11- sinf аdabiyot fanidan savol javoblar 1-bo`lim Mavzular: “Go`rog`li” dostoni, Mahmud Koshg`ariy “Devoni lug`ot –it turk” asari


-bo`lim Mavzular: Zahiriddin Muhammad Bobour she`riyati, Mashrab she`riyati va Anbar Otin


Download 52.44 Kb.
bet4/12
Sana30.04.2023
Hajmi52.44 Kb.
#1402070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-sinf test

3-bo`lim
Mavzular: Zahiriddin Muhammad Bobour she`riyati, Mashrab she`riyati va Anbar Otin

  1. “Bobur turkey she`riyatda Alisher Navoiydankeyingi o`rinda turadi. U sof va nafosatli turkiyda devon tartib etdi” fikrlari kimga tegishli? Denison Ros (ingliz olimi)

2. “Boburylar davri Hindiston turkiy tili va adabiyoti” asari muallifi kim? N.Nizomiddinov
3. “Mug`iliy ahd” asarining muallifi kim? Sayyid Sahobiddin Abdurahmon
4. “Aytishlaricha, Bobur juda bahodir sipoh va iqtidorli ilm ahli sirasidan bo`lgan.” Fikrlar kimning qaysi asaridan olingan? “Mug`iliy ahd” Sayyid Sahobiddin Abdurahmon
5. Ma`lumotlarda keltirilishicha, Bobur Panipat jangidan keyin qancha vaqt yashagan? Uch yili-u 8 oy
6. Boburning “Xazon yaprog`i yang`lig`” deb boshlanuvchi g`azalida qanday she`riy sa`natning go`zal va yorqin namunasi mujassamlashgan? Tanosib
7. Boburning “Xazon yaprog`i yang`lig`” deb boshlanuvchi g`azalida keltirilgan “chehrai zard” so`zning ma`nosi nima? Sariq yuz
8. Boburning “Xazon yaprog`i yang`lig`” deb boshlanuvchi g`azalida yorning “sarkashligi” ya`ni itoatsizligi, o`jarligi qanday o`simlik orqali beriladi? Sarv
9. Boburning “Xazon yaprog`i yang`lig`” deb boshlanuvchi g`azalida “xazon-sarg`ardim-chehrai zardim” ketma-ketligiga qaysi tushunchalar zid(qarama-qarshi) qo`yiladi? Gul yuz, lolaruh
10. Boburning “Xazon yaprog`i yang`lig`” deb boshlanuvchi g`azalida shoir umrni nimaga qiyos qiladi? Bog`ga
11. Denison Ros Boburning qaysi asari to`g`risida “bequsurlikda yagona va jo`n uslubda yozligan” deya ta`rif beradi? “Boburnoma” (Vaqoye)
12. Boburning “Jonimdan o`zga yori vafodor topmadim” deb boshlanuvchi g`azalining nechanchi baytida oshiq ko`nglining dil iztiroblari berilgan? Ilk (birinchi)
13. Boburning “Jonimdan o`zga yori vafodor topmadim” deb boshlanuvchi g`azalining sintaktik tuzilishini yozing. To`ldiruvchi, aniqlovchi, to`ldiruvchi , kesim
14. Adabiyotda gap bo`laklarining takroriy ritmda o`ziga xos mayin va bosiq bir to`lqinni yuzaga keltirishi qanday ataladi? Ritmik sintaktik paralelizm
15. Boburning “Jonimdan o`zga yori vafodor topmadim” deb boshlanuvchi g`azalida 1-“dilafgor” , 2- “giriftor” nimalarga nisbatan ishlatilgan? 1- jon, 2- ko`ngil
16. Boburning “Jonimdan o`zga yori vafodor topmadim” deb boshlanuvchi g`azalida “usruk” qanday tushuncha? Ko`zga nisbat- mast
17. Boburning “Jonimdan o`zga yori vafodor topmadim” deb boshlanuvchi g`azalida “bu telba” deganda adib nimani nazarda tutadi? Ko`ngil
18. Boburning qaysi g`azalida adibning tasvirning ham tasviriy san`atning ham ustasi ekanlginini bilish mumkin? “Xating aro uzoring…” g`azali
19. Boburning “Xati aro uzoring…” deb boshlanuvchi g`azalida Oy yoki Quyoshning qo`rg`onlashi (gardish bog`lashi) qanday tushuncha orqali beriladi? Hola
20. Boburning “Xati aro uzoring…” deb boshlanuvchi g`azalida keltirilgan “g`azola” so`zning ma`nosi nima? Lola ichidagi kiyik boshiga o`xshash uzv
21. Bobur g`azalining aksar qismini necha baytliklar tashkil etadi? 5-6 baytlilar
22. Bobur g`azallarining qofiyasi asosan qaysi so`z tukumi bilan ifodalanadi? Fe`llar
23.Bobur g`azallarida qanday ruh yetakchilik qiladi? Hayotsevarlik va ertangi kunga ishonch ruhi
24.Bobur ruboyi janriga qanday yangilik kiritdi? Hasbi hol
25. Boburning gazallari hamda ruboyilari qaysi jihatiga ko`ra bir-biriga o`xshab ketadi? Ikkisida ham hasib holning yuqori darajada berilishi
27. Boburning “Tuz, oh Zahiriddin Muhammad Bobur” deb boshlanuvchi ruboyisining qofiyalanishi “Ilmi qofiya”da qanday tarzda ataladi? Bosh qofiya
28. Boburning ruboyilari boshqa shoirlarning ruboyilaridan qaysi jihati bilan jaralib turadi? Ruboyida taxallusni qo`llanishi
29. Boburning “Tuz, oh Zahiriddin Muhammad Bobur” deb boshlanuvchi ruboyisida asosiy tasvir vositalari (she`riy san`atlar) qaysilar? So`zlar takrori va tazod
30. Adabiyotimizda “otashnafas shoir” sifatida shuhrat qozingan adib kim edi? Mashrab
31. Bobur ruboyini qanday istiloh ( termin) bilan ataydi? Dubaytiy yoki tarona
32. Bobur ruboyilar aruzning qaysi bahrida yozilishinia yatib o`tadi? Hazaj
33. Boburning “Ulki, hark o`zi g`izoli Chin durur” deb boshlanuvchi tuyug`ida 1- misradagi Chin, 2- misradagi chin va 4- misradagi chin so`zlarining ma`nosini toping. 1- mamlakat (Xitoy), 2-qoshlar orasidagi tushgan tirish, 4- rost
34. Tuyuq aruzing qaysi bahrida yozilishi kerak? Ramali musaddasi maqsur
35. Bobur tuyuqning necha xil turini ko`rsatib bergan? 7 xilini
36. Adabiyotshunolsikda ham gorizontal ham vertikla tomondan o`qish mumkin bo`lgan she`r qanday ataladi? Masnu’, murabba’ yoki musoviyattarafayn
37. Mansu’ so`zi qaysi tildan olingan bo`lib qanday ma`noni bildiradi? Arabchadan san`atli yoki sersan`at
38. Boburning “ Yetti meni o`lturgali oxir hijron” deb boshlanuvchi she`rida qanday se`riy sa`nat qo`llangan? Mansu`
39. Bobur ruboyilarida keltirilgan 1-qosid, 2- savod etmoq so`zlarining ma`nosi nima? 1-elchi, 2- yozmoq
40. “O’tkan kunlar” romanida Kechlik oshni o`tkazgach, Hasanali o`z hujrasidan kiyinib chiqdi-da, Otabekning yoniga kirdi.” Otabek shunda qaysi asarni o`qib o`tirgan edi? Boburnoma
41. Bobur ruboyilarida ko`p marta ishlatilgan “ahbob” so`zning ma`nos nima? Do`st
42. Mashrabning ota kasbi nima bo`lgan? Bo`zchi –kosib
43. Mashrabning asarlari asosan qaysi qo`lyozma va toshbosma asarlar orqali yetib kelgan(4 ta) ? Devonai Mashrab, Devoni Mashrab, Eshoni Mashrab, Hazrati Shoh Mashrab
44.Mashrabning onasining ismi nima va u qanday mashg`ulot bilan oila tebratgan? Bibi Salima ip yigirish
45. Mashrab din ,falsafa tarixi va fors tilini kimdan o`rgandi? So`fi eshon Mullo Bozor Oxund
46. Mashrabning qashg`arlik ustozi kim bo`lgan va uning qo`lida qancah vaqt ta`lim olgan? Hidoyatullo Ofoq Xo`ja eshon 7-8 yil
47. Mashrabning qashg`arlik pir dargohidan haydalishiga nima sabab bo`lgan? Bir kanizakka qo`ngil qo`yishi
48. Mashrab turli janrlarda ijoq qilgan ,ammo uning shuhratini qaysi janrlar oshirgan? G`azal va murabba`
49. Mashrab asalarida tasavvufning eng qiyin va msuhkul muammolari nisbatan oson va qulay shakllarda tasvirlab berilshi qanday nomalandi? Sahli mumtane
50. Mashraning “Ko`nglimni berdim bir bevafoga” deb boshlanuvchi asarining turoqlarini va vaznini yozing ? 5+5 = 10
51. Mashrab she`riyatida ijtimoiy muammolar talqini va yana qanday tushuncha katta o`rin tutadi? Tanqid
52. Mashrabning “Bu tani xoki-yu ruhi ravonni na qilay” deb boshlanuvchi g`azalida qasyi joy va payg`ambar ismi tilga olinadi? Makka va Ibronim a.v.s
53. Mashrabning “Bu tani xoki-yu ruhi ravonni na qilay” deb boshlanuvchi g`azalining birnchi baytida qanday she`riy san`t qo`llangan? Tanosib
54. Mashrabning “Bu tani xoki-yu ruhi ravonni na qilay” deb boshlanuvchi g`azalida tan va ruh tushunchasi orqali qaysi she`riy san`at vujudga kelgan? Tazod
55. Mashrabning “Bu tani xoki-yu ruhi ravonni na qilay” deb boshlanuvchi g`azalining ikkinchi baytida qanday she`riy sanat qo`llangan? Tashbeh, istiora, ramz
56. Mashrab she`rlarida ko`p ishlatilgan “jovidon” so`zning ma`nosi nima? Doimiy, abadiy
57. Mashrabining “Bulbuldayin faryod etarman” deb boshlanuvchi asari qanday janrda yozilgan? Murabba`
58. O`zbek adabyoti tarixida ilk bor falsafiy-publististika yo`nalishida ijod qilgan kim edi? Anbar Otin
59. Mashrabning har bir bandi “Yorga yetar kun bormi , yoronlar” deb tugallanuvchi asari qanday janrda yozilgan? Murabba`
60. Mashrab g`azallarida ko` tilga olingan “torik” so`zning ma`nosi nima? Qorong`ulik
61. Anbar Otin “ Otam –Farmonquli Marg`iloniy, Ona-Ashurbibi Qo`qoniy” satrlari qaysi asaridan olingan? “Tarjimai hol
62. Anbar Otinning ota-ona kasbi qanday edi? bo`zchi-belbog`chi
63. Anbar Otin kimga turmushga chiqadi? Zohidxo`jaga
64. Anbar Otin “Debocha”da “O’ratepadan yalangoyoq yeim kelgan” deganda kimni nazarda tutadi? Eri Zohidxo`jani
65. Anbar Otinning to`rt farzandidan yoshligida xalok bo`lganining ismi nima edi? Ominaxon
66. Anbar Otinning 8 yoshligida maktabga borishi tog`risida kim am`lumot kletiradi? Dilshodi Barno
67. Anbar Otin kimning qo`lida ta`lim oladi? Dilshodi Barno
68. Anbar Otinning she`rlaida qaysi ijodkorning ta`siri sezilib turadi? Uvaysiyning
69. Anbar Otin kimning jiyani bo`lgan? Uvaysiy
70. Anbar Otin ustozlar ulug`I sifatida kimni tan oladi? Navoiy
71. Anbar otin qizziqqan ijodiy davraning nomi qanday edi? Haziniy to`dasi
72. Anbar Otin she`rlarida kimlar bilan baxslashgan, ularga murojaat qilgan (5 kishi)? Muqimiy, Furqat, Kamiy, Zavqiy, Shavqiy
73. Anbar Otin umrining ko`p qismni to`shakda mixlangan holatda o`tkazadi. Bemor bo`lishiga sabab nima edi? Zinadan yiqlib tushgani
74. Anbar Otinning eng go`zal kashfiyoti qaysi ijod bilan bo`gliq? Qarolar falsafasi asari bilan
75. Mashrabing “Ne g’urbatlar chektim charxi bebunyod dastingdan” deb boshlanuvchi asari qanday janrda yozilgan? Muxammas
76. Anbar Otinning “Qarolar falsaasi” asarining avvalgi(biirinchi) fasli nima haqida? Aqli qosirlar va norasolar haqida
77. Anbar Otinning “Qarolar falsaasi” asarining ikkinchi fasli nima haqida? Farqi qarolar taqdiri
78. Anbar Otinning “Qarolar falsaasi” asarining uchinchi fasli nima haqida? Baxti qarolar haqida
79. Anbar Otinning “Qarolar falsaasi” asarining to`rtinchi fasli nima haqida? Qaro zulmat haqida
80. Anbar Otinning “Qarolar falsaasi” asarining qaysi faslida ayollar sochlarini ikkiga o`rib ular o`rtasidagi farqni ko`rsatishi haqida fikr yuritadi? Ikkinchi faslida
81. Anbar Otinning “Qarolar falsaasi” asarining qaysi faslida husnning eng chiroyli qiluvchi tushunchalar ham qoralar ekanligi haqida fikr yuritadi? Birinchi faslida
82. Anbar Otinning “Qarolar falsaasi” asarining qasy ifaslida Farhod tilga olinadi? Uchinchi faslida
83. Anbar Otinning “Qarolar falsaasi” asarining qaysi faslida dindorlar bilan o`z fikrining qarama-qarshi ekanligi tog`risida bahs yuritadi? Uchinchi faslda
84. Anbar Otinning “Qarolar falsaasi” asarining nechanchi faslida zulmatni adolat kuchi yengadi deb fikr yuritadi? To`rtinchi faslida
85. Anbar Otinning “Qarolar falsaasi” asarining nechanchi faslida Aflotiun, Arastu va juda ko`p olim-u shoirlar nomini tilga oladi? Ikkinchi faslida



Download 52.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling