11 amaliy mashg’ulot mavzu: Ta’lim tarbiya ishlari gigienasi. Dars va dars jadvalini gigienik baholash Ishdan maqsad
Download 49.68 Kb.
|
11-Amaliy mashg\'ulot
O’qish kunining birinchi soatida o’zlashtirishi o’rtacha qiyinlikdagi fanlar qo’yilishi kerak, 2,3 soatlarda organizmning ish qobiliyat eng yuqori darajada bo’ladi,shuning uchun bu soatlarda o’zlashtirishi qiyin fanlar qo’yilishi tavsiya etiladi. 4-soatda esa o’quvchilarda charchash belgilari kuzatiladi. Shuning uchun dars jadvalining 4–soatida oson o’zlashtiriladigan fanlar (jismoniy tarbiya, mexnat, ashula, rasm) qo’yilishi ish qobiliyatini yana oshishiga imkon beradi va nixoyat 5-6 soatlarga o’rtacha qiyinlikdagi (tarix, tabiatshunoslik, ona tili va adabiyot, geografiya) fanlar qo’yilsa, ularni o’zlashtirish yaxshi bo’ladi. O’quvchilarni o’zlashtirishi xafta davomida xam o’zgarib turadi. Dam olish kunidan keyin birinchi o’qish kunida o’quvchi organizmi xali ishga to’liq safarbar qilinmagan bo’ladi. Shuning uchun xam qiyin fanlar iloji boricha birinchi o’qish kuniga qo’yilmasligi kerak. 2,3- o’qish kunlarida organizmning ish qobiliyati eng yuqori darajada bo’ladi va qiyin fanlar va nazorat ishlar shu kunlarda o’tkazilgani ma’qul. 4 –o’qish kunidan boshlab organizmning ish qobiliyati pasaya boshlaydi, lekin o’qishning 6- kuni ko’rsatkichlarning deyarli pasaygani qayd qilinmaydi ,bundan kelib chiqadiki, agar 4- o’qish kuni dars xarakatlanish bilan bog’liq bo’lgan yengil fanlar qo’yilsa,tarbiyaviy soat va ekskursiyalar shu kunda o’tkazilsa, o’quvchilar dam oladi,natijada 5,6- o’qish kunlarida ularninig ish qobiliyati anchagina tiklanadi, natijada dars jalvaliga 5,6- o’qish kunlari qiyinroq fanlar qo’yilishiga imkon yaratadi. Dars vaqtida aqliy mehnatda charchashni oldini olish choralari: 1. O’qituvchi yangi materialni o’quvchining optimal ish qobiliyatiga ega bo’lgan vaqtida tushuntirish; 2. Darsning ikkinchi yarmida, dars berishning aktiv usullarini qo’llab, o’quvchi diqqatini uzoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirish; 3. Dars berish usulini o’zgartirib turish; 4. Sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish; 5. O’quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o’quv texnika vositalarini keng qo’llash; 6. Dars materialini tushuntirishda didaktiv o’quv vositalardan; 7. Dars oralig’ida fizkulminutlar o’tkazish; 8. Yuqori pedogogik mahoratda darsni tashkil etish, ko’tarinki kayfiyatda tushuntirish va har xil ohangda so’zlash. Dars jadvali o’quv jarayonining muhim qismlaridan hisoblanadi. Dars jadvalini to’g’ri tuzish o’quvchilarning aqliy charchashini oldini oladi. Dars jadvali bir necha gigienik talablarga javob berishi lozim, bular: - yoshga mos holda dars soatlarini qo’yish: - ko’p aqliy mehnat talab etadigan predmetlardan so’ng jismoniy mehnat talab etadigan predmetlarni qo’yish; - dushanba kuni ko’p aqliy mehnat talab etadigan predmetlarni kam quyish; - shanba kuni ko’p aqliy mehnat talab etadigan predmetlarni qo’ymaslik. Download 49.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling