11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz


Download 3.06 Mb.
bet16/28
Sana14.09.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1677787
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT

Parazitizm («parazit – xo‘jayin») – har xil turga mansub individlarning antagonistik munosabatlari bo‘lib, bir turga mansub organizm (parazit) boshqa turga mansub organizmdan (xo‘jayin) oziq manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi. Parazitlar bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonot dunyosida ham uchraydi. Ular hayotining ma’lum davrida xo‘jayin organizm tanasidagi oziq moddalar hisobiga yashaydi. Parazitlar xo‘jayin organizmidan nafaqat oziq manbayi sifatida, balki doimiy va vaqtinchalik yashash muhiti sifatida ham foydalanadi.
Undan tashqari, parazitlar vaqtinchalik faqat oziqlanish uchun ham xo‘- jayin organizmlardan foydalanadi. Bunga misol qilib, burga, chivin, to‘shak qandalasini olish mumkin. Mazkur parazitlarning hayvon va odamdan qon so‘rishi og‘ir yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Doimiy parazitlarga sodda hayvonlar (bezgak paraziti, dizenteriya amyo- basi), yassi chuvalchanglar (jigar qurti, qoramol tasmasimon chuvalchangi), to‘garak chuvalchanglar (askarida, bolalar gijjasi), bo‘g‘imoyoqlilar (kana, bit) misol bo‘ladi. O‘simliklarda uchraydigan doimiy parazitlarga bakteriya- lar (g‘o‘za gommozi), zamburug‘lar (qorakuya zamburug‘i, vilt), gulli o‘sim- liklardan zarpechakni misol qilib olish mumkin.
Xo‘jayin organizm parazitning hayot faoliyatini ta’minlaydi, parazit esa xo‘jayinning hayotiy jarayonlarini susaytiradi, uni kuchsizlantiradi, lekin nobud qilmaydi, chunki parazitning hayoti xo‘jayin hayoti bilan bog‘liq.
Odam va qoramol tasmasimon chuvalchangi, jigar qurti va qoramol, zang zamburug‘i va boshoqli o‘simliklar o‘rtasidagi munosabatlar parazitizm munosabatlariga misol bo‘ladi.

  1. Ekologik munosabatlarga mos ravishda shartli belgilarni qo‘ying: (0 0), (+ +), (+ –), (+ 0), (– –), (– 0).




Organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar


Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling