11, 12 – Ma’ruza Mavzu : Mexanik kattaliklarni o’lchashning asosiy qurilmalari Reja


Download 423.76 Kb.
bet5/9
Sana24.03.2023
Hajmi423.76 Kb.
#1291621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-12 Maruza

2.1.Potensiometrik datchiklar

Mexatronik tizimlarda potentsiometrik datchiklar qo`llaniladi.


Bunday turdagi datchiklarning ish prinsipi nazorat qilinayotgan kattalikning ta’sirida uning aktiv qarshiligi o’zgarilishiga asoslangan bo’ladi.
Potensiometrik datchiklarda nazorat qilinayotgan harakat sezgir elementga uzatilib uning qarshiligi hisobiga o’zgaruvchan yoki o’zgarmas kuchlanishga aylantiriladi.
Potensiometrning harakatlanuvchi kontakti nazorat qilinayotgan harakatga bog’langan bo’lib, ob’ektning holati o’zgarilganda uning qarshiligi va ikkilamchi asbobdagi ko’rsatgich o’zgaradi. Ikkilamchi asbob esa nazorat qilinayotgan parametrlar birligida darajalangan. Kuchlanishning tebranishlarini ta’sirini yo’qotish maqsadida stabillashgan manbalardan foydalanish tavsiflanadi.
Potentsiometrik datchiklar chiziqli va burchakli siljishlarni elektr signalga o`zgartirish uchun, hamda avtomatik qurilmalarda oddiy funktsional bog’liqlarni aks ettirish uchun mo`ljallangan.
U kuchlanish manbasi bo`lgan o`zgaruvchan rezistor shaklida ishlangan bo`lib, uning kirish kattaligi bo`lib tokli kontaktning chiziqli yoki burchak siljishi xizmat qiladi, chiqish kattaligi bo`lib kontaktning holati o`zgarishi miqdori bo`yicha o`zgaradigan shu kontakt kuchlanishi xizmat qiladi.
Manba kuchlanishi reostatning barcha cho`lg’amiga ushbu cho`lg’amning qo`zg’almas chiqish kontaklari orqali beriladi. Uning ichida bitta qo`zg’aluvchan kontakt bor. Chiqish kuchlanishi ushbu qo`zg’aluvchan va reostatning bitta qo`zg’almas kontaklari orasidan olinadi. Bu kuchlanish qo`zg’aluvchan kontakning harakatiga proportsional bo`ladi. elektrtexnika bunday ulanish potentsiometrik sxema deyiladi.
REOSTAT (yun. rheos — oqim va statos — qoʻzgʻalmas) — elektr zanjiridagi tok yoki kuchlanishni rostlab turadigan qurilma. Asosan, faol qarshilikdan iborat; qarshilikni ravon yoki pogʻonali oʻzgartirish mumkin. Vazifasiga koʻra, Reostat ishga tushirish, ishga tushirishrostlash, rostlash va nagruzka, qarshilik; materialiga koʻra, metall, lampali, suyuqlikli va koʻmirli xillarga boʻlinadi.


Download 423.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling