11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz


Download 3.06 Mb.
bet28/28
Sana14.09.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1677787
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT

75-rasm. Ayirish organlari filogenezi.

  1. Protonefridiy: 1 – alangasimon hujayra; 2 – kiprikchalar; 3 – ayirish kanalchasi.

  2. Metanefridiy: 1 – kiprikchali voronka; 2 – kanal; 3 – siydik pufagi.

  3. Yashil bezlar: 1 – yashil bezcha; 2 – kalavasimon kanal; 3 – siydik pufagi.

  4. Malpigi naylari: 1 – o‘rta ichak; 2 – malpigi naychalari; 3 – orqa ichak; 4 – to‘g‘ri ichak.

  5. Tana buyraklari: 1 – tana bo‘shlig‘i; 2 – buyrak kesmasi; 3 – qon; 4 – kiprikchali vo- ronka; 5 – nefron kapsulasi; 6 – ayirish kanalchasi.

  6. Haqiqiy buyraklar: 1 – tana bo‘shlig‘i; 2 – buyrak; 3 – qon; 4 – nefron kapsulasi; 5 – Genle halqasi; 6 – kalavasimon kanalcha.

jinssiz ko‘payish gallanish orqali amalga oshadi. Yassi chuvalchanglar – germafrodit. Ayniqsa parazit chuvalchanglarda jinsiy sistema kuchli taraqqiy etgan. To‘garak chuvalchanglarda jinsiy sistema yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, ayrim jinsli hisoblanadi. Ularda jinsiy dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklarida – bitta urug‘don, urug‘ yo‘li, urug‘ chiqarish nayi bo‘ladi. Urg‘ochilari yirikroq bo‘lib, ularda ikkita tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadon mavjud.
Halqali chuvalchanglardan ko‘p tuklilar ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi. Metamorfoz bilan rivojlanadi. Kam tuklilar germafrodit (ikki jinsli), lekin ikkita chuvalchang bir-birini urug‘lantiradi.
Molluskalardan ikki pallalilar ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm kuzatil- maydi.
Bo‘g‘imoyoqlilar vakillarining barchasi ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qisqichbaqasimonlar va hasharotlar metamorfoz bilan o‘rgimchaksimonlar esa (kanalardan tashqari) metamorfozsiz rivojlanadi.
Boshskeletsizlar ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy a’zolari juft-juftdan jabraoldi bo‘shlig‘ida joylashgan. Yetilgan jinsiy hujayralar jabraoldi bo‘shlig‘idan suvga chiqariladi va suvda urug‘lanadi.
Baliqlar ayrim jinsli hayvonlar (faqat dengiz olabug‘asi germafrodit). Jinsiy hujayralar suvda urug‘lanadi. Ayrimlarida esa ichki urug‘lanish va tirik tug‘ish kuzatiladi. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning erkaklarida bir juft urug‘don bo‘lib, buyrak yaqinida joylashgan. Urug‘donlardan boshlanadigan chiqarish nayi, siydik nayi orqali tashqariga ochiladi. Urg‘ochilarning bir juft tuxumdonlari tana bo‘shlig‘ida joylashgan. Yetilgan tuxumlar tuxum yo‘lida shilimshiq qobiq bilan o‘ralib kloakaga, u yerdan tashqariga chiqariladi. Tashqi urug‘lanish va metamorfoz bilan rivojlanish kuzatiladi.
Sudralib yuruvchilarning jinsiy organlari erkaklarida bir juft urug‘don va urug‘ nayi, urg‘ochilarda esa bir juft tuxumdon va tuxum yo‘lidan iborat. Ulardan boshlab ichki urug‘lanish boshlanadi, ya’ni tuxum hujayra va spermatozoidning qo‘shilishi tuxum yo‘lida sodir bo‘ladi. Urug‘langan tuxum oqsilli bo‘lib, ohak po‘st bilan o‘ralib kloakaga, u yerdan esa tashqariga chiqariladi. Metamorfozsiz rivojlanadi. Ayrimlari esa tirik tug‘adi. Sudralib yuruvchilarda ichki urug‘lanish embrionning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oziqqa ega va qalin po‘choqqa ega tuxum hayvonot olamidagi aromorfozlardan biri sanaladi.
Qushlarning erkagida bir juft urug‘don va bir juft urug‘ yo‘li bo‘lib, kloakaga ochiladi. Urg‘ochilarida bitta tuxumdon va tuxum yo‘li bo‘lib, tuxum hujayra tuxum yo‘lida urug‘lanadi. Tuxum yo‘lida ohak po‘choq bilan o‘ralib, kloaka orqali tashqi muhitga chiqariladi. Tuxum hujayrasida sariqlikning miqdori ko‘p, metamorfozsiz rivojlanadi va jinsiy ko‘payish bilan bog‘liq bo‘lgan instinktlar yaxshi rivojlangan.
Sutemizuvchilarning erkaklarida bir juft urug‘don, urg‘ochilarida bir juft tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadon bo‘ladi. Tuban sutemizuvchilarda bachadon rivojlanmagan, xaltalilarda esa sust rivojlangan yoki rivojlanmagan bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayra ona qornida – bachadonda rivojlanadi. Homiladorlik muddati homilaning soniga va yashash muhitiga bog‘liq. Barcha sutemizuvchilarda jinsiy dimorfizm kuchli rivojlangan bo‘lib, urg‘ochilari bolasini sut bilan boqadi.
Shunday qilib, evolutsiyada ayirish va jinsiy sistema qoldiq moddalarni va jinsiy mahsulotlarni ayirish funksiyasini bajarib, embrional taraqqiyot davrida mezodermadan rivojlanadi.





Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling