Mexatronikada ishlatiladigan holat datchiklari


-rasm. Induktiv viklyuchatel


Download 320.78 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi320.78 Kb.
#1382865
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma`ruza №2 MEXATRONIKADA ISHLATILADIGAN HOLAT DATCHIKLARI

14.7-rasm. Induktiv viklyuchatel.


Induktiv viklyuchatellar quyidagi asosiy qismlardan tarkib topgan:
1-Generator: ob’ekt bilan elektrmagnit maydon ta’sirini yaratadi;
2-Demodulyator: yuqori chastotali modullangan tebranishlardan kerakli axborotlarni ajratadi;
3-Shmitt triggeri: o‘chirish/yoqish o‘tishida gisterezisni ta’minlaydi
4-Kuchaytirgich: signal amplitudasini kerakli qiymatgacha kuchaytirib beradi
5-korpus datchikni o‘rnatish va mexanik ta’sirlardan homoyalash uchun kerak.










14.8-rasm. Induktiv datchiklarning turli konstruksiyalari.



  1. Sig‘im datchiklari

Sig‘im datchiklari – parametrik tipidagi o‘zgartirgich bo‘lib, unda o‘lchanayotgan kattalik qiymati kondensator sig‘imi o‘zgarishiga o‘zgartiriladi. Siljish sig‘imli datchiklar. Bu datchiklar ishlash prinsipi asosida kondensator sig‘imi bilan uning geometrik konfiguratsiyasi orasidagi bog‘liqlik yotadi. Oddiy sharoitda tashqi fizik kuch ta’siri ostida plastinalar orasidagi oraliqning o‘zgarishi haqida boradi (14.9-rasm). Kondensator sig‘imi plastinalar orasidagi oradiq miqdoriga nisbatan teskari proportsional ravishda o‘zgarishini hisobga olib plastinalar orasidagi oraliqqa qarab sig‘imni aniqlash mumkin (boshqa parametrlar aniq bo‘lganda). Sig‘imning o‘zgarishini har xil usullar bilan qayd qilish mumkin (masalan, uning impedansini o‘lchash bilan). Ammo hamma hollarda kondensatorni elektr zanjirga ulash kerak bo‘ladi.



14.9-rasm. Oraliq miqdori o‘zgaruvchi chiziqli siljish sig‘imli datchigi.

Boshqa bir sxema, chiqish parametri elektrik sig‘im bo‘lgan sxemada harakatchan dielektrik mavjud (14.10-rasm). Dielektrik plastinani kondensator qisqichlari orasidan siljishi kondensator sig‘imi o‘zgarishiga olib keladi. Bu dielektrik plastina nazorat qilanayotgan ob’ekt bilan mexanik bog‘langan bo‘ladi. Agar nazorat qilinadigan ob’ektning o‘zi dielektrik bo‘lsa, unda ushbu ob’ekt bevosita plastina sifatida ishlatiladi.








Download 320.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling