Mexatronikada ishlatiladigan holat datchiklari


Download 320.78 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi320.78 Kb.
#1382865
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma`ruza №2 MEXATRONIKADA ISHLATILADIGAN HOLAT DATCHIKLARI


MEXATRONIKADA ISHLATILADIGAN HOLAT DATCHIKLARI


Reja:

  1. Mexatronikada ishlatiladigan holat datchiklari haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Potensiometrik datchiklar.

  3. Induktiv datchiklari.

  4. Sig‘im datchiklari.



1. Mexatronikada ishlatiladigan holat va tezlik datchiklari haqida umumiy ma’lumotlar
Holat datchiklari mexatronikada juda ham ko‘p ishlatiladigan axborot qurilmalari hisoblanadi. Ular mexatronika tizimlarida elektron va mexanik qismlarini bog‘lovchi muhim zveno hisoblanadi.
Datchiklarni tanlashda quyidagi kriteriyalarga e’tibor qaratiladi: sezgirlik; aniqlilik; chiziqlilik; jarayonni o‘lchash tezligi; ishlatish sharoiti va himoya darajasi; ishonchlilik; gabarit o‘lchamlar; narx-navosi.
Holat datchiklarini o‘lchashning ikkita usuli mavjud.
Birinchi usulda datchik harakatchan ob’ekt bilan bog‘liq biror bir qismining holat funksiyasi bo‘lgan signal ishlab chiqadi, bu signal o‘zgarishi siljishni o‘lchaydi.
Bunday holat datchiklari absolyut datchiklar deyiladi.
Bularga quyidagilar kiradi:

  • Potentsiometrik datchiklar;

  • Induktiv datchiklar;

  • Sig‘imli datchiklar

Ikkinchi usulda datchik har bir elementar siljishda birlik impuls hosil qiladi, holat esa harakat yo‘nalishiga qarab impulslar yig‘indini hisoblash natijasida aniqlanadi.
Bunday datchiklar nisbiy datchiklar deyiladi. Nisbiy datchiklarga fotoelektrik (optoelektron) impulsli holat datchiklari kiradi.
Absolyut datchiklarga nisbatan ularning afzalligi: oddiy va narxi arzon. Kamchiligi esa: davriy kalibrovkalash va keyingi mikroprotsessorli qayta ishlash kerakligi
Datchiklar kontaktli va kontaktsizlarga bo‘linadi.
Kontaktsiz datchiklarda harakatchan ob’ekt va datchik o‘rtasidagi aloqa magnitli va elektromagnitli va elektrostatik maydonlar yordamida, hamda optoelektron usulda amalda oshiriladi. Datchiklar konstruksiyasi ularni mexanik tizimda joylashtirish imkonini berishi kerak. Demak, konstruksiyasi kam joy egallashi kerak, shovqinga himoyasi bo‘lishi kerak, ya’ni elektromagnit ta’sirlar, tarmoqda kuchlanishning o‘zgarishi bo‘lganda, hamda mexanik ta’sirlar (zarba, silkinish) bo‘lganda, atrof muhit o‘zgarishiga himoyasi kuchli bo‘lishi kerak. Texnikaning turli sohalarida analogli holat datchiklari ishlatiladi.



  1. Potensiometrik datchiklar

Mexatronik tizimlarda potensiometrik datchiklar qo‘llaniladi.
Bunday turdagi datchiklarning ish prinsipi nazorat qilinayotgan kattalikning ta’sirida uning aktiv qarshiligi o‘zgarilishiga asoslangan bo‘ladi.
Potensiometrik datchiklarda nazorat qilinayotgan harakat sezgir elementga uzatilib uning qarshiligi hisobiga o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishga aylantiriladi.
Potensiometrning harakatlanuvchi kontakti nazorat qilinayotgan harakatga bog‘langan bo‘lib, ob’ektning holati o‘zgarilganda uning qarshiligi va ikkilamchi asbobdagi ko‘rsatgich o‘zgaradi. Ikkilamchi asbob esa nazorat qilinayotgan parametrlar birligida darajalangan. Kuchlanishning tebranishlarini ta’sirini yo‘qotish maqsadida stabillashgan manbalardan foydalanish tavsiflanadi.
Potensiometrik datchiklar chiziqli va burchakli siljishlarni elektr signalga o‘zgartirish uchun, hamda avtomatik qurilmalarda oddiy funksional bog‘liqlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. U kuchlanish manbasi bo‘lgan o‘zgaruvchan rezistor shaklida ishlangan bo‘lib, uning kirish kattaligi bo‘lib tokli kontaktning chiziqli yoki burchak siljishi xizmat qiladi, chiqish kattaligi bo‘lib kontaktning holati o‘zgarishi miqdori bo‘yicha o‘zgaradigan shu kontakt kuchlanishi xizmat qiladi.
Manba kuchlanishi reostatning barcha cho‘lg‘amiga ushbu cho‘lg‘amning qo‘zg‘almas chiqish kontaklari orqali beriladi. Uning ichida bitta qo‘zg‘aluvchan kontakt bor. Chiqish kuchlanishi ushbu qo‘zg‘aluvchan va reostatning bitta qo‘zg‘almas kontaklari orasidan olinadi. Bu kuchlanish qo‘zg‘aluvchan kontakning harakatiga proporsional bo‘ladi. elektrotexnika bunday ulanish potensiometrik sxema deyiladi.


Download 320.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling