11-amaliy mashg‘ulot torish transformatorini ta’mirlash transformatorlarning ishlash sharoitlari


Download 80.49 Kb.
bet1/5
Sana16.11.2023
Hajmi80.49 Kb.
#1778682
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11 amaliy mashg’ulot Tortish transformatorlarini ta’mirlash


11-AMALIY MASHG‘ULOT
TORISH TRANSFORMATORINI TA’MIRLASH
Transformatorlarning ishlash sharoitlari.
О‘zgaruvchan tok elektrovozlari va elektr poyezdlari ishlashi paytida ularning elektr zanjirlarida transformatorlar va reaktorlarda nosozliklar keltirib chiqarishi mumkin bо‘lgan favqulodda rejimlar paydo bо‘lishi mumkin. Shunda, tо‘g‘irlagichning yoki tо‘g‘irlash-invertor о‘zgartiruvchi blokining buzilishi natijasida transformatorning ikkilamchi chо‘lg‘ami qisqa tutashgan bо‘lib qoladi va undagi tok kuchi keskin oshadi.
Bu tok о‘tkazuvchi elementlarning qizishini kuchayishiga olib keladi va natijada transformator moyining va izolyatsiyaning diyelektrik xususiyatlarini keskin pasayishiga va transformatorlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Transformator moyi quvurlardan, radiatorlardan va transformator bakining payvand choklaridan oqishi mumkin. Quyidagi sabablar tufayli transformator moyini sovutish tizimidagi ulanish bо‘g‘inlarida zichsizliklar paydo bо‘lishiga va moy oqishiga olib kelishi mumkin:
- flanetslarning qoniqarsiz mahkamlanishi, rezina zichlagichning shikastlanishi, transformatorning birlamchi chо‘lg‘ami izolyatorlarining havo chiqarish tiqmasida zichsizliklar;
- chinni izolyatorlarning korpusidagi yoriqlar tufayli ikkilamchi chо‘lg‘am izolyatorlarini bosma gaykalarini va transformator qopqoq murvatlarining qoniqarsiz mahkamlanishi;
- qopqoq va bak orasidagi rezina qistirmaning shikastlanishi, quvur ulanishlaridagi, payvandlash joylaridagi, sovutish tizimining radiatorlaridagi brikma joylarining shikastlanishi.
О‘z navbatida, transformator izolyatsiyasinig holati moyni sovutish tizimining ishonchli ishlashiga bog‘liq.
Foydalanishda quyidagi holatlar uchraydi:
- tayanch joylarida yoriqlar paydo bо‘lishi;
- rezina qistirmalarni shikastlanishi;
- bakning ichki yuzalarida bо‘yoqlarni kо‘chishi;
- manometr, termometrning shikastlanishi;
- chо‘lg‘amlarning mis simlarini uzilishi;
- chinni izolyatorlar sirining shikastlanishi va ularda sinishlar paydo bо‘lishi.


Download 80.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling