11-amaliy mashg‘ulot torish transformatorini ta’mirlash transformatorlarning ishlash sharoitlari
Tortuv transformatorlariga aktiv qismini chiqarmasdan taftish о‘tkazish
Download 80.49 Kb.
|
11 amaliy mashg’ulot Tortish transformatorlarini ta’mirlash
Tortuv transformatorlariga aktiv qismini chiqarmasdan taftish о‘tkazish.
TXK-2, JT-1 va JT-1k ta’mirlarda transformator qisimlarining holati tashqi kо‘rik orqali tekshiriladi. Izolyatorlar salfetka bilan artiladi, ularning holati va mahkamlanishining ishonchliligi nazorat qilinadi. Shinalar, simlar, moy relesi kо‘zdan kechiriladi. Moy satxi tekshiriladi; izolyatorlar, moy о‘tkazgichlari ulanish joylar orqali transformator moyi oqmasligiga va moy bakiga qopqoq maxkamlangan joylarda transformator moyi oqmasligiga ishonch hosil qilinadi; elektrovozning ishlash jarayonida transformator moyining maksimal bо‘lgan haroratini kо‘rsatuvchi masofaviy termometrning qizil nazorat о‘qi pozitsiyasiga qarab, uning ruxsat etilgan 80°S haroratdan yuqori qizib ketish holatlari aniqlanadi. О‘zgaruvchan tok elektrovozlari uchun TXK-3 JT-1 bilan birlashtirilgan. Bunda tortish transformatori va uning sovutish tizimi TXK-2 singari tekshiriladi. Moy satxi va uning harorati aniqlanadi, shu bilan birga tortish transformatori bakining qopqog‘ida joylashgan termometrik signalizatsiya moslamasining datchigi chо‘ntagining moy bilan tо‘ldirilganligiga ishonch hosil qilinadi. Agar talab bо‘lsa, transformatorga moy qо‘shiladi. Sovutishning normal sharoitlarida transformator moyining harorati ruxsat etilgan haroratdan oshmasligi kerak. Transformatorda ichki nosozliklar bо‘lmasa, moy haroratining oshib ketishi uning sovutish rejimining buzilishini kо‘rsatadi. Bunday holda, sovutish tizimidagi moy bosimini, quvur liniyasidagi jо‘mraklarning holatini tekshiriladi va sovutish havosini yetkazib berishni oshiriladi. Brikish joylardagi moy oqishini murvat va gaykalarni mahkamlash orqali bartaraf qilinadi. Agar radiator bо‘limlari naychalari orqali oqish bо‘lsa, nosoz bо‘lim almashtiriladi. Shinalarni montaj holatini va elektr kontaktining mustaxkamligi tekshiriladi. Egiluvchan simlarning uchlari tо‘la kavsharlangan bо‘lishi kerak. Sifatsiz kavsharlanish va elektr kontaktining bо‘shligi brikmalarning qizishiga olib keladi, bu esa qalayning erishiga olib kelishi mumkin. Egiluvchan simlar, ayniqsa, transformatorning tashqi simlari va shinani montaj ulanishi joylarida taranglashmasligi kerak, chunki bu holat izolyatorlarning sinishiga olib kelishi mumkin. Simlarining 15% dan kо‘prog‘i shikastlangan kabellar almashtiriladi. Yerga ulash kabelining uchlari bak korpusiga va lokomotiv korpusiga mahkam о‘rnatilib, ishonchli ulanishni ta’minlashi kerak. Mumkin bо‘lgan elektr yoyning izolyator yuzasidan о‘tish masofasining 15% dan kо‘prog‘ini tashkil etadigan siniqlari bо‘lgan yoki elektr yoyning izolyator yuzasidan о‘tish izlari bо‘lgan izolyatorlar almashtiriladi va shu uzunlikning 15% dan kamrog‘idagi maydonda izolyatorlar sirida ifloslangan joylar benzinga namlangan salfetka bilan artiladi va GF-92-HK yoki №1201 emal bilan qoplanadi. Transformatorning konussimon tayanchlari oyna yordamida tekshiriladi. Bunda, konuslarni bak kronshteynlariga payvandidagi yoriqlar paydo bо‘lishi ehtimoli katta joylarga alohida e’tibor beriladi. Transformator bakining pastki qismidagi maxsus jо‘mrak orqali kimyoviy laboratoriyada tahlil qilish uchun 2...3 litr moy olinadi. Bunda moy tarkibida ifloslantiruvchi moddalar borligi aniqlanadi va 1 daqiqa davomida kamida 25 kV kuchlanish bilan transformator moyining diyelektrik xususiyati tekshiriladi. Transformatorning moy satxi kо‘rsatkich oynasidan kо‘riladi va agar kerak bо‘lsa moy qо‘shiladi. 2500 V kuchlanishli megommetr bilan barcha chо‘lg‘amlarning izolyatsiyaga chidamliligini korpusga nisbatan va bir-biriga nisbatan о‘lchaydilar. Download 80.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling