11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz


Download 3.06 Mb.
bet18/28
Sana14.09.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1677787
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT

Tropik adaptiv tip. Mazkur adaptiv tip issiq va nam iqlim, oziq ratsionida hayvon oqsili nisbatan kam sharoitda shakllanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari asosan o‘simliklardan tayyorlangan bo‘lib, uglevodlarga boy. Belgilari: mushak massasining kamligi, oyoq-qo‘llarning uzunligi, ko‘p ter ajratish, ko‘krak qafasi torligi, ter bezlarining ko‘p bo‘lishi, qonda xolesterin miqdorining kamligi bilan xarakterlanadi.
Tog‘ adaptiv tipi atmosfera bosimi past, kislorodning miqdori kam, gipoksiya, sovuq sharoitda shakllanadi. Xarakterli xususiyatlari: asosiy moddalar almashinuvi jadal kechadi, ko‘krak qafasi keng, naysimon suyaklar uzun, eritrotsitlar soni, gemoglobin miqdori yuqori bo‘ladi.
Cho‘l-sahro adaptiv tipi – quyosh radiatsiyasi o‘ta kuchli, jazirama, quruq, kontinental iqlim sharoitlarida shakllanadi. Xarakterli xususiyatlari quyidagilar: issiqlik ajratilishi yuqori, ter bezlari yaxshi rivojlangan, suvni ko‘p iste’mol qiladi. Markaziy Osiyo hududida yashovchi ko‘pchilik aholi shu adaptiv tipga kiradi.


BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT
Atmosfera – bu Yer sayyorasining gazsimon qobig‘i
Gidrosfera – Yerning suvli qobig‘i
Litosfera – Yerning qattiq qobig‘ig’i



Bugun tabiatdagi boyliklardan oqilona foydalanish zaruriyati vujudga keldi. Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish masalasida tabiiy boyliklarni tiklanmaydigan va tiklanadigan boyliklarga ajratish qabul qilingan.
34-§. O‘SIMLIK VA HAYVONOT OLAMINI MUHOFAZA QILISH

Qizil kitoblar. Tirik organizmlarni klassifikatsiyasini shakllantirishda olimlar tarixiy taraqqiyot davomida o‘simlik va hayvonlarning juda ko‘p turlari qirilib ketganligini aniqlashgan. Masalan, junli karkidon, inson tomonidan ovlanishi va iqlim o‘zgarishi natijasida 10 ming yil avval qirilib ketgan; Mavrikiy orollarida yashagan, kaptarsimonlar oilasiga mansub, dront (dodo) avlodiga kiruvchi uchta uchmaydigan qush turi XVIII asrda qirib tashlangan; Shimoliy Amerikadagi sayohatchi kaptar turi XIX asr oxirida inson tomonidan to‘liq qirib tashlangan; Tasmaniyadagi qopchiqli bo‘ri XIX asrning 40-yillarida ba’zan uchrab turgan, ammo hozirgi paytga kelib qirib tashlangan; yovvoyi qoramol yoki tur XVIII asrning boshlarida Yevropada yo‘q bo‘lib ketgan (53-rasm).

  1. rasm. XX asrgacha Yer yuzidan yo‘qolgan hayvonlar: 1 – Stellerov sigiri; 2 – qalin

junli karkidon; 3 – xaltali bo‘ri; 4 – sayyor kaptar; 5 – tur; 6 – dront; 7 – gigant dinornis.


Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling