11, 12 – Ma’ruza Mavzu : Mexanik kattaliklarni o’lchashning asosiy qurilmalari Reja
Download 423.76 Kb.
|
11-12 Maruza
Datchikning nisbiy xatoligi
Y= (∆U / Ul) ∙100% Datchikning dinamik tavsifnomasi - chiqish signalining vaqt mobaynida o’zgarilishini xarakterlaydi. DATChIKLAR VA ULAR NAZORAT QILADIGAN KATTALIKLAR 3. Mexatronikada ishlatiladigan holat va tezlik datchiklari Holat va siljish datchiklari mexatronikada juda ham ko`p ishlatiladigan axborot qurilmalari hisoblanadi. Ular mexatronika tizimlarida elektron va mexanik qismlarini bog’lovchi muhim zveno hisoblanadi. Datchiklarni tanlashda quyidagi kriteriyalarga e`tibor qaratiladi: sezgirlik; aniqlilik; chiziqlilik; jarayonni o`lchash tezligi; ishlatish sharoiti va himoya darajasi; ishonchlilik; gabarit o`lchamlar; narx-navosi. Holat datchiklarini o`lchashning ikkita usuli mavjud. Birinchi usulda datchik harakatchan ob`ekt bilan bog’liq biror bir qismining holat funktsiyasi bo`lgan signal ishlab chiqadi, bu signal o`zgarishi siljishni o`lchaydi. Bunday holat datchiklari absolyut datchiklar deyiladi. Bularga quyidagilar kiradi: Potentsiometrik datchiklar; Induktiv datchiklar; Sig’imli datchiklar Ikkinchi usulda datchik har bir elementar siljishda birlik impuls hosil qiladi, holat esa harakat yo`nalishiga qarab impulslar yig’indini hisoblash natijasida aniqlanadi. Bunday datchiklar nisbiy datchiklar deyiladi. Bularga quyidagi datchiklar kiradi: Fotoelektrik (optoelektron) impulsli holat datchiklari kiradi. Absolyut datchiklarga nisbatan ularning afzalligi: oddiy va narxi arzon. Kamchiligi esa: davriy kalibrovkalash va keyingi mikroprotsessorli qayta ishlash kerakligi Datchiklar kontaktli va kontaktsizlarga bo`linadi. Kontaktsiz datchiklarda harakatchan ob`ekt va datchik o`rtasidagi aloqa magnitli va elektromagnitli va elektrostatik maydonlar yordamida, hamda optoelektron usulda amalda oshiriladi. Birinchi ma`ruzada aytib o`tganimizdek, datchiklar konstruktsiyasi ularni mexanik tizimda joylashtirish imkonini berishi kerak, demak konstruktsiyasi kam joy egallashi kerak, shovqinga himoyasi bo`lishi kerak, ya`ni elektrmagnit ta`sirlar, tarmoqda kuchlanishning o`zgarishi bo`lganda, hamda mexanik ta`sirlar (zarba, silkinish) bo`lganda, atrof muhit o`zgarishiga himoyasi kuchli bo`lishi kerak. Texnikaning turli sohalarida analogli holat datchiklari ishlatiladi. Download 423.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling