11- mavzu: Oʼquvchilаrning ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish
Download 19.86 Kb.
|
11 ìàâçó 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Aqliy tarbiyaning mazmun-mohiyati va komponentlari.
11- mavzu:OʼQUVCHILАRNING ILMIY DUNYOQАRАSHNI SHАKLLАNTIRISH.АQLIY TАRBIYA.Reja :1.Dunyoqarash haqida tushuncha. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari.2. Aqliy tarbiyaning mazmun-mohiyati va komponentlari.1. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchibilimlar negizida shakllangan eʼtiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon boʼladi.Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-gʼoyaviy falsafiy iqtisodiy tabiiy-ilmiy maʼnaviy-axloqiy estetik huquqiy ekologik Shaxsda dunyoqarash tashkil etilayotgan taʼlim-tarbiyaning yoʼlga qoʼyilishi, uning turli yoʼnalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, oʼz-oʼzini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida taʼlim muassasalarida oʼqitilishi yoʼlga qoʼyilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta oʼzlashtirilishi muhim oʼrin tutadi. izchil tizimli uzluksiz maqsadga muvofiq Shaxsning maʼnaviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondashuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega boʼlgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega boʼlgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. Oʼz navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini taʼminlaydi. Oʼz mazmunida ezgu gʼoyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon boʼlayotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.Dunyoqarash oʼz mohiyatiga koʼra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega boʼlmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi.Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta oʼzlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan gʼoyalar yotadi. Аqliy tarbiya, ilmiy dunyoqarashning maqsadi, asosiy belgilari va mohiyati. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim oʼrin tutadi. Аqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti toʼgʼrisidagi bilimlarnii berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yoʼnaltirilgan pedagogik faoliyat boʼlib, uni samarali yoʼlga qoʼyish asosida dunyoqarash shakllanadi. Download 19.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling