11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz
Download 3.06 Mb.
|
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hamtovoqlik
Kommensalizm (fransuzcha «commensal» – hamtovoq) – birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabatning bir turi sanaladi. O‘z navbatida kommensalizm: hamsoyalik, hamtovoqlik, hamxo‘rak- lik kabi turlarga ajratiladi (17-rasm).
Bir tur ikkinchisidan yashash joyi sifatida foydalanadigan va bu munosabatda o‘z «yashash joyi»ga zarar ham, foyda ham yetkazmaydigan o‘zaro munosabat turi sinoykiya (yunoncha «syn» – birga, «oikos» – uy) – hamsoyalik deb yuritiladi. Masalan, daraxtlarning tanasi va shoxlarida epifit o‘simliklar (orxideya, yo‘sinlar) va lishayniklar joylashib oladi. Qushlar, kemiruvchi hayvonlarning uyalarida turli o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar yashaydi. Ayrim baliqlar meduzalar va aktiniyalarning paypaslagichlari orasiga yashirinib oladi. Boshqa bir baliq turi esa ikki pallali molluskalarning mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi. Baliq tuxumlari molluskaga hech qanday zarar ham, foyda ham keltirmagan holda chig‘anoqlar himoyasida bo‘ladi. Hamtovoqlik – bitta oziq manbayining turli qismlarini iste’mol qilishda ifodalanadi. Masalan, tuproqda yashovchi saprofit bakteriyalar va o‘simliklar o‘rtasidagi munosabat chirituvchi bakteriyalarning o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, ularni mineral moddalargacha parchalashi va o‘simliklarning shu mineral moddalarni o‘zlashtirishida aks etadi. Kommensalizmning yana bir shakli hamxo‘raklik bo‘lib, bu munosabat oziq orqali bog‘lanishlarga asoslangan. Bir tur boshqa turning oziq qoldiqlari bilan oziqlanishi hamxo‘raklik deyiladi. Masalan, ayrim qushlar timsoh va sirtlonning, tasqara esa sherning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Odamning yo‘g‘on ichagida yashovchi bakteriyalar odamga ziyon yoki foyda yetkazmagan holda hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Yopishqoq baliq esa maxsus so‘rg‘ichlari bilan akulalar terisiga yopishib olib akula bilan birgalikda harakat qiladi va uning ovqatlari qoldiqlari bilan oziqlanadi. Kommensalizm tabiatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir hududda ko‘plab turlarning yashashi va yashash muhitidan hamda resurslardan to‘liqroq foydalanishga imkon beradi. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling