11-amaliy mashg‘ulot torish transformatorini ta’mirlash transformatorlarning ishlash sharoitlari
Download 80.49 Kb.
|
11 amaliy mashg’ulot Tortish transformatorlarini ta’mirlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tortish transformatori
Radiator bо‘limlari 80...90 ° S haroratda 30...60 daqiqa kalsiylashgan sodali suv eritmasi bilan yuviladi, sо‘ngra toza issiq suv bilan (harorat 80...90 ° C) 10 ... 20 daqiqa davomida yuviladi. Tashqi yuzalar 20...30 daqiqa davomida issiq suv bilan yuviladi. Tozalangan radiator bо‘limlari 590 kPa 6 kg/sm2 bosim ostida 5 daqiqa davomida gidravlik sinovidan о‘tkaziladi va agar ularda yoriqlar, kavsharning va boshqa shikastlanishlar aniqlansa, ular tiklanadi. Agar quvurlarning kollektor bilan tutashgan joyida moy oqishi aniqlansa, kollektor ochiladi va barcha radiator quvurlarining uchlari kavsharlanadi.
Moy nasosi tekshiriladi, shpilkalar mahkamlashining zichligiga, chiqish kabellari ulanishining mustahkamliligiga, uning elektr dvigatelining chо‘lg‘amlarining tozaligiga va sozligiga ishonch hosil qilinadi. Quvurlar siqilgan havo bilan tozalanadi. Tortish transformatori quyidagi tartibda yig‘iladi. Transformatorning yig‘ilgan aktiv qismini bakga о‘rnatmasdan oldin rezina qistirmalari tekshiriladi, yaroqsizlari almashtiriladi. Qistirmalar neft maxsulotlariga chidamli rezinadan yasalgan bо‘lishi kerak. Bakga elektr nasos о‘rnatiladi. Aktiv qismi va masofaviy termometr о‘rnatilib bakning qopqog‘i mahkamlangandan sо‘ng, drenaj jо‘mrak ochiladi va moy nasosni yoqib bakga moy solinadi. Vaqti-vaqti bilan nasosni yoqib-о‘chirib turiladi. Vizual tekshiruv orqali moy oqishi yо‘qligiga ishonch hosil qilinadi va moy sathini tekshirib turib, kerakli darajada moy qо‘shiladi. Moy tо‘ldirgandan sо‘ng, sovutish tizimining radiator kollektorlari va transformator izolyatorlarining ichki bо‘shliqlaridan havo chiqariladi. Buning uchun radiator kollektorlari va izolyatorlarning ustki qopqog‘idagi tiqmalar burab, teshiklarda moy paydo bо‘lgandan keyin yopiladi. Tо‘ldirgandan sо‘ng darhol tо‘liq tahlil qilish uchun moy ‘namunasini olinadi. Moyning elektr izolyatsion xossasi kamida 35 kV bо‘lishi kerak. 12 soatdan keyin qayta moy namuna olinadi. Transformatorlarni sinovdan о‘tkazish tо‘liq yig‘ilgan transformatorning texnik shartlarga muvofiqligini tekshirish uchun amalga oshiriladi. Transformator moyining diyelektrik xossasi tekshiriladi, chо‘lg‘amlarning izolyatsiyaga va о‘zgarmas tokga chidamliligi о‘lchanadi. Nazorat savollari. Qaysi sabablar transformator moyini sovutish tizimidagi ulanish bо‘g‘inlarida zichsizliklar paydo bо‘lishiga va moy oqishiga olib kelishi mumkin? Foydalanishda kanday nosozliklar uchraydi? TXK-2 turda tortuv transformatoriga qanday ishlari bajariladi? JT-1 turda tortuv transformatoriga qanday ishlar bajariladi? Tortish transforma Download 80.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling