11-amaliy mashgʻulot. Mavzu: Tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi masalalarni algoritmlash. Ishning maqsadi
Download 203.77 Kb.
|
11-amaliy mashgʻulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1-rasm. Tarmoqlanuvchi algoritmning umumiy koʻrinishi
- 11.2-rasm. Tarmoqlanuvchi algoritm boʻyicha masalani yechish algoritmi
- Takrorlanuvchi algoritmlar.
11-amaliy mashgʻulot. Mavzu: Tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi masalalarni algoritmlash. Ishning maqsadi: Tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi masalalarni algoritmlashni va blok-sxemasini tuzishni oʻrganish. Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar boʻyicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi berilgan shartning bajarilishiga qarab koʻrsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi. 11.1-rasm. Tarmoqlanuvchi algoritmning umumiy koʻrinishi Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, r-berilgan shart. Agar shart bajarilsa, “Yes” tarmoq boʻyicha A amal, shart bajarilmasa “No” tarmoq boʻyicha B amal bajariladi. Tarmoqlanuvchi algoritmga tipik misol sifatida quyidagi misolni koʻrishimiz mumkin: 11.2-rasm. Tarmoqlanuvchi algoritm boʻyicha masalani yechish algoritmi Bunda, berilgan funksiya berilgan x ning qiytmatiga bogʻliq holda, agar u manfiy boʻlsa «Yes» tarmoq boʻyicha y=1/sin(x) funksiyaning qiymati, aks holda y=cos(x) funksiyaning qiymati hisoblanadi (11.2-rasm). Takrorlanuvchi algoritmlar. Agar biror masalani yechish uchun tuzilgan zarur boʻlgan amallar ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bogʻliq holda takroriy bajarilsa, bunday algoritm takrorlanuvchi algoritm yoki siklik algoritmlar deyiladi. Takrorlanuvchi algoritmlarga tipik misol sifatida odatda qatorlarning yigʻindisi yoki koʻpaytmasini hisoblash jarayonlarini qarash mumkin. Misol uchun, N ta sonning koʻpaytmasini hisoblash masalasi qoʻyilgan boʻlsin, umumiy holda berilgan misol quyidagicha boʻladi: Bu yigʻindini hisoblash uchun i=1 da P=1 deb olamiz va i=i+1 da P=P*i ni hisoblanadi. Bu yerda birinchi va ikkinchi qadamlar uchun koʻpaytma hisoblanadi va keyingi qadamda I parametr yana bittaga oshiriladi va navbatdagi raqam avvalgi koʻpaytma (faktorial) P ga koʻpaytiriladi va bu jarayon shu tartibda i=N shartiga qadar davom ettiriladi va natijada izlangan faktorialga ega boʻlamiz. Ushbu amallarni quyidagi algoritm sifatida ifodalash mumkin: Berilgan: N, i=1, P=1; Hisoblansin: i=i+1, P=P*i; i P ning qiymati chop etilsin (11.3-rasm). Download 203.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling