11- amaliy mashg‘ulot. O‘lchov vositalarini kalibrlash Tashkiliy qism


Xalqaro elektrotexnika komissiyasi


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1595353
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
3 detlayn

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi MEK 
Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlar 1881 yildan 
boshlangan, chunki bu yili elektr bo‘yicha birinchi Xalqaro kongress bo‘lib o‘tgan 
edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vaqillarining konferensiyasida 
maxsus idora - xalqaro elektrotexnika komissiyasi tuzish to‘g‘risida bir fikrga 
kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo‘yicha ata-malar va parametrlarni 
standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi. 
MEK nizomiga ko‘ra, bu tashqilotning maqsadlari elektrotexnika va 
radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi 
standartlashtirish masalalarini xal qilishdir. 
ISO va MEK faoliyatlari bo‘yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, 
elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo‘yicha shug‘ullansa, ISO esa 
qolgan boshqa hamma sohalar bo‘yicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi. 
Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‘mitalar MEKning a’zolari hisoblanadi. Bu 
mamlakatlarda Yer qurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab 
chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’mol-chisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati 
rivojlangan hamda rivojla-nayotgan mamlakatlardir. MEK ingliz, fransuz va rus 
tillarida ish olib boradi. 
MEKning Oliy rahbar idorasi MEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning 
hamma milliy qo‘mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, 
u har 3 yil muddatiga sayla-nadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g‘azinachi, bosh 


kotib lavo-zimlari ham bor. MEK har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z 
faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi. 
1972 yilga qadar MEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya 
sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. 1972 yili esa MEK, ISO larning tavsiyalari 
xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabo‘l qilindi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling