11- sinf аdabiyot fanidan savol javoblar 1-bo`lim Mavzular: “Go`rog`li” dostoni, Mahmud Koshg`ariy “Devoni lug`ot –it turk” asari


Download 52.44 Kb.
bet1/12
Sana30.04.2023
Hajmi52.44 Kb.
#1402070
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-sinf test


11- sinf АDABIYOT FANIDAN
SAVOL - JAVOBLAR
1-bo`lim
Mavzular: “Go`rog`li” dostoni, Mahmud Koshg`ariy
Devoni lug`ot –it turk” asari
1. “Qutadg`u- bilik” asarida “Har qanday fazilatning boshlanishi…” deb nimani nazarda tutadi? Bilim
2. Yusuf Xos Hojib o`z asarida Eligning har doimgi yo`ldoshi deb nimani nazarda tutadi? kitob
3. Navoiy “O`z vujudingga tafakkur aylag`il, Har ne istasen-o`zingdan istagil” deb qaysi asarida aytib o`tgan? Lison-ut tayr
4. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Yovmut yurtining podshosi kim va uning farzandlarini sanab bering. Odilxon, ikki o`g`li-Urayxon va Ahmadbek, qizi-Bibi Oysha
5.“Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Mari elining xoni kim va uning sinchisi kim? Qovushtixon sinchisi- To`laboy
6. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida kimning bozorchi savdogaralarini kimning qo`shini talaydi? Odilxonning savdogarlarini Qovushtixon
7. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Qovushtixonning o`g`li –To`laboyni Odilxon podsho necha yoshida bandi qilib olib ketadi? Yetti
8. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Odilxon podsho To`laboy sinchiga kimni nikohlab beradi? Qizi Bibi Oyshani
9. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Ravshan kimning farzandi? To`laboy sinchi va Bibi Oyshaning
10. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Taka tovmut elining podshosi kim va uning farzandlarini sanab bering. Jig`aylixon , Gajdumbek o`g`li, Bibi Hilol qizi
11. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Zangar shahrining podshosi kim? Shohdorxon
12. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Odilxonning ustiga qo`shin tortib podshosini yo`q qilaman, qo`rg`onini qulataman, o`ligini sulataman” degan kim kim kimga aytadi? Shohdorxon 200 guburlariga (gubernator)
13. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Shohdorxonning aqlli vaziri va noibi kim edi? Holmon va Subyon
14. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Shohdorxon qancha vaqtda Taka –Yovmutning Urganch yurtining Asqar tog`iga yetib boradi? Uch oyda
15. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Shohdorxon Ravshanni qanday qo`lga tushirdi? Ravshan tog`ga chiqqanda
16. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “Dushman xas bo`lsa, qo`rq” fiklrari kimga tegishli? Holmonga
17. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Odilxon podsho va Shohdorxon podsho jangida kimning Odilxonga qo`shilishi unga g`alabani olib keldi? Nazar boshchiligida lashkar
18. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Odilxon podsho va Shohdorxon podsho jangi qancah vaqt davom etdi? 9 soat
19. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Odilxon podsho sulh uchun Shohdorxondan nimani so`radi? Mullavachchalarni ozod qilishni
20. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Shohdorxon G`ajdumbekka qanday lavozim berdi? Yasovul boshliq
21. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonda Ravshanni kim sandiqda yashirib o`zi iblan olib ketadi? Hamza
22. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida kim kimni kokilini har kuni yetti marta o`rab mushki anbar separ edi? Hamza
23. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida kim tusida ikki bo`rini ko`radi va munajjimlar(qurandoz)ni ta`birni aytish uchun chaqiradi? Shohdorxon
24.“Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida podshoning tushi ta`birini kim aytib beradi? Yusuf
25. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Shohdorxon nima uchun Hamza va Ravshanni o`ldirmadi? Ikkovining qaddi qomatini ko`rib
26. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida sakkiz oshyonlik ko`shk kimniki edi? Gajdumbek
27. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida hur tal`atli, maliyika kelbatli, shirin so`zli, jodu ko`zli, zulfi tol-tol…deb ta`fir berilgan kim edi?Bibi Hiloloy
28. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “O`zingniki o`zagingga tepsa ham ketmaydi ekan, kishining bolasiga kishmish bersang ham turmaydi “ ekan degan fikrlar kim tomonidan kimni nazarda tutib aytilgan? Hamza Ravshanga
29. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida qul bozorida kim kimni qanchaga kimga sotadi? Hamza Ravshanni ming tilloga G`ajdumbekka
30.“Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Gajdumbekning xizmatkori kim edi? Rustamxon
31. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Ravshanbek to`p-to`p bo`lib turgan olomondan nima gap deb so`raganda ular qanday javob berishadi? Gajdumbek va Ravshan qochib ketdi, endi Bibi Hilolni o`tda kuydirishmoqchi
32. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “Bir kuni o`lmoq-bir kuni tug`ilmoq”, “qazo degan Xudodan bo`ladi” degan fikrlar kimga tegishli? Bibi Hiloloyga
33. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Bibi Hilolni Zargar shahri odamlari nima uchun o`ldirmochi edilar? Bibi Hiloldan sohibqiron chiqadi deb o`ylab
34. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” ol`gan Hiloloyni kim ko`madi? Rustambek
35. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Hamzaning mulkiga egalik qilgan Rustambek kimning singlisiga uylanadi? Badgir
36.“Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida xalok bo`lgan Bibi Hilol qancah vaqtdan keyin qabrda farzandli bo`ladi? Uch oy
37. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Bibi Hiloloy fanrzandli bo`layotganda kimlar doyalik qiladi? Momo Havo, Anbar ena, Fotima buvi
38. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida go`rda tug`ilgan Go`ro`g`li qancah vaqt qabrda yashaydi? Uch yil
39. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Rustambekning o`g`lining ismi nima edi? Qo`ng`irboy
40. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Bibi Hilolning qabrini kim qo`lining uchi bilan teshib qo`yadi? Hizr hazaratlari
41. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Go`ro`g`li kimning baytalini emib kata bo`ladi? Rustambekning
42. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida qabristonga bolani emizish uchun ketayotgan baytalni nechta yilqichi kuzatadi? 30 ta
43. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “Es berganga dast berar, Dast berganga es berar” degan maqol kimga nisbatan ishlatilgan? Rustambekka
44.“Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida qabristonda Go`ro`g`liga hamla qilgan sherni kim tarsaki bilan urib o`ldirib qo`yadi? Hazrat Hizr
45. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Rustambek qabristonga nimalar olib boradi? Uch oshiq, bir qizil egar, ikkita qo`g`irchoq, bir-iki ro`mol, va soqqa
46. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Go`ro`g`lining necha yoshida tushiga harat Hizr kirib sening yurting Yovmut shahrida shu yerga ket dey maslahat beradi? O`n yetti yoshida
47.“Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida tilga olingan buloq nomi nima? Ko`kbuloq
48. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “shirin so`zli, qizil yuzli, jodu ko`zli, saraton yulduzli, la`l mo`nchoqli, oyday suluv, oftobdan ortiq” deya ta`rif berilgan obraz kim? Rayhon arabning qizi Zaydinoy
49. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Rayxonarabning xotini kim edi? Xoljuvon
50. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida to`qson turli chitdan bo`lgan ko`rpacha yopinib yotgan kim edi? Rayhon arab
51.“Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Xoljuvon Zaydinoyni Yovmut elide kimga mo`ljallagan edi? Ahmadbekka
52. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Zaydinoyni kim o`g`irlaydi? Go`ro`g`li
53. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “Besh kun davron sizniki, besh kun davron bizniki” maqolini kim kimga ishlatgan? Rayhon arab Go`ro`g`liga
54. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Go`ro`g`lining ortidan quvgan Rayhon arab qayerda yetib oladi? Tajan daryosida
55.“Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida she`rlar asosan necha bandli ?to`rt
56. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonini 11 –sinf darsligida kim aytgan? Muhammad Jomurot o`g`li Po`lkan shoir
57. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida kim maslahatlarga quloq solmay, o`ylamay qaror qabul qilinishi natijasida ko`plab insonlarning halok bo`lish taqdirlarning o`zgarib ketishiga sabab bo`ladi? Shohdorxon
58. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Shirvonlik Rayhon arabga qaysi mamlakatlar qarar edi? Iroq va Arabiston
59. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Rustam kelbatli, pahlavon, qo`rqmas va jasur , o`ziga ishongan podsho kim ? Rayhon arab
60. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Rayhon arab kimni olib qochgan edi? Ahmadbekning xotini Xoljuvonni
61. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “kur” so`zning ma`nosi nima? Alp, botir, mard
62. XI asrda yirik madaniyat markazlarini sanang. Buxoro, Samarqand, Shoh, Qashg`ar
63. Mahmud Qoshg`ariy qayerda tavallud topdi? Bolosog`un
64. Afrosiyobning o`g`lining ismi nima? Borsg`on
65. Mahmud Qoshg`ariyning qoshg`ardagi ilk ustozi kim? Husayn xalifa
66. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida qaysi tildagi so`zlarni qaysi tilde ma`nosini izhlab beradi? Turkiy so`zlarni arab tilida izohlaydi
67. Mumtoz adabiyotimizda misralari nisbatan uzoq bo`lgan she`r turi qanday atalgan? Rajaz
68.Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asariga necha yil materiallar yig`ilgan? 10-15 yil
69. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asari kimga bag`ishlangan? Abulqosim Abdulloh ibn Muqtadoga
70. Mahmud Qoshg`ariy Arab tili bilan ikki uloqchi otdek teng poyga qilib , o`zib borayotgan til deb qaysi tilni aytadi? turkiy til
71. 11-sinfdarsligida berilgan Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asari kimning nashridan olingan? Q. Sodiqov
72. “Oltin qon” rivoyati qaysi asarda berilgan? Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida
73. “Al er To`nga” marsiyasi qaysi asarda berilgan? Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida
74. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida adabiyotshunoslikka oid atamalardan qaysilari keltirilgan? Hikmatli so`zlar, saj`lar, maqollar, rajazlar, nasriy parchalar
75. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida keltirilgan “yir” so`zning ma`nosi nima? Kuy, maqom
76. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida keltirilgan “ qo`shiq” so`zning ma`nosi nima? She`r, qasida, qo`shiq
77. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida asosiy she`riy shakllar necha bandlikda berilgan? To`rtliklarda
78. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarining “Erdi ashin taturg`an” she`rida qanday mavzu yoritilgan? Marhumning boshqa kishilar bilan munosabati
79. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida lirik qo`shiqlarda asosan qaysi jonivor to’g’risida gap ketadi? Otlar
80. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida “Iqalichim elik bo`ldi” nima degani? Sho`x , o`ynoqo otim chopqir bo`ldi
81. Qanday janr tortishuv bax-munozara asosiga qurilgan bo`ladi? Munozara
82. Munozara qanday uslubda yaratilishi mumkin? Nasriy va she`riy
83. 1. Bang va chog`ir, 2- O`q va Yoy qaysi adiblarning munozara asari hisoblanadi? 1- Yusuf Amiriy , 2- Yaqiniy
84. Boz va Bulbul, Gul va Daf , Binafsha va Chang munozaralari qaysi adibga tegishli? Nishotiy
85. Adabiyotimizdagi eng qadimgi munozara kimning qaysi asari qaysi? Qoshg`ariyning “Qish va Bahor” asari
86. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida “Qish yayg`uri savlanur” nima degani? Qish Bahorga qarab maqtanyapti
87. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida berilgan xalq og`zaki ijodi necha satrlik shaklda berilgan? Ikki va to`rt
88. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida to`rtliklarning qofiyalanishi qanday shaklda? a-a-a-b va a-b-a-b hamda a-a-a-a shaklda
89. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida “Alp er To`nga” marsiyasi va “Qish va Bahor” munozarasi qanday janrda qofiyalangan? Murabba`
90. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida qanday vaznlar ishlatilgan ? barmoq va aruz
91. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida yo`lbars kabi kuchlik deb ta`rif berilgan kim? Alp er To`nga
92. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida Alp er To`nganing ikki o`g`li va qizining nomini toping. Barsman, Barsg`an va Qaz
93. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida “Qavzin” joyining nomi qayerdan kelib hiqqan va ma`nosi nima? Go`z oy`naydigan joy
94. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida keltirilgan mis shahri qayer? Yankand (yana bir nomi-Dizro`yin
95. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida Afrosiyobning qizining eri Siyovush o`ldirilgan joy qanday atalgan? Yankand (yana bir nomi-Dizro`yin
96. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida keltirilgan “Alp er To`nga” marsiyasida 1-esiz, 2- ajun, 3- o`dlak so`zlarining ma`nosi nima? 1- yomon, 2- olam, 3- vaqt, zamon
97.Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida keltirilgan “Alp er To`nga” marisiyasi bo`gi`nlar miqdori hamda turoqlarini toping . 4+3=7
98. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida keltirilgan “Ardam boshi til” maqolining ma`nosini toping. San`at , fazilatning boshi-til
99. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida keltirilgan “Qut belgisi –bilik” maqolining ma`nosi nima? Bilim baxt belgisi
100. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida keltirilgan “Kok ko`rdi, keragu yazti” maqolining ma`nosi nima? Mehnat va mashaqqatni ko`rdi-yu, o`tovini orqasiga yuklab oldi
101. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida keltirilgan “Uma kelsa, qut kelur” maqolining ma`nosi nima? Mehmon kelsa , qut keladi



Download 52.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling