11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz
Download 3.06 Mb.
|
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-rasm.
Antibioz. Antibioz munosabatlarga o‘zaro raqobat, parazitizm, yirtqichlik, amensalizm kabi munosabat shakllari misol bo‘ladi
Hamsoyalik: gorchak baliq ikki pallali molluskaning mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi. Protokooperatsiya: aktiniya «zohid» qisqich- baqasini yirtqich baliqlardan himoya qiladi, u esa aktiniyalarning tarqalishini ta’minlaydi. O‘zaro raqobat: erkak sutemizuvchilar ko‘payish davrida oila qurish imkoniyati uchun bir-biri bilan olishadi. Hamxo‘raklik: yopishqoq baliqning orqa suzgichi so‘rg‘ichlarga aylangan bo‘lib, baliq ular yordamida akula tanasiga yopishib oladi. 17-rasm. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar. O‘zaro raqobat – o‘xshash ekologik ehtiyojlarga ega turlar orasidagi munosabatlardir. Bunday turlar birga yashaganda birining mavjudligi hamma vaqt ikkinchisining yashash imkoniyatlarini kamaytiradi. Raqobat bir turga mansub (tur ichidagi raqobat) va har xil turlarga mansub (turlararo raqobat) individlarning oziq, yashash joyi uchun va boshqa ekologik sharoitlar uchun kurashda namoyon bo‘ladi. O‘zaro munosabatning bu shakli birga yashovchi ikki turga ham salbiy ta’sir qiladigan yagona ekologik munosabatdir. O‘zaro raqobatni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin. Yorug‘lik, suv va tuproqdagi mineral moddalar uchun o‘simliklar o‘rtasida; bitta oziq manbayi bo‘lgan o‘simliklar uchun o‘simlikxo‘r hayvonlar, kemiruvchilar, chigirtkalar o‘rtasida; mayda baliqlar bilan oziqlanuvchi bir suv havzasida yashaydigan yirtqich baliqlar o‘rtasida; tovushqon va quyonlar bilan oziqlanadigan bo‘ri va tulkilar o‘rtasida, kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi yirtqich qushlar o‘rtasida raqobat kuzatiladi. Bir turga mansub individlarning oziq, yashash joyi va boshqa ekologik sharoitlarga ehtiyoji bir xil bo‘lgani sababli tur ichidagi o‘zaro raqobat keskin, shiddatli kechadi. O‘zaro raqobat populatsiyaning nimjon, zaif individlarining nobud bo‘lishiga, kuchli, muhit sharoitlariga ko‘proq mos- lashgan individlarning yashab qolishiga, ya’ni tabiiy tanlanishga olib keladi. Har xil turga mansub organizmlarning oziq, yashash joyi va boshqa ekologik sharoitlar uchun o‘zaro raqobati har ikki tur uchun ham zararlidir. Odatda bir xil sharoitda birga yashaydigan va bir xil ovqat bilan oziqlanadigan, ya’ni ekologik sharoitlarga ehtiyoji bir xil organizmlar biri boshqasini siqib chiqaradi. Turlararo raqobat rus biologi G. F. Gauze (1932) tomonidan yaxshi o‘rganilgan. U o‘z tajribasida oziqlanish xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan infuzoriyalarning ikki turini pichan ivitmasida avval alohida idishlarda, so‘ng bitta idishda ko‘paytirdi. Alohida idishlarda infuzoriyalar normal ko‘payib, soni optimal darajagacha yetadi. Har ikki turni bir idishda ko‘paytirilganda esa, dastlab ikki turning soni avvaliga o‘sib boradi, lekin keyinchalik birinchi turga mansub infuzoriyalar soni asta-sekin kamayib borib, so‘ngra oziq muhitidan butunlay yo‘qolib ketdi. Bunda ikki turga mansub infuzoriyalar bir-biriga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmagan, faqat bir turga mansub infuzoriyalarning o‘sish jadalligi ikkinchi turnikidan yuqori. O‘zaro raqobatli munosabatlarda ekologik muhitga ko‘proq moslashgan tur g‘olib chiqadi. Ushbu tajribadan «raqobatni cheklovchi prinsip» deb ataluvchi qonun kelib chiqadi: ikkita o‘xshash ekologik ehtiyojga ega turlar birgalikda yashay olmaydi, bir tur (raqobatbardosh tur) ikkinchi turni (kam raqobatbardosh) albatta siqib chiqaradi. Agar birgalikda yashayotgan turlarning ekologik ehtiyojlari turlicha bo‘lsa, ular o‘rtasida raqobat kuzatilmaydi. Evolutsiya jarayonida turlar birgalikda yashashga moslashadi. Masalan, o‘troq yashovchi qushlar qish oylarida o‘zlariga kerakli oziqni turli joylardan izlash orqali o‘zaro raqobatni bartaraf etadi. Ayrim qushlar o‘z ozig‘ini daraxtlardan izlasa, ayrimlari yerdan topadi. Shunday qilib, turlar o‘rtasidagi raqobat «raqobatni inkor etuvchi prinsip» qonuniga ko‘ra bir turning ikkinchisini siqib chiqarishi orqali yoki turlarning birgalikda yashashiga imkon beruvchi turlicha ekologik ixtisoslashuv orqali bartaraf etiladi. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling