104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


MOHENJADARO VA XARAPPA DAVLATLARI


Download 188.27 Kb.
bet67/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

67. MOHENJADARO VA XARAPPA DAVLATLARI. 1920 - 1922-yillarda arxeologlar Panjob hududidan, Xarap- pa va Hind daryosi bo'yidan Maxenjo-Doro yodgorligini topgan va u yerda arxeologik qazishlar o'tkazadilar. Tekshirishlardan bu yodgorlik qadimgi Hind shaharlarining xarobasi boiib chiqdi. Mo- xenjo-Doro Hind dary'osining o’rta qismida joylashgan bo'lib, har biri ikki yarim kv km joyni egallab yotar edi. Xarappa va Moxenjo- Doro m.av. Ill mingyillik va II mingyillikning o'rtalarida mavjud boigan davlatlarning markaziy shaharlari bo'lgan ekan. Bu sha- harlarda aholi zich yashagan. Har ikki shahar xarobasini qazigan arxeologlaj pishiq va xom g'ishtdan qurilgan 1,2,3 qavatli uy-joy, ibodatxona, hukmdorlar sarovi, omborxona hamda podsho qaror- gohlarining qoldiqlarini topganlar. Bu joylardan g'isht yotqizil- gan ko'chalar, pishiq g'ishtdan qurilgan quduq va hovuztar ham topilgan. Shahar tog'dan sopol quvurlar orqali keladigan suv bilan ta’minlangan. Shaharda iflos suvlami tashqariga chiqarib yuboradi- gan yer osti qurilma inshootlari ham bo'lgan. Har ikki shaharda zargarlik. me'morchilik, to'qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik va hunarmandchilikning boshqa sohalari ham rivojlangan. Xarappa va Moxenjo-Doroliklar sopol. qayiq va kemalar yasab, daryo va dengizlarda bemalol suzganlar. Har ikki shahar ham qal'alar, qa- lin, baland minorali mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Xarappa va Moxenjo-Dorodan iyeroglif yozuvlari va tosh tarozlari ham topilgan. M.av. XVI-XIII asrlar orasida Xarappa va Moxenjo-Doro shaharlari xarobazorga aylanib inqirozga yuz tutgan. Olimlaming fikrlariga ko‘ra, Xarappa va Moxenjo-Doro shaharlari shimoli-g‘ar- biy Hindistondagi qadimgi davlatlarning poytaxti boigan boisa kerak. Bu ikki shahar m.av. II mingyillik o‘rtalarida O'rta Osiyo vu Erondan kelgan oriy ko'chmanchilarning talon-taroj urushlari natijasida vayron etilgan, degan fikr bor. IX asrning 50-yillarida ingliz generali, ishqiboz arxeolog A. Kanningem Hindistonda arxeologik qazishmalarga boshchilik qildi. U hozirgi Pokistondagi Xarappada qadimgi shaharcha qoldiqlarini ko‘zdan kechirayotganda, noma’lum yozuvlar bitilgan muhrni topdi. Rejali arxeologik qazishmalar XX asrning 20-yillarida boshlandi. Hind daryosi vodiysidan Xarappa va Moxenjo-Daro (sinxi tilida «o‘liklar tepaligi») shaharlari qoldiqlari ochildi. Bu mil.avv. III–II ming yilliklarga oid fanda noma’lum bo‘lgan sivilizatsiya edi. Bu keyinchalik Hindistonda oriylargacha mavjud bo‘lgan Xarappa sivilizatsiyasi deb nomlandi. Janubiy Osiyoda eng qadimgi bo‘lgan hind sivilizatsiyasi Hind daryosi vodiysida (hozir)asosan Pokiston hududi; taxminan, mil.avv. XXIII–XVII asrlar) paydo bo‘lib, qadimgi Sharq sivilizatsiyalarining yuzaga kelishiga ko‘ra, xronologiya bo‘yicha uchinchisi hisoblanadi. Hind daryosining g‘arbida neolit davrida (mil.avv. VII–VI ming yilliklar) aholi dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaydi. Vodiyda paxsa uyli kichik qo‘rg‘onlar paydo bo‘ladi. Hind arxeologi Rakxaldas Banerji 1922-yilda Hind daryosi yaqinidan qadimgi shahar xarobasini ochdi. Shahar qoldig‘i tepalik nomi bilan Moxenjo-Daro («o‘liklar tepaligi») deb ataldi. Shu yili boshqa hind arxeologi Ray Bahodir Dayaram Saxniy G‘arbiy Panjobda Xarappa shahri xarobalarini ochdi. Keyinchalik Chanxo-Daro va Kalibangan shahar qoldiqlari qazib ochiladi. Asosiy markazlar qazib ochilganda, ular har tomonlama puxta tuzilgan reja asosida qurilgani ko‘rinadi: ko‘chalar bir-biri bilan parallel bo‘lgan, to‘g‘ri burchakda biri ikkinchisi bilan kesishgan, bosh ko‘chalar ancha keng – 10 m gacha bo‘lgan. Misol uchun, Moxenjo-Daro shahri bir necha o‘n ming kishi yashaydigan 2 kv. km maydondan iborat bo‘lgan. Uylar 2 qavatli, kanalizatsiyaga ega. Barcha yirik shaharlar ikki qismdan iborat bo‘lgan: shahar ustida ko‘tarilgan qal’a va «quyi shahar». Qal’ada ko‘rinishidan shahar hokimiyati (ba’zi olimlarning fikricha, kohinlarning uyi ham shu yerda bo‘lgan) joylashgan. Uning yaqinida diniy marosimlar uchun xizmat qiladigan hovuz topilgan. «Quyi shahar»da esa aholining asosiy qismi yashagan. Arxeologik qazishmalar shaharning ikki qismi o‘rtasidagi aloqalar chek; langanligini ko‘rsatadi. Oddiy aholini qal’aga kiritmaslik uchun maxsus darvozalar mavjud bo‘lgan. Boy shaharliklar hatto uch qavatli uylarda yashaganlar. Aholining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lib, bug‘doyning bir necha navi, tariq va no‘xat ekilgan. Bog‘dorchilik ham mavjud bo‘lgan. Bir necha manzilgohlardan sholi qoldiqlari topilgan. Xarappa qal’asida ulkan g‘alla ombori qurilgan. Sug‘orma dehqonchilik uchun sun’iy sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Yer o‘g‘itlanib, yilda ikki marta hosil olingan. Yirik qoramol, qo‘y, echki boqilgan. Moxenjo-Daro va Xarappadan katta miqdorda jez va mis buyumlar, jumladan, boltalarning bir necha turlari, turli shakldagi pichoqlar, tig‘lar va tarozi topilgan. Qilich, xanjar, nayza va kamonlarning metall uchlari quyma va toblab yasalgan. Topilmalar ichida jez va mis oynalar ham mavjud. Oltin, kumush, mis va jezdan bilaguzuklar, uzuk va baldoqlar nihoyatda nafis tayyorlangan. Tosh asosiy xomashyo bo‘lib, toshdan yorg‘ichoqlar, bo‘yoqlarni eritadigan idishlar tayyorlangan. Tarozi toshlari slans, kvarsit, ohaktosh, yashma va alebastrdan yasalgan. Shimoliy-G‘arbiy Hindistonda kulolchilik san’ati yuqori darajada rivojlanib, tasvirli va tasvirsiz sopol buyumlar tayyorlangan. Mil.avv. XVIII asr oxirida Xarappa madaniyati asta-sekin halokatga yuz tutadi. Hind sivilizatsiyasining siyosiy va ijtimoiy tizimi to‘g‘risida faqat umumiy tasavvur qilish mumkin. Qal’a va shaharlar reja asosida qurilishi davlat hokimiyati mavjudligidan darak beradi. G‘alla ombori va ishchilar uchun xonalar mavjudligi bu hududning aynan Mesopotamiyadagi ibodatxona, davlat xo‘jaligi bilan o‘xshashligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi, shaharlar va yozuvning mavjudligi, uy-joy inshootlari hajmlarining katta-kichikligi aholi o‘rtasida ijtimoiy tengsizlikdan dalolat beradi. Qadimgi hind sivilizatsiyasining halokati turli hududlarda turli xil bo‘lgan. Ba’zi joylarda iqlimning o‘zgarishi, boshqasida turli epidemiyalar yoki tektonik o‘zgarishlar sivilizatsiya halokatiga olib kelgan.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling