11- amaliy mashg‘ulot. O‘lchov vositalarini kalibrlash Tashkiliy qism


Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM)


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1595353
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
3 detlayn

Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM) 
Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashqilot 
ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya 
zakonodatelnoy metrologii) deb ataladi. Bu tashqilotning asosiy maqsadi - davlat 
metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro 
miqyosda muvofiqlashtirishdir. 
MOZM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining uslubiy 
me’yoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash; qiyoslash uskunalarini, 
solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestatlashini, namunaviy va 
ishchi o‘lchash asboblarini uyg‘unlashtirish; xalqaro ko‘lamda birhillashtirilgan 
o‘lchash birliklarini mamlakatlarda qo‘llanishini ta’minlash; metrologik 
xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish bo‘yicha 
davlat ko‘rsatmalarining birliligini ta’minlash; rivojlanayotgan mamlakatlarda 
metrologik ishlarni ta’min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan 
ta’minlashda ilmiy-texnikaviy yordamlashish; metrologiya sohasida turli 
darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun-qoidalarini belgilash. 
MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro 
konferensiyasi hisoblanib, u har to‘rt yilda bir marga chaqiriladi. Konferensiya 
tashqilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma’ruzalarini 
tasdiqlaydi, budjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili - fransuz 
tilidir. 
Sifat bo‘yicha Yevropa tashqiloti (YeOKK) 
Sifatni nazorat qilish Yevropa tashqiloti YeOKK (Yevro-peyskaya 
organizatsiya po kontrolyu kachestva) bo‘lib, uning birinchi konferensiyasi 1957 
yilda chaqirilgan va shu yilning o‘zida uni nizomi ham tasdiqlandi. 
Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiyasi
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni 
akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarni 
aniq; sinovlar yoki aniq; tur sinovlari (ISO/MEK Rukovodstvo 2.86) 
o‘tkazishga xukuk berishdan iborat. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling