109-sonli bayonining 2-bandi ijrosi to‘g‘risida ma’lumot
Download 188.5 Kb. Pdf ko'rish
|
109-bayon 2-band
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Nutq signallari asosida ovoz va matnni tanib olish, qayta ishlash orqali stenogrammalarni shakllantiruvchi “Sound and text transcript”
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-oktyabrdagi 109-sonli bayonining 2-bandi ijrosi to‘g‘risida MA’LUMOT Vazirlik bayoni 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali tomonidan InnoWeek.Uz- 2023 da qatnashish uchun eng yaxshi ishlanmalami tanlash va tadbirda ishtirokini ta’minlash maqsadida “Nutq signallari asosida ovoz va matnni tanib olish, qayta ishlash orqali stenogrammalarni shakllantiruvchi “Sound and text transcript” intellektual dasturiy mahsulotini ishlab chiqish” innovatsion grant loyiha doirasida yaratilgan ishlanma namunalari bugun Jizzax Davlat Pedagogika universitetida start berilgan “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar- Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “INNOWEEK.UZ-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi ochilish tadbirida ishtirok etmoqda. Hududlar kesimida Innoweek-innovasion g‘oyalar haftaligi tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha hududiy innovatsiya boshqarmalari tomonidan mahalliy hokimiyat bilan kelishgan holda dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturga binoan 18- oktabr kuni filialda “Startaplar” kuni tadbirini oftkazishga bag‘ishlangan ko'rgazma tashkil etilishi rejalashtirilgan (tadbir dasturi ilova qilinadi). Haftalik doirasida filial talabalari uchun konferensiya tashkil etiladi. Talabalaming ilmiy va ijodiy ishlarini ko‘rgazmada qo‘yilishi ta’minlanqdi. Ko‘rgazma doirasida g‘olib talabalami ishlanmalari rag‘batlantirilishi bo‘yicha tegishli buyruq ishlab chiqilgan. “Startaplar” kuni bo‘yicha takliflar umumlashtirilgan holda Innovasion rivojlanish agentligiga taqdim etiladi. O‘tkazilayotgan tadbirlami yoritish maqsadida OAV larini jalb etish ko‘zda tutilgan. Haftalik doirasida “Startaplar kuni” ko‘rgazmasida filial talabalari ishtiroki bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Download 188.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling