11-Amaliy ish Portlatishlarda seysmik xavfsiz masofalarni aniqlash


Download 40.74 Kb.
bet2/2
Sana01.04.2023
Hajmi40.74 Kb.
#1314945
1   2
Bog'liq
bpi 11amaliy

N va Q aniqlanishida portlatiladigan guruhni maksimal zaryadi massasidan 3 marta va undan ham kichikroq massali zaryadlarni hisobga olmaslik mumkin.
Agar qо‘riqlanadigan obyektdan chetda joylashgan massali zaryadgacha bо‘lgan masofa 20% dan ortig‘i bilan farqlansa, obyekt seysmik xavfli zonadan tashqarida bо‘ladi, agar quyidagi shart bajarilsa:


. (9)
N aniqlanishida zardlarni miqdori portlatiladigan guruhni maksimal zaryadi massasidan 3 marta va undan ham kichik bо‘lsa, ular hisobga olinmaydi.
Alohida guruhdagi portlatishlar orasidagi fursatlarni 20 ms dan kam qilib zaryadlar guruhlarini portlatishda har bir guruhni umumiy massali alohida zaryad deb qarash zarur. Masofa formulalar (8), (9)bо‘yicha aniqlanadi, bunda N – guruhlar soni.
2.4. Xavfsiz masofalarni aniqlashning 2.1-2.3 bandlarda keltirilgan usullari texnik holati qoniqarli bо‘lgan binolarga taalluqli.
Binolarda (devorlarida yoriqlar va shu kabi) shikastlanishlar mavjud bо‘lsa xavfsiz masofalarni formulalar (5)-(9) bо‘yicha aniqlangan qiymatlari kо‘paytirilishi kerak. Bu kо‘paytirishlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlar xulosalari bо‘yicha о‘rnatiladi. Bunday xulosalar bо‘lmaganda xavfsiz masofalar kamida 2 marta kо‘paytirilishi kerak.
Xavfsiz masofalarni aniqlashning kо‘rsatilgan usullarini noyob xususiyatdagi binolar va qurilishlar (atom elektrostansiyasi binosi, minoralar, baland binolar, ulug‘vor jamoatchilik binolari va shu kabilar) va murakkab muhandislik qurilishlar (kо‘priklar, turli vazifadagi reaktorlar, binolar va shu kabilar) uchun qо‘llash noо‘rin. Bunday obyektlar uchun seysmik xavfsizlik masofalari ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilish bilan yechiladi.
Mazkur Yо‘riqnomani 2 – bо‘limida kо‘zda tutilmagan portlatish shartlari, va katta kо‘lamdagi zaryadlar guruhini seysmik ta’siri yо‘nalishi, takrorlanadigan portlatishlarda binolar shikastlanishlarining mavjudligi, kuchli (1000t va undan katta PM) portlatishlarning seysmik ta’siri xususiyatlarini kabi omillarni ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilgan holda aniqlash zarur.
Download 40.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling