Mexatronikada ishlatiladigan holat datchiklari


-rasm. Potensiometrik datchik elektrik sxemasi


Download 320.78 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi320.78 Kb.
#1382865
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma`ruza №2 MEXATRONIKADA ISHLATILADIGAN HOLAT DATCHIKLARI

14.1-rasm. Potensiometrik datchik elektrik sxemasi.

Konstruktiv potensiometrik datchik karkas 1 dan iborat. Bu karkasga mayin simdan iborat bir qatlam cho‘lg‘am 2 o‘ralgan. O‘ram cho‘lg‘amlari bo‘ylab dvijok (shyotka) 3 yuradi. Bu dvijok o‘lchanishi kerak bo‘lgan ob’ekt bilan mexanik bog‘langan. O‘ram izolyatsiyalangan simdan o‘ralgan, dvijok yuradigan joyi esa oldindan izolyatsiyadan tozalangan.





14.2-rasm. Potensiometrik datchikning konstruktiv tuzilishi.

Potensiometrik datchiklarning asosiy afzalliklari: katta aniqlik va o‘zgartirish funksiyasining barqarorligi, o‘tish qarshilining kichik miqdori, xususiy shovqinning past darajasi, karshilik koeffitsientining kichikligi.


Asosiy kamchiliklari: o‘zgaruvchan tok ishlatilganda chegaralangan imkoniyatlari, datchik ishchi tsiklini chegaralovchi harakatchan kontaktning borligi.









14.3-rasm. Potensiometrik datchikning ishlash prinsipini ko‘rsatuvchi sxema.
14.4-rasm. Potensiometrik datchiklarning turli konstruksiyalari.

  1. Induktiv datchiklari

Induktiv datchik – kontaktsiz datchik, metalldan ishlangan ob’ektlarni holatini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan (boshqa materiallarga sezgir emas).
Induktiv datchiklar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarida keng qo‘llaniladi. Normal ochiq va normal yopiq kontakt shaklida yasaladi.
Normal yopiq kontakt (ingl. N.O.  normal open)qurilmaning shunday shakliki, bunda passiv holatda ochiq kontakt, aktiv holatda yopiq kontakt bo‘ladi.





Download 320.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling