11-6 ing 20-guruh talabasi ning


HAYOTGA MUHABBAT HIKOYASINING BADIIY GʻOYASI VA MAQSADI


Download 44.69 Kb.
bet4/6
Sana26.06.2023
Hajmi44.69 Kb.
#1655531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AAA

HAYOTGA MUHABBAT HIKOYASINING BADIIY GʻOYASI VA MAQSADI
Jek London ,, Hayotga muhabbat '' hikoyasida insonni tabiat kuchlari bilan yonma-yon, unga basma-bas tarzda tasvirlaydi. Insonning kurashuvchanligi va umidiga urgʻu beradi. Hikoya qahramonining hayotga boʻlgan muhabbati oʻlim ustidan gʻalaba qozonadi. Hikoya o’ziga xos syujet qurilishiga ega. Boshida yo’lga chiqqan, aniqrog’i yo’lidan iziga qaytayotgan ikki yo’lovchining holatitasvirlanadi. Ulardan biri-Bill oyog’I cho’loqlanib qolgan sherigini tashlab ketadi. Shundan keyin bepoyon kengliklarda bittagina qahramonning o‘zi qoladi. Odatda, Jek London asarlarida oltin izlovchilar, oltinni kiritish yo’lida turli mashaqqat duch kelgan insonlar taqdiridan hikoya qiladi. ‘‘Hayotga muhabbat’’ hikoyasining ikki qahramoni hamkerak manzilga yetib borib, xaltalariga
keraklicha-o‘zlari ko‘tarishga kuchi yetguncha oltin solib olgan. Shu ikki 
insonoltin bilan sinaladi. Hikoya mazmunida inson uchun bu olamda oltindan 
ko‘ra muhimroq narsa,ya’ni tirik qolish, halovatda yashash yo‘lida tinimsiz
intilish muhimligiga doir fikrlar mujassam topgan.
O’zi istamagan holda Billdan ajralib qolgan yo’lovchi olib kelayotgan zil-zambildek oltinlardan avval yarmini, keying safar hammasini tashlab yuboradi. Kimsasiz joyda yeyishga bir burda noni, yordamga cho‘ziladigan birorta qo‘l bo‘lmagan odam uchun oltinning aslo qadr-qiymati yo‘q. Och qolgan va hayot uchun kurashayotgan kimsaga oltin foyda bermaydi.Yo’lovchi bir manzilga yetganida uni tashlab ketgan sherigi billning oltin solingan xaltasi va bo’rilar ship-shiydam qilib tozalagan suyaklariga duch keladi. Hamrohini yolg’iz tashlab ketgan, oltinga muhabbat qo’ygan odamni qanday qanday ayanchli oqibatlar kutib turganini kitobxon ko’rib, to’g’rilik, sadoqat, insof kabi bebaho insoniy tuyg’ular ustida mulohaza yuritadi. Yozuvchi tiriklik qadriga urg‘u berish uchun ‘‘ o‘lim changaliga tushib qolgan’’ qahramonini turli to‘siqlarga ro‘baro‘
qiladi; kimsasiz sahro, suv,ko’lmak, ayiq, bo’ri - bular yo’lovchigahayotga
muhabbatini oshirish uchun vosita vazifasini bajaradi. Yo’lovchi yo‘lida davom etib, to’siqlarga duch kelganida siz ham o‘zingizni go’yoki u bilan birga his etasiz.
Gohida esa bahaybat targ’il ayiq qarshisida turgandek kalovlanasiz; yo’lovchining taxir, nordon botqoq mevalarini yebafti burishgani ham beixtiyor sizga ta’sir ko’rsatadi. Bu esa jahon adabiyotining betakror adibi Jek Londonning o’ziga xos qalam tebratish uslubidan darak beradi.
‘‘U juda charchagan, lekin sira o‘lgisi kelmas edi. Shuning uchun ham u chalchiqzordan meva terib yer, tanga baliq ovlar, suv qaynatib ichar va olazarak bo‘lib kasal bo‘rini kuzatar edi ’’. U o’z yo’lida davom etar ekan, butun o’y-xayoli tirik qolish bilan band Hayoti so’nib borayotgan , tinimsiz aksa urib, yo’talayotgan kasal bo’ri, odamga ergashib yuribti. Kasal bo‘rining quvvati
ketgan, hujum qilishga madori yo’q. Bo‘ri odamning harakatsiz qolishini,
o‘limini kutadi.
Adib o’quvchiga o‘lim va hayot chegarasida yurgan odam bilan bo‘rini
qiyoslashga imkon beradi. Odam bo’rini, bo’ri esa odamni yeyishga tayyor. Biroq har ikkovida ham mador yo’q. Odamda esa yashashga umid bor. Shuning uchun uncha uzoq bo’lmagan masofadan ko’ziga ko’rinib turgan dengiz va undagi kemaga yetib olish uchun harakat qiladi.bir mahal ko’zi ilinga och, kasal bo’ri tishlarini uning qo‘liga botira boshlaydi.Odam bo’rining jag’iga yopishadi, kuchi yetmasligini bilgach,u tishi bilan bo’rining tomog’iga yopishadi. Odam g’olib keladi. Hikoya tugashida ,,g’alati maxluq’’ni kitovlochi ilmiy ekspeditsiya a’zolari o’limdan qutqargani bayon etiladi.
Siz hikoya qahramonining o‘limdan qutulgani uchun mamnun bo‘lasiz; kemadagilarga o‘z boshidan o‘tganlarini so‘zlab bergan, pokiza taomdek 
ne’mat qadrinibilgan bukimsaning kelgusida saodatli hayot kechirishiga ishona-siz. Jek Londonning mahorati shundaki, hikoyadagi harakatlanayotgan qahramon tegrasidagi har bir narsa-predmetni , jonli va jonsiz narsalarni yemish uchun turlu o’simlik mayda baliqchalar va hasharotlarni ta’tib ko’rayotgan odam holini juda real-aniq tasvirlaydi. Har kim o’zini ushbu hikoya qahramoni o’rniga qo’yib ko’rishi tabiiy. Shu ma’noda Jek London asari o’quvchida tinch-xotirjam hayot to’g’risida o’ylantiradi; ko’nglida ezgu hislar kuchayishiga yordam beradi. 9
Aziz o’quvchi, bu hikoya sizda katta taasurot uyg’otishi tabiiy. Hikoya sizda alloh bergan ne’matlarga nisbatan shukronalik , do’stga sodiqlik va eng asosiysi hayotga muhabbat tuyg’ularini orttirsa, yozuvchi muxlislari oldidagi adabiy vazifasini bajargan bo’ladi, albatta.


Download 44.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling