11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz
Download 3.06 Mb.
|
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT
- Bu sahifa navigatsiya:
- §. TIRIK ORGANIZMLARDA O‘Z-O‘ZINI IDORA ETISH ORGANLARI: GUMORAL VA NERV SISTEMASI EVOLUTSIYASI
- Birinchi bosqich
- Ikkinchi bosqich
Katagenez – («kata» – tuban tomonga harakat, «genesis» – rivojlanish) – organizm tuzilishini umumiy soddalashuviga – umumiy degeneratsiyaga olib
keladigan evolutsion yo‘nalish. Umumiy degeneratsiya, ya’ni morfofiziologik regress – organizm faol hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan organlar sistemasining soddalashuviga yoki yo‘qolishiga olib keladi. Umumiy degeneratsiya biologik progressga yo‘llovchi yo‘nalish sifatida organizmlarning faol, harakatchan hayot kechirishdan passiv, kamharakat hayot kechirishga o‘tishi (parazit va o‘troq hayot kechirishi) bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Umumiy degeneratsiya o‘z ahamiyatini yo‘qotgan organlarning tabiiy ravishda yo‘qolishiga olib keladi va shu bilan birga organizmning energiya zaxirasidan kerakli maqsadlarda foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Umumiy degeneratsiya organizmlar tuzilishini soddalashtirsa ham, ularning serpushtligi va yashash muhitiga moslashganligi sababli ko‘p sonli bo‘lishi, arealining kengayishi, yangi sistematik guruhlarning paydo bo‘lishiga, ya’ni biologik progessga olib keladi. §. TIRIK ORGANIZMLARDA O‘Z-O‘ZINI IDORA ETISH ORGANLARI: GUMORAL VA NERV SISTEMASI EVOLUTSIYASI Nerv sistemasi filogenezi. Tirik organizmlardagi har bir organlar sis- temasining tarixiy rivojlanishi filogenez deyiladi. Nerv sistemasining filogenezi quyidagi bosqichlarga bo‘linadi. Birinchi bosqich: to‘rsimon yoki diffuz tipidagi nerv sistema. Bo‘shliqichlilarda nerv sistema bir-biri bilan nerv o‘simtalari vositasida turli yo‘nalishlarda birlashgan butun tanani to‘r shaklida o‘rab olgan nerv hujayralaridan iborat. Tananing istalgan qismiga ta’sir qilinganda nerv to‘rida qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi va organizm butun tanasining harakati bilan javob qaytaradi. Ikkinchi bosqich: stvol tipidagi nerv sistema. Kiprikli chuvalchanglarning nerv sistemasi bir juft nerv tuguni va undan tananing ikki yoni bo‘ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari ko‘ndalang nervlar orqali tutashadi. Umumiy holatda nerv sistemasining tuzilishi narvonni eslatadi. So‘rg‘ichli va tasmasimon chuvalchanglarning nerv sistemasi tananing oldingi tomonida joylashgan bir juft nerv tuguni, ularni tutashtiruvchi halqum atrofi nerv halqasi, undan tananing oldingi tomoniga (so‘rg‘ichlariga) rasm. Nerv sistemasining asosiy tiplari: 1 – kovakich- lilarning diffuz tipidagi nerv sistemasi; 2 – yassi chuval- changlarning stvol tipidagi nerv sistemasi; 3 – halqali chuvalchangning nerv zan- jiri tipidagi nerv sistemasi; 4 – umurtqalilarning nerv nayi tipidagi nerv sistemasi. va keyingi tomoniga uch juft nerv stvoli hamda stvollarni tutashtiruvchi ko‘ndalang nervlardan iborat. Nerv stvollarining tananing ikki yonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan. To‘garak chuvalchanglarning nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi, undan tananing oldingi va keyingi tomoniga uch juft nerv stvoli hamda stvollarni tutashtiruvchi ko‘ndalang nervlardan iborat. Nerv stvollarining tananing yelka va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling