11- mavzu: Oʼquvchilаrning ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish


Oʼquvchilarning ekologik tarbiyasi


Download 19.86 Kb.
bet7/8
Sana21.11.2023
Hajmi19.86 Kb.
#1792495
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11 ìàâçó 2021

Oʼquvchilarning ekologik tarbiyasi

“Ekologiya” tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qoʼllanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy, makon, «logos» -fan) oʼquvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish koʼnikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Oʼzbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu yoʼlda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni «Oʼzbekiston Respublikasining Аtrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi»da oʼz ifodasini topgan.


Ekologik taʼlim oʼquvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yoʼnaltirilgan taʼlimiy jarayonidir.
Ekologik ong tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi boʼlib, u murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon boʼladi.
Ekologik faoliyat esa ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir.
Ekologik madaniyat oʼquvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.

Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi boʼlib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar

hal etilishi zarur:


Oʼquvchilarning taʼlim jarayonida oʼzlashtirgan ekologik bilimlarini yanada oshirish.
Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi toʼgʼrisidagi tasavvurini boyitish.
Oʼquvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi toʼgʼrisidagi eʼtiqodni shakllantirish.

Download 19.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling