11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz


Download 3.06 Mb.
bet23/28
Sana14.09.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1677787
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT

Sudralib yuruvchilarda nafas yo‘llarihiqildoq, traxeya va bronxlar to‘liq shakllangan. Ularning o‘pkalari mayda g‘ovaksimon, ko‘p sonli ichki katakchalarga va katta nafas olish yuzasiga ega. Lekin ularda bronxlar shoxlanmaydi. Nafas olishi, asosan, qovurg‘alararo va qorin muskullarining qisqarishi hisobiga sodir bo‘ladi. Nafas olishda teri ishtirok etmaydi.
Qushlar o‘pkasi yaxshi rivojlangan. Ularning o‘pkasida bronxlar tarmoqlanib, bronxiolalar bilan tugaydi. Qushlar uchishga moslashganligi sababli, o‘pkasining ikkilamchi bronxlari oxirlari havo xaltachalarini hosil qiladi. Havo xaltachalari mushaklar orasiga, teri ostiga va suyak bo‘shliqlariga yetib boradi. Uchish vaqtida bu xaltachalar havo bilan to‘lib, tana vaznini yengillashtiradi. Bundan tashqari, havo xaltachalaridagi atmosfera havosi nafas chiqarayotganda o‘pkadan o‘tib, qonni ikkinchi marta kislorod bilan ta’minlaydi. Bunday holat moddalar almashinuvini jadallashtiradi, chunki qon ham nafas olganda, ham nafas chiqarganda kislorodga to‘yinadi.






1




1
2
1
A B D E 2 F

    1. rasm. Nafas olish organlari filogenezi: A – salamandraning nafas olish sistemasi; B – baqaning nafas olish sistemasi; D – kaltakesakning nafas olish sistemasi:

1 – traxeya; 2 – bronx. E – qushning nafas olish sistemasi: 1 – havo xaltachasi.
F – sutemizuvchining nafas olish sistemasi: 1 – bronxlar; 2 – alveolalar.
Sutemizuvchilarda nafas yo‘llari kiprikchali epiteliy bilan qoplangan. Ular ovqat hazm qilish sistemasidan to‘liq ajralgan va faqat halqum qismida kesishadi. Bronxlar ko‘p marta tarmoqlanib, bronxiolalar va alveolalar o‘pka pufakchalari bilan tugaydi. Alveolalar devori bir qavat epiteliydan iborat bo‘lib, kapillarlar to‘ri bilan o‘ralgan. Alveolalarning soni turli sutemizuvchilarda har xil bo‘ladi. Ular hisobiga gaz almashinuvi sathi kengayadi. Ko‘krak bo‘shlig‘i qorin bo‘shlig‘idan diafragma bilan ajralib turadi. Diafragmada muskul to‘qimasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, nafas olish harakatlarida juda muhim ahamiyatga ega (69-rasm).
Odamning embrional rivojlanishida barcha umurtqalilardagi kabi nafas yo‘li bilan hazm sistemasining boshlang‘ich qismi uzviy bog‘langan bo‘ladi. Bola tug‘ilganda nafas olish sistemasi to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Nafas olish sistemasining takomillashishi balog‘at yoshiga yetgunga qadar davom etadi.

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling