11, 12 – Ma’ruza Mavzu : Mexanik kattaliklarni o’lchashning asosiy qurilmalari Reja


Datchikning o’zgartirish funktsiyasi


Download 423.76 Kb.
bet3/9
Sana24.03.2023
Hajmi423.76 Kb.
#1291621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-12 Maruza

Datchikning o’zgartirish funktsiyasi – bu kirish parametrlari qiymatini chiqish signallari qiymatiga mutanosibligidir. Yoki bu xususiyat datchikning statik tavsifnomasi deyiladi, ya`ni - chiqish kattaligini kirish kattaligiga bog’liqligi
Kirish parametrlari qiymati va chiqish signallari qiymatlari mutanosibligi jadval ko’rinishida yoki grafik ko’rinishda yoki analitik usulda (formulalar ko’rinishida) beriladi (20.1-rasm).



20.1-rasm. Datchiklarning statik tavsifnomalari.

Statik tavsifnomasi chiziqli datchiklar (20.1-rasm, a) uchun sezgirlik koeffityenti o’zgarmaydi.


Statik tavsifnomasi nochiziqli datchiklar uchun sezgirlik koeffitsiyenti har hil nuqtalarda (20.1-rasm, b) har hil bo’ladi va bu kattatik differensial sezgirlik deyiladi. Uni aniqlash uchun quyidagi formula qo’llanadi:


Kc=dy/dx=∆U/∆X


Datchikning sezgirligi - bu kirish parametrining qiymati bir birlikka o’zgarganda chiqish signali qanchaga o’zgarishini ko’rsatuvchi qiymat. Masalan termopara uchun sezgirlik birligi mV/K. Ya’ni harorat bir gradus Kelvinga o’zgarganda chiqish signali bir millivoltga o’zgaradi. Rostlanuvchi elektromotor uchun sezgirlik birligi c-1/V. Ya’ni bir vol’t kuchlanish berilganda electromotor sekundiga nechi marta aylanadi.
Datchikning o’lchash imkoniyati – bu datchikning o’lchash chegarasidir (diapazon). O’lchashning quyi va yuqori chegaralari mavjud. Masalan DT9205A multimetri o’zgaruvchan tokni 20 mA – 20A (mA – milliamper, A - amper) chegaralarda aniq o’lchaydi. Agar tok chegaradan chiqib ketsa multimetr noto’g’ri chiqish signali berishi mumkin. Yuqori chegaradan o’tsa u ishdan chiqishi ham mumkin.
Datchikning aniqliligi – bu datchik necha foiz aniqlikda ishlay olishini
Datchikning absolyut xatoligi - datchikning chiqish signalining haqiqiy U1 va uning hisoblangan U2 qiymatlarning farqi, ya’ni
U = Ul- U2

Download 423.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling