11-amaliy mashgʻulot. Farmoyish hujjatlari va ularning turlari. Hisobot reja


Dalolatnoma quyidagi zaruriy qismlar asosida tuziladi


Download 45.41 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi45.41 Kb.
#1622408
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11~4

Dalolatnoma quyidagi zaruriy qismlar asosida tuziladi:
1. Bosh idora, muassasa va tarkibiy boʻlinma nomi (zarur boʻlsa).
2. Hujjat nomi (Dalolatnoma).
3. Tuzilgan sanasi va joyi.
4. Tartib raqami va tasdiq belgisi.
5. Matn sarlavhasi.
6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrugʻi, yuqori idoraning qarori yoki koʻrsatmasi kabilar).
7. Komissiya tarkibi (raisi va a`zolari).
8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
9. Dalolatnoma matni.
10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi koʻrsatiladi).
11. Dalolatnoma tuzuvchilar va ishtirok etganlarning imzolari.


ISHONCHNOMA. Alohida bir kishi, tashkilot yoki muassasa boshqa bir shaxs, tashkilot yoki muassasa bilan boʻladigan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarini amalga oshirishda, oldi-berdi qilishda vositachilik qiladigan boshqa shaxslarning koʻmagiga moʻhtoj boʻlganda shu vositachilikni huquqiy asosda amalga oshirish maqsadida ularga ishonch qogʻozi – ishonchnoma beriladi. Ishonchnomani olgan kishi boshqa bir shaxs, tashkilot yoki muassasa oldida uni berganlar nomidan ish koʻrish huquqiga ega boʻladi.
Ishonchnomalar ikki xil boʻladi: xizmat doirasidagi ishonchnomalar va shaxsiy ishonchnomalar.
Davlat va nodavlat tashkilotlari oʻrtasida ish yuritishda foydalaniladigan ishonchnomalar xizmat doirasidagi, bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga biron bir vazifani bajarishga oʻz nomidan vakil etib tayinlanganini tasdiqlovchi hujjat esa shaxsiy ishonchnoma ma’nosida qoʻllanadi.
Xizmat doirasidagi ishonchnomaning faoliyat doirasi keng boʻlib, ular asosan boshqa joydan pul yoki moddiy buyumlar olib kelish maqsadida beriladi. Ular odatda maxsus blankalar – namunaviy shakllar bosilgan ish qogʻozida rasmiylashtiriladi. Ishonchnoma moliyaviy hujjat sanalgani tufayli uning namunadagi barcha oʻrinlari aniq va savodli toʻldirilishi, tuzatishlar kiritilmagan boʻlishi lozim.
Shaxsiy ishonchnomalar asosan xodimning oʻzi borib olishi imkoni boʻlmagan paytlarda boshqa bir kishiga maoshi yoki nafaqasini olish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar oʻziga tegishli boʻlgan hujjatlarni olib kelish uchun berilishi ham mumkin.
Xizmat doirasidagi ishonchnomaga tashkilot rahbari va uning bosh hisobchisi tomonidan imzo chekilsa, shaxsiy ishonchnoma davlat notariusi yoki xodim ishlab turgan tashkilot, muassasa rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Ishonchnoma Ishonchnoma deb yozilgan soʻz, ishonch bildiruvchining toʻliq nomi, familiyasi va otasining ismi, lavozimi, ishonchnomaning mazmuni, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifa va uning kim yoki qaysi tashkilot yoki muassasa bilan amalga oshirilishi, ishonch bildiruvchining imzosi va uni tasdiqlovchi muhr, berilgan vaqti va amal qilish muddati kabi zaruriy qismlardan iborat boʻladi.
Shaxsiy ishonchnomalar esa qoʻlda yozilishi hamda davlat notariusi va tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi bilan ma’lum darajada xizmat doirasidagi ishonchnomalardan farq qiladi.

Download 45.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling