10–maruza termodinamikaning ikkinchi qonuni reja


–MARUZA ELEKTROSTATIKANING ASOSIY QONUNI–QULON QONUNI


Download 25.42 Kb.
bet3/7
Sana28.10.2023
Hajmi25.42 Kb.
#1730320
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Termodinamikaning ikkinchi qonuni-fayllar.org

11–MARUZA
ELEKTROSTATIKANING ASOSIY QONUNI–QULON QONUNI

Reja:
1.Elektrostatikaning asosiy qonuni–qulon qonuni
2.Elektr maydonda zaryadni ko`chirishda bajarilgan ish.
3.Zaryadlarning potensial energiyasi.
4.Elektr maydonning potensiali va potensiallar ayirmasi.
5.O`zaro elektr sigim. Kondensatorlar.

1.Elektrostatikaning asosiy qonuni–qulon qonuni. Tinch holatda turgan zarjadlangan jismlarning o`zaro tasiri va hususiyatlari elektrostikada o`rganiladi.
Elektrostatika tinch holatdagi elektr zarjadlarining tasiri va hususiyatlarini o`rganuvchi bir bo`limidir.
Elektrostatikada ko`pincha nuqtaviy zaryad tushunchasidan foydlaniladi.
Nuqtaviy zaryad deb, tekshirilayotgan masofaga nisbatan o`lchamlari juda kichik bo`lgan zaryadli jismlarga aytiladi.
1785 yo`lda francuz fizigi SHarl Kulon (1736–1806) buralma tarozi yordamida eksperimentar aniqlagan elektr zaryadlarining o`zaro tasir qonuni quyidagicha tariflanadi:


Vakuumdagi ikki nuqtaviy elektr zaryadlarining o`zaro tasir kuchi zaryadlar ko`paytmasiga to`gri proporsional, ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional:

(74)
bunda q1 va q2 –nuqtaviy zaryadlar, r –nuktaviy zaryadlar orasidagi masofa, k1 –proporsionallik koeffisienti bo`lib, birliklar sistemasiga va muhitning dielektrik hususiyatiga bogliq.




2.Elektr maydonda zaryadni ko`chirishda bajarilgan ish. Har qanday elektr maydonga q0 zaryad kiritilsa, elektr kuchi tasirida zaryjad siljib ish bajariladi. Misol tariqasida nuqtaviy zaryad hosil qilgan maydondagi q0 nuqtaviy zaryad 1 nuqtadan 2 nuqtaga ihtiyoriy shakldagi yo`l bo`ylab siljigandagi bajarilgan ishni qarab chiqaylik. 1 va 2 nuqtalar orasidagi yo`lni kichik elementar bo`lakchalarga ajratamiz. Bu elementar masofada bajarilgan ish quyidagiga teng:

(75)
9–rasm.


bunda F–maydonga kiritilgan q0 zaryadga tasir qiluvchi kuch bo`lib, u quyidagiga teng edi:

(76)


elementar masofaning F kuch yo`nalishiga proeksiyasi bo`lib, u ga teng. Natijada ifodani quyidagi ko`rinishda yozish mumkin:

(77)
Bundan qzaryadni elektr maydonidagi 1 nuqtadan 2 nuqtaga ko`chirishdagi bajarilgan A12 ish esa elementar bajarilgan ishlarning yigindisiga teng bo`lib, u oliy matematika yordamida chiqariladi. Shuning uchun biz A12 –ishni ifodalovchi formulani keltirib chiqarmasdan tayyor holda yozamiz:


(78)
Bu ifodadan ko`rinadiki, elektr maydonda zaryadni ko`chirishda bajarilgan ish yo`lning shakliga bogliq bo`lmasdan zaryadning boshlangich va ohirgi holatiga bogliqdir.




Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling