11-amaliy mashgʻulot. Mavzu: Tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi masalalarni algoritmlash. Ishning maqsadi


-rasm. N faktorialni hisoblash algoritmi


Download 203.77 Kb.
bet2/3
Sana14.02.2023
Hajmi203.77 Kb.
#1198936
1   2   3
Bog'liq
11-amaliy mashgʻulot

11.3-rasm. N faktorialni hisoblash algoritmi

Yuqorida keltirilgan algoritm va blok sxemadan koʻrinib turibdiki amallar ketma-ketligining ma’lum qismi parameter i ga nisbatan N marta takrorlanadi. Ushbu turdagi takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar 2 xil, ya’ni sharti oldin berilgan va sharti keyin berilgan takrorlanuvchi algoritmlarga farqlanishi mumkin. Ushbu turdagi algoritmlar haqida nazariy bilimlar olishi talabaning oʻziga mustaqil ish sifatida havola etiladi.


Algoritm tuzishda quyidagi talablarga amal qilinsa, qoʻyilgan masalaning natijasini aniq, tez va toʻgʻri olish mumkin:

  • qoʻyilgan masalani toʻgʻri tushinib olish, masalaning asosiy maqsadini aniq ajratish;

  • ishga dahldor qiyinchiliklarni aniq koʻrish va ortiqcha, masala yechimiga katta ta‘siri boʻlmagan parametrlarni qisqartirish;

  • qoʻyilgan masalani bir-biriga bogʻliq boʻlmagan mustaqil boʻlaklarga, ya’ni kichik tizimlarga ajrata olish va ular orasidagi bogʻliqlikni toʻgʻri tashkil etish;

  • qoʻyilgan masalaning yechimini olishda har bir boʻlak (tizim) yechimlari toʻplamini bir butun holga keltirish;

  • masala yechimini sodda va tushunarli tilda bayon etish.

Kompyutеrdan foydalanib ilmiy – tеxnik, kimyo va oziq-ovqat sohalaridagi masalalarni yеchish bir qancha bosqichlarga boʻlinadi. Maqsad - bosqichlarning qaysi birlarini mutaxassis kompyutеrdan foydalanmasdan va qaysi bosqichlarini kompyutеrdan foydalanib bajarishini aniqlash hamda bosqichlarni toʻla oʻrganib chiqishdan iborat.
Ilmiy – tеxnik, kimyo va oziq-ovqat sohalaridagi masalalarni yеchishda kompyutеrdan foydalanish bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Masalaning qoʻyilishi va maqsadning aniqlanishi;

  2. Masalani matеmatik ifodalash;

  3. Masalani yеchish uslubini ishlab chiqish, sonli usullarni tanlash;

  4. Masalani yеchish algoritmini ishlab chiqish;

  5. Ma’lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash (tanlash);

  6. Dasturlash;

  7. Dastur matnini va ma'lumotlarni axborot tashuvchiga oʻtkazish;

  8. Dastur xatolarini tuzatish;

  9. Dasturning avtomatik tarzda kompyutеrda bajarilishini tekshirish;

Olingan natijalarni izohlash, tahlil qilish va dasturdan foydalanish uchun koʻrsatma yozish.



Download 203.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling