yangi podshosi Asarxaddon Bobilni qayta tiklab. o'lishidan oldin 669-yili Ossuriyani o'z o'g'illariga bo'lib beradi. Ossuriya uning o'g'li Ashshurbanipalga, Bobil esa qaram mamlakat sifatida Shamash-Shum-Ukinga tegadi. M.av. 652-yil Shamash-Shum-Ukiti akasi Ashshurbanipalga qarshi Misr, Suriya, Elam, xaldey. aramey va arab qabilalari bilan yashirin ittifoq tuzib Ossuriyaga qarshi qo'zg'olon ko'taradi. Shu yili ittifoqchilar qo'shini bilan Ossuriya qo'shinlari o‘rtasida Dyer qal’asi yaqinida qattiq jang boiib o'tadi. Jangda har ikki tomon ham hal qiluvchi g'alabaga erishmaydilar. Ossurlar saroy to'ntarishi va ichki qarama-qarshiliklarni ishga solib, elamliklarni kurashdan chetlatadilar. Endi boshqa ittifoqchilar ham qo'zg'olonchi bobilliklarga jiddiy yordam berolmaydilar. Ossurlar Bobilni uch yil qamal qilib, nihoyat uni m.av. 648-yilda ishg'ol qiladilar. Qirg'in-barot urushda shaharning so‘nggi himoyachilari qirib tashlanib. Shamash-Shum-Ukin ham o'ldiriladi. Shahar xarobaga aylantiriladi. Ashshurbanipal o'zining g‘olibona urushidan so'ng Bobilda mavqeyini tiklab, mustahkamlaydi. M.av. IX asrda podsholik qilgan Ashshurbanipal zamonida ossur qo‘shinlarida jang aravalari va otliq qo'shinlaridan unumli foydalanilgan. Ossur askarlarining asosiy qismi piyoda askarlardan iborat bo'lib, ular qurol-yarog' bilan yaxshi ta’minlangan. Piyoda askarlar kamonchilar, qalqonchilar, nayzabozJardan tashkil topgan edi. Mesopotamiyaning Ur, Bobil, Ashshur, Lagash, Kish, Larsa kabi shahar-davlatlarida ponasimon mixxat bilan yozilgan kitoblar saqlanadigan kutubxonalar boigan. Bu jihatdan Ossur podshosi Ashshurbanipalning Nineviyadagi kutubxonasi diqqatga sazovordir. r va qoilanmalar yaratilgan. Mesopotamiyada tarix faniga ham katta ahamiyat berganlar. Ossur podshosi Ashshurbanipalning hujjatxonalaridan Mesopotamiya va qo'shni xalqlar tarixi va geograliyasiga oid qimmatli maiumotlar topilgan. Ashshurbanipal ossurlarning so'nggi qudratli podshosi sifatida arab qabilalari bilan ayniqsa Aribi. Kidri, Nabatiya davlatchalari bilan shiddatli janglar olib boradi. Bunga qarshi oiaroq arab davlatlari o'zaro birlashibgina qolmay. balki Ossuriyaga qarshi Misr, Bobil va boshqa davlatlar bilan ittifoq ham tuzadilar. M.av. VII asrning 40-yillarida Ashshurbanipal Shimoliy arab qabilalari us- tidan o'z hukmronligini o'rnatdi. Ossuriyaning mazkur qabilalari va davlatlari ustidan hukmronligi vaqtincha, nomigagiria edi. Yaqin Sharqdagi boshqa yirik davlatlar ham Arabistonga kirib borib u yerda o'z hukmronliklarini o'rnatishga intilgan. Jumladan, Yangi podsholik davrida Bobil podshosi Nabonid Shimoliy Arabiistonda- gi Teymu shahrini bosib olib, bir necha yil davomida bu shaharni o‘z qarorgohi qilib oladi. Ashshurbanipalning podsholik davri - M.av. 669-627-yillar


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling