11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz


Suv shimilishining kuchayishi


Download 3.06 Mb.
bet10/28
Sana14.09.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1677787
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT

Suvshimilishining kuchayishi

Keng yuzali ildiz tizimining mavjudligi

Juzg‘un

Tuproqqa chuqur kirib boradigan ildiz tizimining mavjudligi

Yantoq

Yerosti suvlariga yo‘l ochish

Termitlar

Suvni zaxiralash

Maxsus siydik pufagida zaxiralash

Sahro baqasi

Yog‘ shaklida zaxiralash

Cho‘l kalamushi, tuya

Suv yo‘qotishga fiziologik chidamlilik

Ko‘p suv yo‘qotganda ham hayot faoliyati- ning saqlanishi

Yo‘sinlar, qirqbo‘g‘imlar va qirqquloq- lar va lishayniklar

Tana massasining ancha qismini yo‘qotish va suv mavjudligida uni tez tiklash

Yomg‘ir chuvalchangi, tuya

Suv tanqis davrni anabioz holatida o‘tkazish

Noqulay davrni urug‘ holatida o‘tkazish

Efemerlar

Noqulay davrni ildizpoya va tuganak, piyoz- bosh ko‘rinishida o‘tkazish

Efemeroidlar

Etologik moslanishlar

Suv tanqis davrni uyqu holatida o‘tkazish

Toshbaqa, kana, yomg‘ir chuvalchangi

Tungi hayot tarziga o‘tish

Tipratikan, lemurlar




  1. §. MUHITNING BIOTIK OMILLARI. TIRIK ORGANIZMLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR

Organizmlar orasidagi o‘zaro munosabatlarning barcha ko‘rinishlari muhitning biotik omillarini tashkil qiladi.
Biotik omillar ikki guruhga ajratiladi. Tur ichidagi munosabatlar – bir turga mansub individlar o‘rtasidagi munosabatlar. Bu populatsiyaning o‘z- o‘zini boshqarishdagi muhim mexanizmdir. Turlararo munosabatlar – har xil turlar o‘rtasidagi munosabatlar sanaladi.
Populatsiyalardagi individlar soni o‘zaro ta’sir natijasida o‘zgarishsiz qoladigan munosabatlar neytral munosabatlar deb ataladi. Agar o‘zaro ta’sir natijasida bir populatsiyadagi individlar soni ortsa, lekin ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaymasa, bunday munosabatlar ijobiy yoki simbiotik munosabatlar deb ataladi. O‘zaro munosabatlar tufayli bir populatsiyadagi individlar soni qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaysa, bunday munosabatlar salbiy yoki antagonistik (antibioz) munosabatlar deyiladi.
Har qanday munosabat turini o‘zaro ta’sirlashuvchi populatsiyalardagi individlar sonining o‘zgarishini ifoda etuvchi ramziy belgilar orqali ifodalash mumkin. Individlar sonining ortishini «+», kamayishini «–» belgisi bilan, individlar soniga ta’sir etmaydigan munosabatlar «0» belgisi bilan ifodalanadi. Ushbu tasniflardan foydalanib, eng keng tarqalgan o‘zaro munosabatlar turlari quyidagi jadvalda aks ettirilgan (2-jadval).




Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling