11 amaliy mashg’ulot mavzu: Ta’lim tarbiya ishlari gigienasi. Dars va dars jadvalini gigienik baholash Ishdan maqsad


Download 49.68 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi49.68 Kb.
#1641099
  1   2   3
Bog'liq
11-Amaliy mashg\'ulot


11 - AMALIY MASHG’ULOT


Mavzu: Ta’lim tarbiya ishlari gigienasi. Dars va dars jadvalini gigienik baholash
Ishdan maqsad: Ta’lim tarbiya ishlari gigienasi asosida o’quvchilarning aqliy ishchanlik imkoniyatlarini o’rganish asosida normadagi o’quv yuklamalar miqdorini aniqlash.
O’quv jihozlari: Har xil sinflarning dars jadvali, normani aks ettiruvchi ma’lumotlar.
Nazariy qism:
Aqliy mexnat qobilyatini optimal darajada saqlash uchun darsning tuzilishi va o’quv kunining tashkil qilinishi muxim axamaiyatga ega. Uning davomiyligi, qiyinligi, zerikarliligi o’quvchilardan xar xil faoliyat talab qiladigan mashg’ulot turlarini to’g’ri almashlab tuzishni ko’zda tutadi.
O’quv mashg’ulotlari maktab o’quvchilarining organizmiga ancha talablar qo’yadi. Shu munosabat bilan o’quv muddati bolalarning yoshi, imkoniyatlariga mos keladigan bo’lishi zarur. Kichik yoshda ish qobilyati dars boshlangan vaqtdan xisoblanganda 1,5 soatdan keyin, o’rta va katta maktab yoshida esa 2-3 soatdan so’ng pasaya boshlaydi, ayniqsa, 6-darsga kelib keskin pasayib ketadi.
Shu munosabat bilan darslarning qancha davom etishi o’quv jarayonini gigienik jixatdan tashkil etishni muxim omili xisoblanadi. Fiziolog va gigienistlar fikricha, birinchi sinf o’quvchilari uchun dars 35 daqiqadan, katta sinflar uchun 45 daqiqadan oshmasligi kerak. Ruxshunoslarning ma’lumotiga qaraganda, 6-10 yashar bola 20 daqiqa atrofida, 10-12 yashar bola 25 daqiqa atrofida diqqatini bir joyga to’plab o’tirishi mumkin. Mana shu tadqiqotlar darslarni ish turlari almashinib turadigan qilib aloxida tuzish zarurligini tasdiqlaydi. Masalan, o’qish darsida ifodali o’qishni savol-javob bilan, didaktik material ko’rish, qayta so’zlab berish bilan almashtirish, bundan tashqari boshlang’ich sinf o’quvchilarida birinchi signal sistemasi yaxshi rivojlanganligi uchun darsda ko’rgazma qurollaridan, didaktik o’quv vositalaridan keng foydalanish mumkin.
Maktab ta’limini gigienik jixatdan tashkil etishda darslarning soni katta axamiyatga ega. Amaldagi o’quv rejasiga muvofiq 1-3- sinflarda kuniga 4 tadan, 4-sinfda 4-5 tadan, 5-9-sinflarda kuniga 5,6 tadan dars o’tkazish ko’zda tutiladi.
Ta’limni to’g’ri tashkil etish uchun kun va xafta davomida darslarni taqsimlash, dars jadvalini to’g’ri tuzish juda muxim axamiyatga ega.
O’zlashtirishning oson va qiyinligiga qarab xamma fanlar shartli ravishda juda qiyin, o’rtacha qiyin va oson fanlarga bo’linadi.


Download 49.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling