10–maruza termodinamikaning ikkinchi qonuni reja
Download 25.42 Kb.
|
Termodinamikaning ikkinchi qonuni-fayllar.org
Termodinamikaning ikkinchi qonuni 10–MARUZA TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI Reja: 1.Termodinamikaning ikkinchi qonuni 2.Ochiq sistemalar termodinamikasi elementlari. 1.Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Energiyaning saqlanish qonuni har hil energiyaning bir–biriga aylanishini belgilaidi, ammo ayni vaqtda bu prosesslarda biror ustun yo`nalish bor–yo`qligini ko`rsatmaydi. Biroq, tajriba shuni ko`rsatadiki, energiyaning hilma–hil turlari issiqlikkka hamma vaqt va to`la aylanadi, issiqlik esa energiyaning boshqa tur–hillariga mashina va apparatlar yordamigina aylantiriladi. Bunda aylanish prosessida issiqlikning bir qismi atrofdagi jismlarga tarqalib, albatta isrof bo`ladi.Issiqlik almashinishida issiqlik hamma vaqt temperaturasi yuqoriroq jismlardan temperaturasi pastroq jismlarga o`tadi. Issiqlikni kamroq qizigan jismdan ko`proq qizigan jismga o`tkazish uchun (masalan, holodilniklarda ana shunday bo`ladi) tashki kuchlar yordamida ish bajarish talab qilinadi, buning uchun esa qo`shimcha energiya sarflanadi. Shunday qilib, energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi va issiqlik almashininshiga oid tabiiy proseslarda muayan yo`nalish bor: energiyaning har qanday turlari issiqlikka aylanadi, issiqlik esa ko`proq qizigan jismlardan kamroq qizigan jismlardan kamroq qizigan jismlarga o`tar ekan, atrofdagi barcha jismlar orasida tarqaladi. Bu issiqlik odam uchun yo`qotilgan issiqlik hisoblanadi. Tajriba yana shuni ko`rsatadiki, sistemaning temperaturasi atrofdaqi jismlarning temperaturasidan qanchalik yuqori bo`lsa, sistemadagi issiqlikdan foydalanish imkoniyati shunchalik katta bo`ladi. Masalan, yuqpri temperaturagacha qizdirilgan bugning issiqlik energiyasini energiyaning boshqa tur–hillariga aylantirish uncha qiyin emas, ammo temperaturasi atrofgagi muhit temperaturasidan kam farq qiladigan dengiz va okeanlar suvidagi issiqlikdan foydalanish amaliy jihatdan mumkin emas. Issiqlikning ana shu jihatdan «sigatini» harakterlash, shuningdek issiqlikning energiyaning aylanishi va issiqlik almashinishi prosesslarida yuz beradigan qimmatsizlanish va sochilishini miqdor jihatdan hisobga olosh uchun termodinamikada keltirilgan issiqlik deb ataladigan kattalikdan foydalaniladi. Keltirilgan issiqlik Qpr issiklikning berilishi yoki olinishiga muvofiq keladigan termodinamik temperatura T ning bir gradusiga to`gri keladigan issiqlik miqdori Q bilan o`lchanadi: (68)
Masalan, issiqlikning ma`lum bir miqdori temperaturasi T1 yoqoriroq jismdan temperaturasi T2 pastroq jismga o`tadi, deb faraz qilaylik (jismlar temperaturasining o`zgarishini hisobga olmaymiz). Bunda birinchi jismning keltirilgan issiqligi ga oshdi. Ammo , binobarin,cictemaning umumiy keltirilgan issiqligi ga ortdi. Issiqlikning sochilishi ro`y berdi, natijada ayni miqdor issiqlikdan foydalanish imkoniyati kamayadi. Ko`pincha, termodinamikada qiymati jihatidan keltirilgan issiqlikka o`hshahs bir qadar boshqacha kattalikdan foydalaniladi, bu kattalik entropiya deb ataladi va S bilan belgilanadi. Entropiya termodinamik sistema holatining eng muhim harakteristikalaridan biri bo`lib, turli energetik prosesslarda issiqlikning qimmatsizlanish bo`lib, turli energetik prosesslarda issiqlikning qimmatsizlanish o`lchovi hizmatini o`taydi, issiqlikning qimmatsizlanishi esa issiqlik almashinishida ro`y beradi. Biror prosess vaqtida entropiyaning o`zgarishi elementar uchastkalarda keltirilgan issiqlikning ning kattalik jihatidan etarli darajada kichik o`zgarishlarini bir–biriga qo`shish yo`li bilan hisoblab topiladi, berilgan prosess elementar uchastkalarga shundai bo`lib chiqiladiki, bu uchastkalardan har birida temperatura T o`zgarmas deb hisoblanishi mumkin bo`ladi: (69)
(70)
L.Bolsman entropiya S bilan sistema holatining termodinamika ehtimolligini orasidagi munosabatni aniqladi va uni quyidagi formula bilan ifodaladi: , bu erda k–Bolcman konstantasi. Bu nuqtai nazardan olganda, entropiyani sistema holatining termodinamik o`lchovi deb qarasa bo`ladi (entropiyaning statik mohtyati), termodinamikaning ikkinchi qonunini esa bunday tariflash mumkin: berk termodinamik sistemadla barcha tabiiy prosesslar sistema ehtimolligi kamroq holatdan ehtimolligi ko`proq holatga o`tadigan tarzda boradi. Download 25.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling