11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz


Download 3.06 Mb.
bet15/28
Sana14.09.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1677787
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT

Amensalizm – o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi. Masalan, yorug‘sevar o‘t o‘simliklar baland daraxtlar soyasida o‘sganda yorug‘lik yetishmasligi tufayli rivojlanishdan orqada qoladi. Daraxtlarga esa bu «qo‘shnichilik»dan foyda ham, ziyon ham yetmaydi. Mog‘or zamburug‘lari tashqi muhitga antibiotiklar ishlab chiqarib, bakteriyalarning o‘sishini va ko‘payishini to‘xtatib qo‘yadi.
Yirtqichlilik («yirtqich – o‘lja») – turlararo o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bir populatsiya individlari boshqa populatsiya individlari uchun oziq vazifasini o‘taydi.
«Yirtqich – o‘lja» munosabatlari bevosita oziq munosabatlari bo‘lib, o‘lja tur uchun zararli, yirtqich tur uchun esa foydali hisoblanadi. Odatda boshqa hayvonlar bilan oziqlanadigan hayvonlar yirtqichlar deb ataladi. O‘txo‘r hayvonlar yirtqich deb hisoblanmasa-da, hayvon va o‘simlik orasidagi oziq aloqalari «yirtqich – o‘lja» munosabatiga juda o‘xshash bo‘ladi.
Yirtqichlik munosabatlarining yana bir ko‘rinishi – kannibalizm (tur ichidagi yirtqichlilik), ya’ni bir turga mansub organizmlarning bir-birlarini yeb qo‘yishidir. Masalan, qoraqurtning urg‘ochilari urug‘langandan so‘ng erkaklarini yeb qo‘ysa, balxash olabug‘a balig‘i o‘zining tuxumdan chiqqan mayda baliqchalarini yeb qo‘yadi.
Yirtqichlar asosan kasal, nimjon individlarni qirib, populatsiyaning genofondini tozalovchi sanitarlar vazifasini bajaradi, natijada populatsiyaning sog‘lom, yashash muhitiga ko‘proq moslashgan individlari yashab qoladi, populatsiyaning genofondi yaxshilanadi.
Tuproq tarkibida azotning kam bo‘lishi, tuproq yuzasi doimo suv bilan yuvib turiladigan joylarda o‘sadigan o‘simliklarning azotga bo‘lgan ehtiyoji evolutsiya jarayonida muayyan o‘zgarishlar keltirib chiqargan. O‘simliklarda hasharotlarni tutish uchun moslamalar shakllanishi natijasida hasharotxo‘r o‘simliklar kelib chiqqan.

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling