Kondensator o`ziga berilgan zaryadni to`plovchi va uzoq vaqt saqlovchi qurilmadir. Kondensatorlarga misol qilib, stolbalarda tortilgan ikki parallel simlarni, qo`rgoshin bilan qoplangan telefon kabelllarini, o`zaro parallel joylashgan ikki plastinkani va shu kabilarni olish mumkin. Kondensatorlarni hosil qilgan o`tkazgichlarga kondensatorning qoplamalari deyiladi.
Qoplamalarning shakliga qarab kondensatorlar yassi, sferik va silindrik kondensatorlarga ajraladi.
Yassi kondensator deb, qoplamalari bir–biridan dielektrik bilan ajratilgan ikkita parallel plastinkalardan iborat bo`lgan kondensatorga aytiladi.
Yassi kondensatorning elektr sigimi quyidagi formuladan aniqlanadi:
(89)
bunda S–kondensator plastinkalarining yuzi, d –ular orasidagi masofa, –plastinkalar orasidagi moddaning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi.
Sferik kondensator deb, qoplamalari bir–biridan dielektrik bilan ajratilgan ikkita koncetrik sferalardan iborat bo`lgan kondensatorga aytiladi.
12–MARUZA
ELEKTR TOKI HAQIDA TUSHUNCHA
Reja:
1.Elektr toki haqida tushuncha.
2.Tok kuchi.
3.Zanjirning bir qismi uchun om qonuni.
4.Yopiq zanjir uchun om qonuni.
5.Elektromagnetizm. magnit maydon haqida tushuncha.
6.Parallel toklarning o`zaro tasiri.
1.Elektr toki haqida tushuncha. Kundalik zhaiotdan elektr tokini barcha biladi. Elektr toki tramvay, trolleibus, elektropoezdlarni harakatga keltiradi, uy va kuchalarni yoritadi, telefon, telegraf, radioni ishlatiladi va hokazo.
Elektr tokining hosil bo`lishini osongina tushuntirish mumkin. Masalan, elektrometrga ulangan ikkita sharsimon o`tkazgich miqdor jihatdan teng, qarama–qarshi ishorali zaryadlari bilan zaryadlangan bo`lsin. Agar o`tkazgichlar sim bilan o`zaro ulansa, o`tkazgichlarga ulangan elektrometr ular orasidagi potensiallar farqi nolgacha tushishini ko`rsatadi. Binobarin, ortiqcha elektr zaryadlari (mettallardagi erkin elektronlar) sim bo`ylab manfiy ishorali zaryadlangan o`tkazgichdan musbat zaryadlangan o`tkazgichga qarab harakatlanib, elektr tokini hosil qiladi, natijada qarama–qarshi ishorali zaryadlar o`zaro kompensasiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |