11- sinf аdabiyot fanidan savol javoblar 1-bo`lim Mavzular: “Go`rog`li” dostoni, Mahmud Koshg`ariy “Devoni lug`ot –it turk” asari
-bo`lim Mavzular: Erkin Vohidov , mustaqillik davri she`riyati hamda nasri
Download 52.44 Kb.
|
11-sinf test
5-bo`lim
Mavzular: Erkin Vohidov , mustaqillik davri she`riyati hamda nasri 1. “Erkin Vohidov badiiy adabiyot dagolari ruhini shod etgan …o`zbek xalqi qalbiga chuqur kirib bogan san`atkordir” ,fikrlari qaysi ijodkorga tegishli? Abdug`afur Rasulov 2. “Erkin Vohidov dilbar ruboiy taronlari, asr armoni , fig`oni darajasiga ko`tarilgan dostonlari qatori go`yat nozik lutf,beozor qochirimlar…bilan ham elimiz uchun ardoqlidir”, - fikrlari qaysi ijodkorga tegishli? Umarali Normatov 3. “Erkin Vohidov she`riyatida adabiy mavzular xazinasiga aniq zamon va makon kaliti orqali kirib bordi” fikrlari qaysi ijodkorga tegishli? Abdulla Oripov 4. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida Nazrul Islomning doston qaysi ijodkorga tenglashtiradi? Xusrav Dehlaviy 5. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida Nazrul Islomning g`azal yozishini qaysi ijodkorga tenglashtiradi? Bedilga 6. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida Nazrul Islomning ruboiy bitishini kimga taqqoslaydi? Mirzo Boburga 7. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida “So`zla inson , So`zla qading ko`tarib baland” misralari asarning qaysi bo`limidan olingan? Isyon qo`shig`i 8.E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida mustamlakachi zobitlarni adib qanday jnivorga qiyoslaydi? Oq o`rgamchik 9. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonining “Isyon qo`shig`I” bobida “Ko`kda ismat chirog`ini yoqqan” deb ta`fir berilgan kim edi? Indira 10. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonining “Isyon qo`shig`I” bobida “shafqat bilmas toshyurak” deganda kimni nazarda tutadi? Durgan 11. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonda “Tug`ilgansan ,mudom ozod bo`lib qol” fikrlari kimga tegishli? Nazrul Islom 12. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida “Mard agar sen, Dardni ichga yut degan” fikrlari kimga tegishli? Budda 13. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonining “G`alayon” bobida voqealar qayerda nechanchi yil bo`lib o`tadi? Kalkutta 1926 –yil 14. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonining “G`alayon” bobida ikki kitob tilga olinadi bular? Qur`on va Veda 15. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonining “G`alayon” bobida g`alayonni derazadan qo`lida qahva bilan jimgina kuzatayotgan kim edi? Oq tanli janob- mustamlakachi 16. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonining qaysi bobida Nazrul Islomning xati berilgan? Tutqunlikda bobida 17. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonining “Tutqunlikda” bobida Nazrul Islom “ … Menga bugun Sendan o`zga dilxoh yo`q” ,- deganda kimga yoki nimaga murojaat qiladi? Onasiga 18.E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonining “Tutqunlikda” bobida hind xalqini qudrat va yuvoshlikda qaysi jonivorga qiyos qiladi? Filga 19. .E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida Nazrul Islom necha yoshida maxbus bo`ldi? 32 yoshida 20. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida Nazrul Islom necha yoshida ozod bo`ldi , ozodlikda necha yil yashadi? 72 va 3 yil jami 75 yil yashadi 21. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida Nazrul Islomni ozodlik bilan tabriklagan kim edi? Thakur 22. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonining “Tutqunlikda” bobida Nazrul Islom kimdan yoki nimadan kechirim so`raydi? Onasidan 23. E.Vohidov ning qanday qasidalari bor? Inson va O`zbegim 24. E.Vohidov “ Inson” she`rining har bir bandi necha misradan iborat? 4 ta 25. E.Vohidov “ Inson” she`rida ikki kitob tilga olinadi , bular? Tavrot ,Zabur 26. E.Vohidov “ Inson” she`rida chug`z nimaga zid qo`yiladi? Bulbul 27. E.Vohidov “ Inson” she`rida qaysi sayyoralar tilga olinadi? Mars va Zuhro 28. E.Vohidov “ Yaxshidir achchiq haqiqat…” she`rida birinchi va ikinchi misralarida qanday badiiy sa`nat qo`llangan? Tazod –zid qo`yish 29. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida adb nafaqat o`zini barcha erksevarlarni qiynayotgan dil tubidagi dard-sitamlarni kimning tilidan bayon qiladi? Nazrul Islom 30. E.Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonida Nazrul Islomni isyonning aybdori degan hind qanday atagan, musulmon qanday atagan? Hind-jobon, musulmon-kofir 31. Rauf Parfining asl ismi kim? Tursunali Parfiyev 32. Rauf Parfi` qayerda tug`ilgan? Yangilyol` tumanining Sho`ralisoy qishlog`ida 33. Rauf Parfining birinchi to`plami qanday nomlanadi? Karvon yo`li 34. Rauf Parfining she`riy to`plamlarini sanang.( 9ta) Aks-sado, Xotirot, Ko`zlar, Qaytish, Sabr daraxti, Sukunat, Tasvir, Tavba, Sakina, So`nggi vido 35. Rauf Parfining qaysi asarining nomi Abdulla Oripovning to`plami nomi bilan bir xil? Xotirot 36. Rauf Parfining qaysi asarining nomi Saida Zununovaning to`plami nomi bilan bir xil? Ko`zlar 37. Rauf Parfi` Nozim Hikmatning qaysi asarini tarjima qildi? Inson Manzaralari 38. Rauf Parfi` Bayronning qaysi asarini tarjima qildi? Manfred 39. Rauf Parfi` Karlo Kaladzening qaysi asarini tarjima qildi? Dengiz xayoli 40. Rauf Parfi` A.Tvardovskiyning qaysi asarini tarjima qildi? Zaytun novdasi 41. Rauf Parfi` “Yana qaytib kelim” she`rida “Shahlo ko`zligim” deganda kim yoki nimani nazarda tutadi? Tag`ilini 42. Rauf Parfi` “Yana qaytib kelim” she`rining birinchi bandida adib kimga yoki nimaga murojaat qiladi? Onasiga 43. Rauf Parfi` qaysi she`rida “Men faqat Turkiston atalgan yorqin, Bir butun Vatanni istayman, xolos” deydi? Yurak she`rida 44. Rauf Parfi` she`rlarida qanday mavzular yetakchilik qiladi? Vatan, ona, inson, tabiat 45. Rauf Parfi` qaysi she`rida shoirning umidlari, yorqin tuyg`ulari o`z ifodasini topgan? Tong otmoqda 46. Rauf Parfi` qaysi she`rida shoir o`z qalb kechinmalaini ifodalashda tabiatga murojaat qiladi? Yomgi`r yog`ar 47. Rauf Parfi` “ Yomgi`r yog`ar” she`rida “Yomgi`r yog`ar” sozi necha marta takrorlanadi? Olti marta 48. Rauf Parfi` “ Yomgi`r yog`ar” she`rining so`ngida qog`ozga yog`a boshlagan narsa nima? Ko`ngil 49. Rauf Parfi` “ Yoz kechasi” she`rida qanday she`riy sa`natdan unumli foydalanilgan? Jonlantirish , tashxis 50. Rauf Parfi` “ Yoz kechasi” she`rida qaysi tovush bilan allateratsiya san`atidan unumi foydalangan? “Ch” ya`ni chigirtkalar chirillar chunon 51. Mustaqillik dari she`ryatida “sirli olam toqi ilk Narvon qo`ygan “ tashbehlari qaysi ijodkorga tegishli? E.Vohidov 52. Mustaqillik davri she`rlaridan “ Bu dunyoga bir qo`shiq, Berib ketgin , shoirim” satrlari kimga tegishli? Usmon Azim 53. Mustaqillik davri she`riyatida “Asr bilan vidolashuv” she`ri qaysi ijodkorga tegishli? Jamol Kamol 54. Mustaqillik davri she`riyatida “ Grafika” she`ri qaysi ijodkorga tegishli? Usmon Azim 55. Mustaqillik davri she`riyatida “ Mustaqil Vatanni baxt nuri chaysin” she`ri qaysi ijodkorga tegishli? Oydin Hojiyeva 56. Mustaqillik davri she`riyatida “Momo yer” she`ri qaysi ijodkorga tegishli? Mahmud Toir 57. Mustaqillik davri she`riyatida “Men ko`ksingga boshim qo`ydim” she`ri qaysi ijodkorga tegishli? Xurshid Davron 57. Mustaqillik davri she`riyatida “Vatan ” she`ri qaysi ijodkorga tegishli? Sirojiddin Sayyid 58. Mustaqillik davri she`riyatida “ O`zbek” she`ri qaysi ijodkorga tegishli? Iqbol Mirzo 59. Mustaqillik davri she`riyatida Parij, London, Rimni katta qisloqqa o`xshatgan ijodkor kim? Iqbol Mirzo 60. “Yozvchi , garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o`qib qanday tabiatli shaxs ekanligini bilihs, tasavvur qilish mumkin” degan kim edi? Abdulla Qodiriy 61. “Sohibqironning o`ylari” qaysi asardan olingan parcha hisoblanadi? Muhammad Ali “Ulug` saltanat” romani 62. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Termu o`z dodhohi bilan qaysi ko`l yoqasida suhbatlashadi? Egridir 63. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temruning dodhohi kim edi? Muhammd Churog`a 64. “Sohibqironning o`ylari” asarida yigirma ikki yoshli malika kim edi? To`kal xonim 65. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temurning yillar zalvaridan yelkalarining biroz chiqqanini sezgan kim edi? Dodhohi Muhammad Charog`a 66. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda kimning kasal bo`lganini aytadi? Rim qaysari 67. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda Edirnani kimga topshirganini aytadi? Sulaymon Chalbiyga 68. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda Rim saltanatini parchlanishiga yo`l qo`ymay kimga topshirilishini aytadi? Xalil Sultonga 69. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda yoshlidiga otasi Tarag`ay bahodirning dastlabki turk hoqonligining saltanatining tiklashi haqidagi nasihatini tilga oladi, Shunda o`zining necha yoshda ekanlgini eslaydi? 15 yoshdaligini 70. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda necha yoshigimdan beri jahongashtalik qismatim deydi? 12 yoshdan 71. “Sohibqironning o`ylari” asarida “Bu davlatda yosh bolaning boshiga bir laganda o`n tila qo`ysa, u Sultoniyadan Samarqandgacha borsa, bir tilo kamaymaydi” degan kim edi? Dodho Muhammd Charog`a 72. “Sohibqironning o`ylari” asarida yo`qut ko`zga aylatnirilgan shahar deganda qaysi shahar naarda tutiladi? Samarqand 73. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda “Arjumand farzandimiz” deganda kimnia nazarda tutadi? Muhammad Sulton 74. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda “suyukli jigargo`shamiz” deganda kimni nazarda tutadi? Shohruh Mirzo 75. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda “ardoqli nabiramiz” deganda kimni nazarda tutadi? Xalil Sulton 76. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda “tilla bolalar” deganda kimlarni nazarda tutadi? Ulug`bek va Ibrohim Sulton 77. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda ko`zim tirigida Konigilda borsam , nima qilishni o`ylab qo`ydim deydi? 5 nabirasining to`yini qilishni 78. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda “Islom shariatning onasi” deganda qaysi shaharni nazarda tutadi? Iroq 79. “Ko`zning qaro sening, qoshlaring qaro, Yuzlaring oq, sening , kulishlaring oq” satrlari qaysi ijodkorniki ? Usmon Azim 80. “Sumbula suvidek tiniq bir ayol” satrlari qaysi ijodkorniki? Oydin Hojiyeva 81. Mustaqillik davri shoirlaridan kim o`z she`rida “Ro`zg`orni go`rga o`xshatadi? Oydin Hojiyeva 82. Mustaqillik davri shoirlaridan kim o`z she`rida Oqdaryo va Qoradaryo ramzalridan foydalanadi? Xurshid Davron 83. Mustaqillik davri shoirlaridan kim o`z she`rida Alp Tegin, Temur va Kumush, Alpomish obrazlaridan unumli foydalanadi? Iqbol Mirzo 84. Mustaqillik davri shoirlaridan kim o`z she`rida “Xatlar oldim yuragimga Naqshbandlardan” degan ta`sirli satrlar bitgan? Sirojiddin Sayyid 85. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda kimlarlarning bir-biri bilan savashi (taxt talashi) Oltin O`rdaning zavoliga olib kelganini eslaydi? O`risxon va To`xtamishxon 86. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda Erondagi qaysi sulolaning zavolga yuz tutishini eslaydi? Muzaffariylar 87. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda qari cholning mevali ko`chatni o`tqazayotganda uchratib hamsuhbat bo`lishi berilgan. Voqea qayerda bo`lgan edi? Misr qishlog`idagi Bog`i Davlatobod 88. “Sohibqironning o`ylari” asarida Amir Temur o`z dodhohi bilan suhbatda “Mening ekkan niholim” deganda kimni nazarda tutadi? Muhmmad Sulton 89. “Sohibqironning o`ylari” asarida dodho Amir Temirga “Bosgan qadamidan yer titraydi. , tog`lar sado beradi. Aytgan so`zlaridan ko`ngillar obod, farishtalar mamnun” deganda kimni nazarda tutadi? Muhammad Sulton 90. “Ulug` salatanat” qanday janrda yozilgan va u necha kitobdan iborat? Epopeya to`rtta kitobdan iborat Download 52.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling