11-Amaliy ish. Stratigrafik ustun tuzish usullarni o‘rganish. Ishning maqsadi


Download 1 Mb.
Sana29.03.2023
Hajmi1 Mb.
#1308528

11-Amaliy ish.
Stratigrafik ustun tuzish usullarni o‘rganish.
Ishning maqsadi: Talabalarga burg’ quduqlari ma’lumotlariga asoslanib joyning stratigrafik tuzishni o’rganish.
Stratigrafiya lotincha stratium ya’ni qatlam degan so’zdan olingan. Stratigrafiya tog’ jinslarining ketma-ket paydo bo’lib, navbatma-navbat tariqasida joylashib ularning o’zaro aloqadorligini o’rganadi va shu qatlamlarning nisbiy yoshini aniqlashga imkon beradi.
Geoxronologiyada geologik vaqtning uzoq oraliq vaqti - 2 ta eon mavjud.
1.Kriptozoy eoni: Katarxey, Arxey va Protyerozoy eralarini o’z ichiga oladi;
2.Fanyerazoy eoni: Paleozoy, Mezozoy va Kaynazoy eralaridan tashkil topgan. Stratigrafiya ustuni - o'rta, yirik ya mukammal geologiya xaritalaridan bir necha yo'nalish bo'yicha tuzilgan kesmalari aniqlangach, qatlamlarning haqiqiy qalinligi grafik usulda tasvirlanadi.
Stratigrafik ustuni tik va to'g'ri burchakli shaklda tuzilib, uning chap tomonidan o'ngga qarab yotqiziqlaming geologik vaqtlari - guruh, sistema, bo'lim, yarns, indeks, tog1 jinslarining shartli belgilari, qalinligi, tog' jinslarining ta'rifi va organizmlar qoldiqlari, fizik xossalari ko'rsatiladi (9-rasm). Shundan keyin ustunda yotish munosabatlariga qarab eng qari tog’ jinslar ostida va yoshlari esa ustida ketma- ket joylashtirilib, har bir bo'linmalaming yoshlariga qarab rangli va shtrixli belgilar bilan tasvirlanadi.
Stratigrafik ustuni masshtabi xaritaning tik ramkasidan oshmasligi kerak. Odatda ustunning umumiy tik uzunligi 40-50 sm qilib olinadi. Stratigrafiya ustunida mos yotgan bo'linmalar to'g'ri chiziq, nomos yotgan bo'linmalar to'lqinsimon qilib belgilanadi.
Stratigrafik bo’linmalarining bir-biriga munosabati tushunarsiz bo'lsa, ular ustunda ikki parallel chiziq bilan chegaralanib, 4 mm oraliq qoldiriladi va ichiga so'roq belgisi qo'yiladi. Agar bo'linmalaming qalinligi juda kichik bo'lgan holda, ular ustunda masshtabsiz tasvirlanadi.
Xarita ramkasidan tashqarida berilgan yozuv, grafika va sxemalar yordamchi elementlar hisoblanadi.
Yirik va mukammal xarita varag'ining chap tomoniga stratigrafik ustuni, o'ng tomoniga shartli belgilar, tagiga esa xarita masshtabida geologik kesimi joylashtiriladi.
Amaliy ishni bajarish tartibi:
Geologik kartada burg’ulangan quduqlaming natijalariga asoslanib, ko’rsatilgan maydonda poleozoy, mezazoy va kaynazoy eralariga mansub bo’lgan tog’ jinslari yotqiziqlari tarqalgan bo’lib ular cho’kindi, magmatik, effuzif va intruziv hamda metamorfik genetik turlardan iborat.
Stratigrafik tuzish uchun berilgan maydonning geologik kartasiga asoslanib quduqdan olingan metamorfik tarkiblami maxsus chizilgan kolonkaga masshtabda geologik yoshi, qatlamning qalinligi, stratigrafik indeksi, tog’ jinslarining qisqacha xususiyati, eralar, davrlar, bo’limlar kiritiladi. Qo’yidagi geologik kartada tabiiy hosil bo’lgan joyning hududda mezazoy, kaynazoy, yotqiziqlari ularning tarqalish hududlari chegaralari, to’rtlamchi Q4 davr yotqiziqlari ularning qatlamlardagi nomutanosibligi ko’chkilar sodir bo’lishi mumkin bo’lgan era relefi, qirqim chizig’i, buloqlar, burg’quduqlari va tartib nomlari daryodagi suv sathi va absalyut balandligi hamda rel’efni ifodalovchi gorizontallar o’tkazilgan bo’lib, shu kartadagi asosiy ko’rsatgichlarga asoslanib kartada sizga berilgan topshiriqni variantingiz bo’yicha qo’yidagi tartibda bajaring kartada trassalarni, qirlarni, suv ayirgich qirralarini, botqoqlikni, soylami, yoshlari bilan farq qiluvchi tog’ jinslari komplekslarini, hamda geologik jarayonlar paydo bo’lishi mumkin bo’lgan joylarni aniqlang. Shundan keyin kartada hosil bo’lgan bir xil jinslar tarqalgan xududlar rayonni ajrating. Daryolami trassasi, uzanni ajrating, vodiyning haqiqiy bortlarini aniqlang, suv bo’Iinadigan maydonlami ajrating, vodiy soylarini va jarlarini aniqlang.
Ajratilgan rayonlami gidrogeologik va gruntlar turlaruni sharoitiga qarab rayonlarga bo’ling. Masalan: xududlami botqoqli hududlarga bo’lsa bo’Iadi.Undan keyin jadvalni kartaga qarab, o’tkazilgan kesimdan, burg’ quduqlari ma’lumotlariga va boshqa kesimlar natijalariga qarab to’ldiring.
Kon maydonining stratigrafik ustuni.
Vertikal mashtab 1:500

Topshiriq – O’qituvchi tomonidan berilgan variantlar bo’yicha stratigrafik ustun tuzish.
Buning uchun:

  1. Burg’ qudug’ima’lumotlari.

  2. Millimetrovkaliqog’oz.

  3. Joyninggeoliogikkartasi.

  4. Rezinka va qalam zarur bo'ladi.

Topshiriq vazifasini bajarish tartibi:
1. Stratigrafik ustun tuzishni o’rganish va ustun tuzish.
Hisobot turi: Mashg'ulot yakunida talabalar tuzilgan stratigrafik ustun bo’yicha hisobot topshiradilar.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling