104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
XETTLAR DAVLATIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
85. XETTLAR DAVLATIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI. Kichik Osiyoda dastlab bir necha shahar-davlatlar tashkil topgan edi. Bu davlatlarning o'ziga xos boshqaruv tizimi ham bo'lgan. Shahar-davlatlarning hokimlari xalq yig'ini tomonidan saylab qo'yilardi. Hokim davlatni amaldorlar. harbiy boshliqlar va ruhoniylariga tayanib boshqargan. M.av. XVIII asr boshlarida Kussar hukmdori Pitxan bir necha shahar-davlatlarni birlashtirib o'zi- ni podsho deb e’lon qiladi. Anitta davrida esa Xett podsholigiga asos solinadi. Shu davrdan boshlab podsholik taxti otadan bolaga meros tariqasida o'tadigan bo'ldi. Tabarna davrida Xett podsholigi birmuncha kuchayadi. U o'zini ''Ulug' podsho” deb e'lon qilgan. Tabarna nomi podsholik unvoniga aylangan. Shundan boshlab Xett podsholari o'zlarini „tabarna” deb ataganlar, O'sha vaqtdagi yozuvlarning birida: ,,Ulug‘ podsho Tabarna o‘z shahri Kissirda kasal bo‘lib qoladi. 0 ‘g*li Mursilnipodsho- likka chaqirib, amaldorlariga endi men o‘g‘limni sizlarning us- tingizdan “tabarna"-podsho qildim”, deb yozilgan ekan. Podsho Telepin da.vrida taxt vorisligi tartibga keltirilib. mustaxkamlanadi. O'sha davrdagi qoidaga ko'ra podsholik taxti podsho o'g'illariga, o'g'illari boTmasa aka-ukalariga, ular ham bo'lmasa kuyovlariga meros qilib qoldirilgan. Xett davlatida podsho juda katta huquqlar- ga ega boTgan. Davlat ahamiyatiga ega boTgan masalalarni hal etishda oqsoqollar kengashi - tnliya va harbiy lar yig'ini - pankus- ni chaqirgan. Podsho tuliya va pankusning roziligini olmay turib jinoyatchilarni o'limga buyurmagan. Podsho qoshida qarindosh urug‘laridan iborat aslzodalar kengashi ham faoliyat ko'rsatgan. Yer podsho, amaldor, ruhoniy, erkin kishilar o'rtasida taqsim- langan. Mamlakatda qullar ham ko'p boTgan. Harbiy asirlar qulga aylantirilgan. Ozod kishilar jinoyat qilsalar jarima to Tab qutulib ketganlar. O'g'irlik qilib qo'lga tushgan qullarning burni, qulog'i va boshqa a'zolari kesib tashlangan. Jiddiyroq jinoyatchi qullar o'limga hukm qilingan. Xett podsholigining xo‘jaligi. Xett mamlakatining tabiiy sha- roiti u yerda xo'jalikning hamma tarmoqlari rivojlanishiga imkon bergan. Xett dehqonlari Qizilirmoq, Yashilirmoq, Sayhun, Jayhun kabi katta-kichik daryo va soy vodiylarini o‘zlashtirganlar. Bu joylarda kanallar qazilib. to'g'onlar qurilib. aholi sug'orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Ular sabzavot va poliz ekinlari ekib, ulardan m oi hosil olganlar. Suvsiz, sug'orilmaydigan yerlarga no‘xat. arpa, tariq, mosh, bug‘doy ekib, lalmikor dehqonchilik bilan ham shug'illanganlar. U yerda sug'orma dehqonchilikka ham alohida e’tibor berilgan. Qadimgi Xett qonunlarida suvdan tejab-ter- gab foydalanish ta'kidlangan. Aholi olma, nok, o'rik. olxo‘ri, anjir. uzum ekib bog'dorchilik bilan ham shug'ullangan. Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatda qadimdan boshlab parrandachilik va asal- arichilik ham rivoj topgan ekan. Kichik Osiyoning katta qismi sero't yaylovlardan iborat boigani uchun u yerda chorvachilik yaxshi rivojlangan edi. Chor- vadorlar sergo'sht, dag'al junli qo'y, echki va qoramol boqqanlar. M.av. II mingyillikdan boshlab Kichik Osiyoda, shuningdek, Xettlar mamlakatida yilqichilikka alohida e'tibor berganlar. Dasht- larda otlaming turli zotlari parvarish qilingan. Chorva aholini sut, go'sht. yog', jun. teri va ishchi kuchi bilan ta'minlagan. Ot, eshak va ho‘kizlardan xo'jalik maqsadlarida keng foydalanilgan. Otlar- dan esa ko'proq harbiy maqsadlarda foydalanilgan. Anatoliya tog'larida oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, temir, tuz, tosh va boshqa ma’dan konlari kolp bo'lgan. Shuning uchun mamlakatda tog '-kon sanoati, temirchilik, misgarlik, qurolsoziik zargarlik, asbob-uskunasozlik va himarmandchilikning to ‘qimachilik, kulolchilik, cluradgorlik va boshqa tarmoqlari ham rivoj topgan edi. Mamlakatda ichki va tashqi savdo yaxshigina rivojlangan bo'lib, xettlar Kavkaz. Yunoniston, Misr, Ossuriya, Mesopotamiya va boshqa qo'shni mamlakatlar bilan quruqlik va suv yo‘llari orqali qizg'in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling