11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz


Download 3.06 Mb.
bet7/28
Sana14.09.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1677787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT

Uzun kun o‘simliklari – mo‘tadil iqlimli mintaqalarning o‘simliklari bo‘lib, yilning uzun kunli (13 soat va undan uzoq) davrlarida – yoz oylarida gullaydi. Agar kun qisqa bo‘lsa va yorug‘lik yetishmasa, bu o‘simliklar o‘sishda davom etadi, lekin gullamaydi. O‘simliklarning aynan shu xususiyati ularni ekish vaqtini belgilaydi. Uzun kun o‘simliklariga kartoshka, sabzi, piyoz, karam, rediska, sholg‘om kabi o‘simliklar misol bo‘ladi.
Qisqa kun o‘simliklari tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadi. Ular qisqa kun (12 soatdan kam) sharoitida, bahor va kuz oylarida gullaydi, rivojlanadi. Masalan, qalampir, baqlajon, pomidor, bodring, g‘o‘za, qulupnay, xrizantema, kartoshkagul, shoyigul va boshq.).
Neytral o‘simliklarning gullashi kun uzunligiga bog‘liq emas. Masalan, no‘xat, qoqio‘t kabi o‘simliklar neytral o‘simliklar guruhiga mansub.
O‘simlik va hayvonlarda fotoperiodizm hodisasini o‘rganish natijasi tirik organizmlarning yorug‘lik ta’siriga javob reaksiyalarini nafaqat ularning
HARORAT MUHITNING ABIOTIK OMILI
Termoregulatsiya jarayoni usullariga hamda harorat omiliga moslanish darajasiga ko‘ra organizmlar ikki guruhga: poykiloterm (sovuqqonli) va gomoyoterm (issiqqonli) organizmlarga ajratiladi.
Poykiloterm organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan,
«therme» – issiqlik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi organizmlardir. Ularga umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi.
Gomoyoterm organizmlar (yunoncha «gomoyos» – o‘xshash, bir xil, «therme» – issiqlik) – tana haroratini tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi.

  1. §. NAMLIK EKOLOGIK OMIL SIFATIDA


Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling