11-amaliy ish Mavzu: Biologiyani o`qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish
Download 30 Kb.
|
1 2
Bog'liq11-Amali BTLI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyiha mavzusi
- Ijodiy xarakterdagi loyihalar
Loyiha mavzusi: O’simlik yaxlit organizm.
Loyihaning maqsadi: o’simlik organlarining tuzilishi va funktsiyasini hisobga olgan holda uning yaxlit organizm ekanligini isbotlash. Loyihaning mazmuni: o’simliklarning vegetativ va generativ organlarining tuzilishi va funksiyasini qayd etgan holda o’simlik yaxlit organizm ekanligini isbotlang. O’simlik organlari o’rtasidagi bog’lanishlar aks etgan jadvalni tuzing va shu asosda fikrlaringizni dalillang. Jumladan, «Qizil lola» jamoasining monitoringini tuzish» mavzusidagi loyiha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashda, ayniqsa, qo’l keladi. Loyiha mavzusi: Qizil lola jamoasi monitoringini tuzish. Loyiha maqsadi: qizil lola jamoasining hozirgi tarkibi, uning kelgusidagi o’zgarishi va ularni saqlab qolish chora-tadbirlarini belgilash. Loyihada foydalaniladigan metodlar: kuzatish, matematik statistika, eksperiment, tajribalar o’tkazish, umumlashtirish va rasmiylashtirish. Topshiriqning mazmuni: Agar qizil lola o’sadigan maydonning 100 metr2 da 100 ta lola uchrasa, shu maydondagi lolalarning soni 10 yil davomida qanday o’zgarishini yillar bo’yicha hisoblab toping. Mazkur o’zgarishlarni grafik shaklda tasvirlang. Eslatma: qizil lola ko’sakchasida 6 ta urug’ etilib, urug’dan chiqqan nihol 9-10 yilda gullaydi. Har bir tup lolada bir yilda 4 ta piyozcha hosil bo’lib, undan ungan nihol 4-5 yilda gullaydi. Lola urug’ining unuvchanligi 75% ni tashkil etadi. Ijodiy xarakterdagi loyihalar. Mazkur loyihani hal etishda qatnashchilardan ijodiy yondashish talab etiladi. Ijodiy loyihalarning tadqiqot xarakteridagi loyihalardan asosiy farqi, ularning mantiqiy strukturasi avvaldan belgilanmaydi, balki loyihaning echimi davomida shakllantiriladi. Ijodiy loyihada qatnashchilarning qiziqishi, motivi, ehtiyojiga ko’ra loyihaning yo’nalishi, olinajak natija belgilanadi. Lekin loyihada ko’zda tutilgan natijani rasmiylashtirish va jihozlashda qat’iy talab qo’yiladi. Biologiya o’qituvchisi ushbu loyihalar turidan darslarda foydalanishi mumkin. Odam va uning salomatligi o’quv kursida «Odamning sutkalik ovqat ratsionida oqsil, yog’, uglevodlar miqdori va ulardan ajralib chiqadigan energiya miqdorini aniqlash» laboratoriya mashg’ulotini kichik guruhlarda tashkil etib, ularga quyidagi topshiriqlar tavsiya etiladi: 1-guruh topshirig’i. O’rta yoshli aqliy va engil jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 2-guruh topshirig’i. O’rta yoshli og’ir jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 3-guruh topshirig’i. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 4-guruh topshirig’i. o’smir yoshdagi o’quvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. Download 30 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling