11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz
Download 3.06 Mb.
|
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT
Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi evolutsion o‘zgarishlar. Xordali hayvonlarda qon aylanish sistemasining filogenezi yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘qima va a’zolarning kislorod hamda oziq moddalar bilan to‘liq ta’minlanishi moddalar almashinishining jadallashishiga va energiyaning ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa evolutsiyani tezlashtiradi.
Boshskeletsizlarda qon aylanish sistemasi sodda, yuragi bo‘lmaydi. Qorin aortasi yurak vazifasini bajaradi. Qorin aortasida venoz qon tana- ning oldingi tomoniga oqadi. Qorin aortasi jabra arteriyalariga tarmoqlanib, jabraga boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bularda jabra arteriyalari kapil- larlarga bo‘linmaydi. Jabrada qon kislorodga to‘yinib, orqa aortaga quyiladi. Aortadan arteriyalarga, ulardan kapillarlarga o‘tib, to‘qimalarni kislorod va ozuqa bilan ta’minlaydi. Ichki a’zolardan va ichakdan yig‘ilgan qon jigarda tozalanib, qorin aortasiga quyiladi. Lansetnikda qon aylanish sistemasi yopiq, qon bitta doirada harakatlanadi. Baliqlarda qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi. Qon aylanish sistemasi ancha takomillashgan bo‘lib, progressiv belgilarga ega. Bitta bo‘lmacha va qorinchadan iborat yurak paydo bo‘lgan. Yuragida faqat venoz qon oqadi. Qon bo‘lmachadan qorinchaga, qorinchadan qorin aortasiga, so‘ngra 4 juft jabra arteriyalari orqali jab- raga boradi. Lansetnikdan farq qilib, baliqlarda jabra arteriyalari kapillarlarga tarmoqlanadi. Qon jabrada kislorodga to‘yinib, orqa aortaga, so‘ngra to‘qima va a’zolarga tarqaladi (70-rasm). Umurtqalilarning quruqlikka chiqishi, nafas olishning o‘pka orqali amalga oshishi qon aylanishini o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab chiqariladi. Yurak ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat rasm. Baliq yuragi- ning tuzilishi: 1 – yurak bo‘lmachasi; 2 – yurak qorinchasi; 3 – vena tomiri; 4 – qorin aortasi. rasm. Suvda hamda quruqlikda yashovchi- lar yuragining tuzilishi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; – qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – arterial konus; 5 – o‘pka arteri- yalari; 6 – uyqu arteri- yalari; 7 – aorta yoylari. rasm. Sudralib yuruv- chilar yuragining tuzili- shi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – chap bo‘lmacha; – qorincha; 4 – kovak vena; 5 – o‘pka venasi; 6 – o‘pka arteriyasi; 7 – o‘ng aorta yoyi; 8 – chap aorta yoyi. bo‘lib, ikkita doira bo‘ylab harakat qiladi. Lekin ushbu qon aylanish doiralari bir-biridan butunlay ajralmagan. Yurak qorinchasidan arterial konus boshlanadi. Undan 3 juft arteriya tarmoqlanadi. Bir juft o‘pka-teri arteriyalari orqali venoz qon o‘pka va teriga boradi. Kislorodga to‘yingan qon o‘pka venasi orqali chap bo‘lmachaga, teri venasi orqali esa kovak venaga quyiladi. Bu kichik qon aylanish doirasi hisoblanadi. Qorinchadagi aralash qon bir juft (o‘ng va chap) aorta yoyi orqali tanaga aralash qon, bir juft uyqu arteriyalari orqali hali aralashib ulgurmagan arterial qon miyaga boradi. Miyadan va tanadan yig‘ilgan venoz qon kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. Bu katta qon aylanish doirasi hisoblanadi. Bularda yurak urishi (puls) past 40–50 tani, ba’zilarida 20–30 tani tashkil qiladi (71-rasm). Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi. Ularning yuragi ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala to‘siq bilan ajralgan bo‘ladi. Timsohlarda to‘siq to‘liq bo‘lib, yuragi to‘rt kamerali. Lekin sudralib yuruvchilarning barchasida tanada aralash qon oqadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda sudralib yuruvchilarda qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta qon tomiri chiqadi. Qorinchaning chap tomonidan arterial qonga ega o‘ng aorta yoyi chiqib, undan bosh miyaga ketuvchi uyqu arteriyasi, o‘rta qismidan tanaga ketuvchi chap aorta yoyi, o‘ng tomonidan o‘pkaga ketuvchi venoz qonga ega o‘pka arteriyasi boshlanadi. O‘ng va chap aorta yoylari birlashib orqa aortani hosil qiladi. Shuning uchun miyaga arterial qon, tanaga aralash qon, o‘pkaga esa venoz qon boradi. O‘pka venalari chap bo‘lmachaga quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi venoz qon o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. Kichik qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan chiqib, o‘pkada kislorodga to‘yinib, chap bo‘lmaga quyiladi. Chap va o‘ng bo‘lmalardagi qon yurak qorinchasiga o‘tadi. Yurak qorinchasida venoz va arterial qon qisman aralashadi. Yurak qorinchasidan qon aylanishining katta doirasi boshlanadi. U organ, to‘qima va hujayralardagi gaz almashinuvida ishtirok etib, yurakning o‘ng bo‘lmachasiga kelib quyiladi. Sudralib yuruvchilarning arteriya qon tomirlarida aralash (venoz va arterial) qon bo‘lganligi sababli, moddalar almashinuvida kam energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hayvonning hayotiy jarayonlari uchun sarf bo‘ladi. Moddalar almashinuvida kam energiya hosil bo‘lganligi sababli ular sovuqqonli sanaladi (72-rasm). Qushlar va sutemizuvchilarning yuragi to‘rt kamerali, arterial va venoz qon aralashmaydi. Ular issiqqonli hayvonlar hisoblanadi. Qushlarda qon suyak ko‘migi va taloqda hosil bo‘ladi. Yuragi o‘ng va chap bo‘lmacha, o‘ng va chap qorinchadan iborat. Yurakning chap tomonida arterial qon, o‘ng tomonida venoz qon bo‘ladi. Chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi. Qushlarda aorta o‘ngdan aylanishi bilan sutemizuvchilardan farq qiladi. Tanadagi organ va to‘qimalarda gaz almashinuvidan hosil bo‘lgan venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan yurakning o‘ng bo‘lmasiga, o‘pkadan keladigan arterial qon esa, chap bo‘lmachaga quyiladi. Qush- larda yurak minutiga 500 marta uradi. Chunki, ularda moddalar almashinuvi jadal, tana harorati baland, +42°C ni tashkil qiladi (73-rasm). Sutemizuvchilar eng yuksak darajada tuzilgan hayvonlardir. Ularda qon suyak ko‘migi, taloq va limfa bezlarida hosil bo‘ladi. Xuddi qushlardagi
rasm. Qush yura- gining tuzilishi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – o‘ng qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – chap qorincha; 5 – o‘ng aorta yoyi; 6 – o‘pka arteriyasi; 7 – o‘pka venalari; 8 – kovak vena.
rasm. Sut emizuvchi- lar yuragining tuzilishi. 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – o‘ng qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – chap qorincha; 5 – chap aorta yoyi; 6 – o‘pka arteriyasi; 7 – kovak vena; 8 – o‘pka venalari. singari katta va kichik qon aylanish doirasi butunlay ajralgan. Chap qorinchadan chiqqan aorta yurakni chapdan aylanib, to‘sh suyagining orqasida ravoqni hosil qilib, umurtqa pog‘onasi bo‘ylab tanaga tarqaladi (74-rasm). Qon aylanish sistemasining evolutsiyasida asosan 3 ta bosqich ko‘zga tashlanadi. Yurakning paydo bo‘lishi va yurak kameralari sonining ortishi. Qon aylanishining ikkita – katta va kichik doirali bo‘lishi. Yurakning chap arterial va o‘ng venoz bo‘laklarga ajralishi. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling