№11-amaliy mashg'ulot. 4G avlod mobil aloqa tizimlarini tadqiq qilish
G tarmoqning parametrlarini hisoblash
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
11-SA amaliy mashg\'ulot
4G tarmoqning parametrlarini hisoblash Tarmoqning o„tkazish qobiliyati yoki sig„imi ma‟lum sharoitlarda sotaning spektral samaradorligining o„rtacha qiymatlariga asoslanish bilan baholanadi.Mobil aloqa tizimlarining spektral samaradorligi ma‟lumotlarni uzatish tezligini 1 Gs ishlatiladigan chastotalar polosasiga nibati (bit/s/Gs) sifatida hisoblanadigan ko„rsatkich hisoblanadi. Spektral samaradorlik chastotalar resurslaridan foydalanish samaradorligi ko„rsatkichi hisoblanadi, shuningdek berilgan chastotalar polosasida ma‟lumotlarni uzatish tezligi bilan xarakterlanadi. Spektral samaradorlik ma‟lum geografik hududdagi (sotadagi, zonadagi) tarmoqda barcha abonentlarning ma‟lumotlarni uzatish tezliklarini 1 Gs chastotalar polosasiga nisbati (bit/s/Gs/sota) sifatida, shuningdek tarmoqning maksimal o„tkazish qobiliyatini bitta chastotalar kanalining polosasi kengligiga nisbati sifatida hisoblanishi mumkin. Berilganlar turli MIMO konfiguratsiyalari uchun 11.2- jadvalda keltirilgan. 11.2- jadval LTE tarmog„i uchun o„rtacha spektral samaradorlik Variant 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 UL 1×2 1,254 1,154 1,054 1,204 1,284 1,154 1,054 1,204 1,284 1,354 1,454 UL 1×4 1,829 1,729 1,629 1,529 1,429 1,889 1,929 1,829 1,729 1,629 1,529 DL 2×2 2,93 2,23 2,33 2,43 2,53 2,63 2,73 2,83 3,03 3,13 3,23 DL 4×2 3,43 3,93 3,83 3,73 3,63 3,53 3,43 3,33 3,53 3,63 3,73 DL 4×4 4,48 4,58 4,38 4,68 4,28 4,78 4,18 4,98 4,78 4,68 4,58 Δf ∑ , MGs 71 72 73 74 75 70 69 68 67 66 65 Variant 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 UL 1×2 1,254 1,254 1,254 1,254 1,254 1,254 1,254 1,254 1,254 1,254 1,254 UL 1×4 1,429 1,329 1,829 1,429 1,529 1,629 1,729 1,889 1,429 1,529 1,629 DL 2×2 2,93 2,83 2,73 2,63 2,53 2,43 2,33 3,03 3,13 2,83 2,73 DL 4×2 3,93 3,83 3,73 3,63 3,53 3,43 3,33 3,53 3,63 3,73 3,83 DL 4×4 4,48 4,08 4,18 4,28 4,38 4,58 4,68 4,78 4,88 4,98 5,08 Δf ∑ , MGs 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 FDD tizimi uchun 1 ta eNodeB sektorining o„rtacha spektral samaradorligi kanalning kengligini kanalning spektral samaradorligiga to„g„ridan-to„g„ri ko„paytirish yo„li bilan olinishi mumkin: R=S·W, (11.1) bu erda S – o„rtacha spektral samaradorlik (bit/s/Gs); W – kanalning kengligi (MG s); W = 20 MG s. DL liniya uchun: R DL = S · W UL liniya uchun: R UL = S · W R eNodeB bazaviy stansiyaning o„rtacha spektral samaradorligi bitta sektorning o„rtacha qobiliyatini bazaviy stansiya sektorlari soniga ko„paytirish yo„li bilan hisoblanadi. eNodeB sektorlar sonini 3 ga teng olamiz, u holda: R eNodeB = R DL/UL ·3 (11.2) DL liniya uchun: R eNB.DL = R DL · 3 UL liniya uchun: R eNB.UL = R UL · 3 Navbatdagi bosqichda rejalashtirilgan LTE tarmog„ida sotalar sonini aniqlanadi [3,10]. Tarmoqda sotalar soni hisoblash uchun loyihalashtiriladigan LTE tarmog„ini qurish uchun ajratiladigan kanallarning umumiy sonini aniqlash zarur bo„ladi. N K kanallarning umumiy soni quyidagi formula bo„yicha hisoblanadi: N K =(Δf Ʃ /Δf k ) (11.3) bu erda Δf Ʃ – tarmoqning ishlashi uchun ajratilgan chastotalar polosasi; Δf k – bitta radiokanalning chastotalar polosasi; LTE tarmoqlarida radiokanal deganda RB resurslar bloki sifatidagi tushunchaaniqlanadi, u 180 kGs kenglikka ega, Δf k = 180 kGs. Endi bitta sotaning bitta sektorida abonentlarga xizmat ko„rsatish uchun ishlatish zarur bo„ladigan N k.sek kanallar sonini aniqlaymiz: N k.sek = N K / (N KL · M sek ) (11.4) bu erda N K – kanallarning umumiy soni; N kl – eNodeB sektorlarining sonini hisobga olish bilan tanlanadigan klasterning o„lchami, 3ga teng olamiz; M sek – eNodeB sektorlarining soni, 3ga teng olamiz. Endi bitta sotaning bitta sektoridagi N kt . cek trafik kanallarining sonini aniqlaymiz. N kt . cek trafik kanallarining soni quyidagi formula bo„yicha aniqlanadi: N kt. sek =N kt1 ·N k.sek (11.5) bu erda N kt1 – radioulanish standarti orqali aniqlanadigan bitta radiokanaldagi trafik kanallarining soni (OFDMA uchun N kt1 = 1...3), LTE tarmog„i uchun N kt1 = 1 olamiz. 11.6- rasmda grafik ko„rinishida keltirilgan Erlang modeliga muvofiq bitta sota sektoridagi ruxsat etiladigan A sek yuklamani 1%ga teng ruxsat etiladigan bloklanish ehtimolligi qiymati va yuqorida hisoblangan N kt . cek qiymatda aniqlaymiz. 11.6- rasm. Sektordagi ruxsat etiladigan yuklamani trafik kanallari soni va bloklanish ehtmolligiga bog„liqligi Bitta eNodeB orqali xizmat ko„rsatiladigan abonentlar soni quyidagi formula bo„yicha aniqlanadi: N ab.eNodeB = M SEK · (A SEK / A 1 ) (11.6) bu erda A 1 – bitta abonentdan barcha trafik turlari bo„yicha o„rtacha abonentlar yuklamasi. A 1 qiymat (0,04...0,2) Erlni tashkil etishi mumkin. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling