Mexatronikada ishlatiladigan holat datchiklari


-rasm. Prinsipial elektr sxemalarda normal ochiq kontaktning belgilanishi


Download 320.78 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi320.78 Kb.
#1382865
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma`ruza №2 MEXATRONIKADA ISHLATILADIGAN HOLAT DATCHIKLARI

14.5-rasm. Prinsipial elektr sxemalarda normal ochiq kontaktning belgilanishi.

Masalan, knopka uchun passiv holat – knopka bosilmagan, aktiv holat-knopka bosilgan, rele uchun passiv holat – o‘ramga tok bo‘lmagan holat, aktiv holat – o‘ramda tok berilgan holat. Normal ochiq kontaktda passiv holatda sxema ochiq, aktiv holatda – sxema yopiladi.


Normal yopiq kontakt (ingl. N.C., Normal Closed) – ikkita nosimmetrik holatda ega bo‘lgan elektr qurilmalari (knopka, rele va boshqalar) holatini xarakterlovchi termin. Bitta holat – ishchi, ikkinchisi – ishchi holatda bo‘lmagan.
Masalan, knopka uchun ishchi holat – bosilgan holat, ishchi bo‘lmagan holat – knopka bosilmagan holat.

14.6-rasm. Prinsipial elektr sxemalarda normal yopiq kontaktning belgilanishi.


Bunday kontakt xavfsizlik nuqtai-nazaridan ishlatilgan. Masalan, jihozni ishga tushirish-to‘xtatish knopkasi uchun normal yopiq kontakt ishlatiladi. Bunda knopka bosilmaganda kontakt orqali elektr toki o‘tadi va jihoz ishlash holatida bo‘ladi. Knopka bosilganda tok o‘tishi yopiladi va jihoz ishdan to‘xtatiladi. Bunday holatda normal ochiq kontakt qo‘llanilganda knopka ishi ishonchli bo‘lmaydi, chunki tok o‘tayotgan o‘tkazgichni ochganda elektr zanjirni ishlatib bo‘lmaydi, bu esa garantiyali jihozni ishdan to‘htatishini ta’minlay olmaydi.
Induktiv kontaktsiz datchikning ishlash prinsipi datchik ichida joylashgan induktivlik katushkasi hosil qiladigan magnit maydoni parametrlarini o‘zgarishiga asoslangan.
Induktiv katushkasi – uning induktivligidan foydalanish uchun mo‘ljallangan elektr zanjiri elementidir.
Induktivlik (yoki o‘zinduktsiya koeffitsienti) – yopiq konturda oqayotgan elektr toki va kontur yuza qismi orqali elektr toki tomonidan hosil qilingan to‘liq magnit maydoni orasidagi proporsionalnik koeffitsientidir.
Induktivlik jismning mexanik inertsiyasiga monand elektr inertsiyasi hisoblanadi. O‘tkazgichning o‘zkazgichda tokning paydo bo‘lishi, yo‘qolishiga va o‘zgarishiga qarshilik qilish xususiyati belgilaydi.
Formulasi:
Ψ = L I
Ψmagnit maydoni oqimi, I konturdagi tok kuchi, L — induktivlik.

Induktiv datchiklarning ishlash prinsipi datchikning avtik zonasiga ma’lum o‘lchamga ega bo‘lgan metall, magnit, ferro-magnit yoki amorf materialni kiritilganda generatorning tebranish amplitudalarini o‘zgarishiga asoslangan. Yakuniy viklyuchatelning sezgir yuzasiga tok berilganda o‘zgaruvchan magnit maydoni paydo bo‘ladi. U kiriltilgan materialda to‘lqinli tok hosil qiladi. Bu tok generatordagi tebranishlar amplitudasi o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Natijada nazorat qilinayotgan jism va datchik orasidagi masofa o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan analogli chiqish signali ishlab chiqiladi.




Download 320.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling