11-amaliy mashgʻulot. Farmoyish hujjatlari va ularning turlari. Hisobot reja
Xizmat ishonchnomalari quyidagi zaruriy qismlarga ega boʻladi
Download 45.41 Kb.
|
11~4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy ishonchnomalar quyidagi zaruriy qismlar asosida yozilishi (zarur) lozim
Xizmat ishonchnomalari quyidagi zaruriy qismlarga ega boʻladi:
1. Hujjatning nomi (Ishonchnoma). 2. Ishonchnoma berilayotgan, ya`ni ishonch bildirilyotgan shaxsning lavozimi va toʻliq ism-familiyasi. 3. Qimmatbaho jihozlar olinadigan (beradigan) muassasaning nomi. 4. Ishonchnomaning berilish sababi. 5. Ishonchnomaning amal qilish muddati. 6. Zaruriy oʻrinlarda ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi koʻrsatilishi mumkin. 7. Moddiy buyumlarni oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma). Shaxsiy ishonchnomalar quyidagi zaruriy qismlar asosida yozilishi (zarur) lozim: 1. Hujjatning nomi (Ishonchnoma). 2. Ishonch bildiruvchining ism-familiyasi. 3. Ishonchli shaxsning ism-familiyasi. 4. Ishonchnomaning maqsadi. 5. Ishonchnoma yozilgan sana. 6. Ishonchnoma bildiruvchining imzosi. 7. Ishonch bildiruvchining ismi va ota ismining bosh harflari hamda familiyasi toʻliq koʻrsatiladi. 8. Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan idora xodimining lavozimi va imzosi, familiyasi. 9. Ishonch bildiruvchining imzosi, uni tasdiqlovchi va gerbli muhr quyiladi. Hisobot ‒ muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ishlar yoki shaxsning zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat safarlari yakunlari haqida ma’lumot beruvchi rasmiy hujjat. Hisobotda keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli hamda ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik boʻlishi lozim. Hisobotning har bir bandida, asosan: nima moʻljallangan, qanday kimchiliklarga yoʻl qoʻyildi, ularni bartaraf etish uchun kelgusida nimalar qilish kerak, aniq takliflar yoritilmog‘i lozim. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan boʻlsa, uning sababi koʻrsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ishlar haqidagi hisobotlar amalda keng qoʻllanadi. Bunday hisobotlar quyidagi zaruriy qismlar asosida yoziladi. 1. Hisobot sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday ishlar (oʻquv ishlari, jamoat ishlari, sessiya natijalari, ilmiy ishlar, paxta yig‘im-terimi yakuni va boshqalar) yuzasidan, kim tomonidan berilayapti (agar shaxsiy ish rejalari hisoboti boʻlsa). 2. Hujjatning nomi. (Hisobot) 3. Hisobot matni. 4. Hisobot beruvchining lavozimi, ism-familiyasi, imzosi. 5. Sana. Download 45.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling