11-Amaliy mashg‘ulot. Muvofiqlikni baholash organlarida inspektsiya nazoratini amalga oshirish tartibi
Download 159.92 Kb. Pdf ko'rish
|
11-amaliyot
11-Amaliy mashg‘ulot. Muvofiqlikni baholash organlarida inspektsiya nazoratini amalga oshirish tartibi Inspektsiya nazorati akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida joyning o‘ziga borib amalga oshiriladi. Birinchi inspektsiya nazorati akkreditatsiya sanasidan keyin o‘n ikki oydan kechikmay o‘tkaziladi. Keyingi inspektsiya nazorati har yili Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadigan inspektsiya nazorati reja-jadvaliga muvofiq davriy, biroq avvalgi inspektsiya nazorati o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yigirma to‘rt oydan kechikmay (mahsulotni sertifikatlash organlari uchun — o‘n ikki oydan kechikmay) o‘tkaziladi. Yigirma to‘rt oy davriylik muddati quyidagi shartlar bajarilsa belgilanadi: • joyning o‘zida avvalgi baholash o‘tkazilganda nomuvofiqliklar bo‘lmagan bo‘lsa; • akkreditatsiya ob’ekti faoliyati bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagan bo‘lsa; • akkreditatsiya ob’ekti faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring ijobiy natijalar bergan bo‘lsa. Akkreditatsiya ob’ekti faoliyati bo‘yicha rejadan tashqari inspektsiya nazorati akkreditatsiya talablari va shartlari, shu jumladan akkreditatsiya belgisidan foydalanish buzilganligi to‘g‘risida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat Markazga tushgan taqdirda o‘tkaziladi. Inspektsiya nazorati davomida Markaz muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisini va/yoki akkreditatsiyaga matnli havolalar qo‘llanilishining to‘g‘riligini ham o‘rganadi. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisini qo‘llash qoidalari Markaz tomonidan ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga muvofiq belgilanadi. Baholash guruhi uch ish kuni mobaynida Markazga o‘tkazilgan inspektsiya nazorati to‘g‘risida hisobot taqdim etishi kerak. Markaz o‘tkazilgan inspektsiya nazorati to‘g‘risidagi hisobotni qabul qilgandan keyin besh ish kuni mobaynida uning akkreditatsiya komissiyasi majlisida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. Akkreditatsiya komissiyasi: • akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash; • akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish; • akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish; • komissiya a’zolarining katta qismi baholash guruhi hisobotiga qo‘shilmagan taqdirda, akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini haq olmasdan qo‘shimcha baholashni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingandan keyin akkreditatsiya ob’ektiga bir ish kunidan kechikmay yetkaziladi. Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Markaz huzuridagi appelyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish mumkin. Download 159.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling